O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet38/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Sinflar ustida amallar

Yuqorida aytib o‘tilganidek, tushunchaning hajmida ma’lum bir umumiy beligiga ega bo‘lgan predmetlar to‘plami – sinf aks etadi. Sinflar ustida bir qancha mantiqiy amallarni o‘tkazish, xususan, ularni qo‘shish (birlashtirish), ko‘paytirish (kesishtirish) hamda berilgan sinfga to‘ldiruvchi hosil qilish (sinfni inkor etish) mumkin. Bu amallarni bajarish yangi sinflar va, demak, yangi tushunchalar hosil qilishga olib keladi. Ularni simvolik tarzda ifoda qilish uchun quyidagi belgilardan foydalanamiz:

A, B, C, D,... – lar ixtiyoriy sinflar;

I – universal sinf;

0 – bo‘sh sinf;

∪– sinflarni qo‘shish belgisi;

∩– sinflarni ko‘paytirish belgisi;

A1 (A emas) – A sinfini to‘ldiruvchi (inkor etuvchi).



Shuningdek, amallarni sxematik tarzda ifodalashda universal sinfni to‘g‘ri to‘rtbo‘rchak, boshqa sinflarni - doiralar bilan belgilaymiz.

Sinflarni qo‘shish deganda, qo‘shiluvchi sinflarning barcha elementlaridan tashkil topgan yangi sinf hosil qilish tushuniladi. Masalan, “Ommaviy axborot vositalari” (A) va “Televideniye” (B) sinflarini qo‘shganda hosil bo‘ladigan yangi sinf “Ommaviy axborot vositalari”dan iborat. Uning sxemasi quyidagicha:

Simvolik ifodasi esa: A∪B =A


Sinflarni ko‘paytirish ko‘paytuvchilar uchun umumiy bo‘lgan elementlardan tashkil topadigan yangi sinfni hosil qilishdan iborat. Masalan, yuqoridagi “Ommaviy axborot vositalari” (A) va “Televideniye” (B) sinflarini qo‘paytirib, yangi sinf-“Televideniye”ni hosil qilamiz. Uning sxemasi quyidagicha:

Simvolik ifodasi: A∩B = B



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling