O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti jahontarixi kafedrasi kurs ishi


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 295 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi295 Kb.
#1408161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tyr KURS ISHI JAHON TARIXI

Xulosa.




Foydalanilgan adabiyotlar.












KIRISH
Xitoy jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo'lib, qadim zamonlardan bu yerda choy yetishtirish, ipak qurti boqish, shoyi gazlama, zargariik buyumlari, chinni, o'simlik lardan olinadigan bo'yoqlar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojiangan.
XVI asr boshlariga kelib Xitoy monarxiya boshqaruv tizimi-ga, iqtisodda kapitalizmgacha bo‘lgan munosabatlar ustuvorlik qiladigan, umumiy belgilari hali Qadim davrlarda va Ilk o‘rta asrlardayoq shakllangan sertarmoq ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan, markazlashgan davlat edi.
Tashqi siyosiy jabhada Xitoy qo‘shni davlatlarning, eng avvalo Markaziy Osiyo davlatlarining yerlarini bosib olishga harakat qilardi. Yevropa davlatlari va Rossiya bilan biron bir doimiy aloqalar hali o‘rnatilmagandi. so‘ng hokimiyatni egallagan) sharqona mustabid tuzum edi. Mamla-katda hech qanaqa tabaqaviy-vakillik institutlari mavjud emas, shuning uchun ham imperator saroyida, eng avvalo, qarorlar qabul qilinishida hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan hukmdorga ta’sir o‘tkazish uchun turli guruhlarning doimiy kurashi borardi. Lekin hukmdorning o‘zi bevosita davlat ishlariga aralashmasdi, o‘z amal-dorlarining omilkorliklariga ishonardi.
Bu davrda Xitoyda haram og‘aligi1 keng tarqalgan bo‘lib, unga faqat etnik xitoylargina olinar edi. Ular kambag‘allarning bo-lalaridan imperator saroyiga sotib olinardi. Haram og‘alari xizmatidan faqat imperator oilasi a’zolari foydalanishlari mumkin edi. Imperatorning o‘zida ba’zi yillari uch mingtagacha haram xodimi bo‘lardi, knyazlarda – o‘ttizgacha, imperatorning bolalarida – yigirmatagacha haram xodimi bo‘lishi mumkin edi. Minlar hukmronligi davrida saroyda o‘n mingtadan kam bo‘lmagan haram xodimlari yashagan (ularning umumiy soni, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 100 mingtaga yetgan), ulardan biri esa, oxirgi Min imperatori davrida, uning nomidan amalda davlatni boshqargan. Ba’zi bir haram xodimlari viloyatlarda katta lavozimlarni egallagan, u yerlarda hokim, harbiy boshliq, shahar ma’muriyatining boshliqlari va shu kabilar bo‘lgan. Imperatorga ta’sir o‘tkazishda haram xodimlarining asosiy raqiblari Saroy kotibiyati a’zolari bo‘lib, ular Xonmin tashkilotiga (Fanlar akademiyasiga o‘xshash tashkilot) birlashgan yirik xitoy olimlarining qo‘llab-quvvatlashlaridan foydalanardilar. Ular o‘zlarining imperatorga yozgan nomalari-da ko‘pincha poytaxtda va hududlarda hukm surayotgan amaldorlar zulmini fosh etishardi, iqtisodiyotni qayta qurishni, harbiy islohot o‘tkazishni va shu kabilarni yoqlab chiqardilar. Ko‘pincha bunday fikrlar uchun ular ta’qib qilinar, shunday bo‘lsada, shahar aholisining bir qismi ularni qo‘llab-quvvatlar edi.
Xitoy iqtisodida XVI asr boshlariga kelib rivojlanishning ancha yuqori darajasiga erishgan agrar soha muhim o‘rin egallaydi. Ish qurollari ancha jo‘n bo‘lishiga qaramasdan, dehqonlar xitoy-liklarning asosiy oziqlari bo‘lgan sholidan yuqori hosil olar-dilar. Ba’zi dehqonlar suvni yuqoriga ko‘tarib beruvchi maxsus mashinalar yasashni o‘rgangandilar, hosildorlikni oshirish uchun o‘g‘itlardan foydalanardilar, sholi yetishtirishning yangi texnologiyalarini, masalan, uyalab ekish usulini, sifatli urug‘ tayyor-lashni va shu kabilarni qo‘llardilar. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari aholining turli xil gazlamalarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan paxta yetishtirish sohasida ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Xitoyda yerga egalik qilishning ikkita asosiy turi – davlat va xususiy yer egaligi mavjud edi (xususiy yer egaligini shartli-xususiy deb atasa ham bo‘lardi, chun-ki rasman bu yerlar ham imperatorning mulki hisoblanardi). Xusu-siy yerlar butun XVI asr davomida kamayib bordi: dehqonlarning yerlari asta-sekin katta yer egalarining, sudxo‘rlarning, shuningdek, amaldorlarning qo‘llariga o‘tdi. Yerlarning ancha qismi bevosita imperator saroyining mulkiga aylandi.


Download 295 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling