O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti jahontarixi kafedrasi kurs ishi
Sin hukumatining davlat boshqaruvi va uning ichki siyosati
Download 295 Kb.
|
Tyr KURS ISHI JAHON TARIXI
2.2. Sin hukumatining davlat boshqaruvi va uning ichki siyosati
Hokimiyat tepasiga kelgan Manchjurlar Xitoy davlat tuzumining avvalgi tamoyillarini umumiy tarzda saqlab qoldilar. O‘zgarishlar asosan ijtimoiy tizimga taalluqli bo‘ldi. Endi toifalar tizimi beshta asosiy – uchta hukmron va ikkita ezilgan, bo‘ysinuvchi guruhlardan iborat edi. Rasman cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘lgan imperator bevosita o‘zi mamlakatni boshqarmas edi. Eng muhim ishlarni hal qiluvchi organ Oliy imperatorlik kengashi bo‘lib, unga imperatorning qarindoshlari va oliymaqom ayonlar kirardi. Undan keyin ijro-chi tizimlar – Imperator kotibiyati, chet el, soliqlar, marosimlar, harbiy ishlar, jinoiy, jamoatchilik ishlari, senzorlik va shu kabi mahkamalar turardi. Avvalgi sulola davrida ulkan hokimiyatga ega bo‘lgan haram og‘alarining ta’siri to XIX asr oxirlariga qadar susaydi. Endi ular davlat qarorlarini qabul qilish jaryonlariga ta’sir ko‘rsata olmasdi. Manchjurlar Xitoy hududida hukmron elatga aylandi, endi ma’muriy va harbiy amaldorlar ular orasidan tayinlanardi. Manchjurlar mehnat qilish va savdo bilan shug‘ullanishni o‘zlari uchun tahqirli deb hisoblardilar. Shuning uchun ular faoliyatining asosiy jabhalari ma’muriy va harbiy xizmat bo‘ldi. Harbiy xizmatdagi manchjurlarning o‘g‘illari voyaga yetganlariga qadar davlat maoshini olardilar. Bir xildagi jinoyat uchun manchjurlar va xitoylarga turli xil jazo berilardi. 1644 yildan manchjurlar va xitoyliklarga aralash turmush qurish taqiqlangandi. Xitoy noibliklarga ajratilgan bo‘lib, ularning har birida o‘z moliya tizimi va qurolli qo‘shinlari mavjud edi. Konfutsiylikka rioya qiluvchi xitoyliklar nazarida o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun ilgari shamanizmga sig‘inuvchi manchjurlar, rasmiy davlat dini sifatida konfutsiylikni saqlab qoldilar. Manchjur bogdixani esa xitoylik izdoshlari bajargan o‘sha odatiy marosimlarni ijro etadigan bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlardan biri Konfutsiyga «Kun Szi» – «Qadimiy O‘qituvchi», «Buyuk va Shuhratli», «Eng Yetuk Donishmand» unvonlarning berilishi bo‘ldi. Yangi imperator taxtga ko‘tarilayotganida o‘z fuqarolariga Konfutsiyning oilaviy maqbarasida va qabrida qurbonliklar qilishni buyurardi, o‘z o‘tmishdoshini hurmat qilish va uning ruhiga ta’zim bajo keltirish majburiyatlarini yuklardi. Bundan tashqari, monarxlik hokimiyatining merosiy ekanligi-ni ko‘rsatishga uringan manchjurlar sulolasi Minlarning oxir-gi imperatori Chun Chjenning ruhiga ta’zim bajo qildi. Hatto u o‘zini osgan daraxt ham muqaddas yodgorlik sifatida asralardi. Manchjurlar hukmronlik qilgan davrda ularning tili impe-ratorlar tili bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, manchjurlar xitoy tilini qabul qildilar. Har bir imperatorning boshqaruv shiori maxsus ierogliflar bilan belgilanadi. U yoki bu Xitoy imperatori tarixga ko‘pincha o‘z nomi bilan emas, aynan boshqaruv shiori bilan kirardi. Sinlar davrida quyidagi imperatorlar hukmronlik qilgan: Shunchji (Omadli boshqaruv)11, o‘z nomi Fu-Min12; Kansi13 (Gullab-yashnovchi va Nur taratuvchi), o‘z nomi Snan-ye; Yunchje14 (Mukammal va Adolatli), o‘z ismi Yuanchjen; Syanlun15 (Bukilmas va Shuhratli), o‘z ismi Xun-li; Szyatsin16 (Ajoyib va Quvonchli), o‘z nomi Yun-yan; Daoguan17 (Maqsadga intiluvchi va Porloq), o‘z ismi Myan-nin; Syan-fen (Umumiy to‘kinchilik), o‘z nomi U Chju; Tunchji (Birgalikda boshqaruv) o‘z nomi Izay Chun; Guansyuy18 (Ajoyib meros) o‘z ismi Szay Tyan va Syuantun (Umumiy birlik), o‘z nomi Pu I. Xitoy yilnomasida yil hisobi navbatdagi imperatorning taxtga chiqishidan boshlanib, uning hukmronligi tugagunga qadar davom etardi. Taxt merosxo‘rligini faqat erkaklar davom ettirardi, taxtning vorisi oldindan e’lon qilinmasdi va imperatorning katta o‘g‘li bo‘lishi shart emasdi. Ayollar faqat voyaga yetmagan imperatorning regenti bo‘lish huquqiga ega edilar. Imperatorning bosh (katta) xotinidan tashqari ikkita kichik (ikkinchi darajali) xotinlari shuningdek, ko‘p sonli jazmanla-ri (ayrim yillari ularning soni ikki yuz saksontagacha yetardi) bo‘lardi. Ular imperator haramini tashkil etar, uni Minlar dav-rida bo‘lgani kabi haram og‘alari boshqarardi. Manchjurlar davrida, to XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar, haram og‘alarining saroydagi ta’siri ancha kamaygan va asosiy ishlari haramni kuzatish bo‘lib qolgandi. Manchjurlarning hokimiyatga kelishi Xitoy jamiyatida ma’lum bir iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Xitoyning barcha yer may-donlarini egallab olishning real imkoniyatiga ega bo‘lmagan manchjurlar bu yerlarning katta qismini xitoylik mulkdorlar qo‘lida qoldirdi. Manchjurlar o‘zlariga Chjili poytaxt viloyatidan, shuningdek, xitoylik aholi zich yashaydigan boshqa hududlardan yer ajratdilar. Manchjuriyaning o‘z hududi (1644 yilgi chegaralarda) o‘ziga xos qo‘riqxonaga aylangandi. Barcha yerlar bogdixonning mulki bo‘lib, etnik xitoylarga u yerlarda yashash taqiqlangandi. Shuningdek, o‘rmonlar, ishlov berilmaydigan yerlar, o‘quv tash-kilotlari joylashgan yerlar va diniy marosimlar o‘tkaziladigan maydonlar ham davlat mulki hisoblanardi. Yer maydonlarining asosiy qismi shartli ravishda xususiy mulk bo‘lib, egasi undan foydalanganligi uchun soliq to‘lardi. Hosilni yig‘ib olishni qulaylashtirish uchun aholi ustidan qattiq nazo-rat o‘rnatilgandi. Davlatga yer, jon va boshqa soliqlar to‘layotgan dehqon xonadonlari o‘nliklar va yuzliklarga birlashtirilgandi. Bundan tashqari dehqonlarning shaxsiy majburiyatlari ham saqlab qolingandi. Soliqlar kumush bilan o‘lchanardi, lekin asosan, hosil bilan to‘lanardi. Davlat tuz chiqarishni o‘zi egallab olgandi, choy, spirtli ichim-liklar, mulk oldi-sottisi va shu kabilarga qo‘shimcha soliqlar solinardi. Dehqon olingan hosilning katta qismini yerning egasiga berishga va uning turli xil shaxsiy topshiriqlarini bajarishga majbur edi. Shunga qaramasdan, manchjurlar o‘z hukmronliklarini mustahkamlash uchun Minlar davrida mavjud bo‘lgan soliqlarni qisqartirdi va qisman bekor qildi, davlatga qarashli qo‘riq yerlardan bir qismini dehqonlarga foydalanish uchun berdi. Buning barchasi XVII asr oxirlariga kelib iqtisodning bir qadar o‘sishiga va ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashishiga olib keldi. Bu-ning oqibatida aholi soni ko‘paydi, haydaladigan yer maydonlari kengaydi, hunarmandchilik ham rivoj topdi. Ba’zi bir tarixchilar Xitoydagi barqarorlashuv natijasida kapitalistik hayot tarzi paydo bo‘la boshlagan, deb hisoblaydilar. Aslida bu ijobiy o‘zgarishlarning barchasi ancha yuzaki va qarama-qarshi xarakterga ega edi. Boshqa tadqiqotchilar esa, Xitoy jamiya-ti XIX asr boshlariga qadar hali to‘liq an’anaviyligicha qolgan va kapitalistik rivojlanish tomon hech qanaqa siljish kuzatilmagan-ligini ta’kidlaydilar. Manchjurlar esa Xitoydagi holatlarini mustahkamlab olganlaridan so‘ng, asta-sekin soliq va majburiyat-larning avvalgi tizimiga qaytdilar. Bunday sharoitda sudxo‘rlik kapitali muhim rol o‘ynay boshla-di, chunki ko‘pgina dehqonlar uning yordamisiz soliqlarni to‘lashi va shaxsiy xo‘jaliklarini yuritishining iloji kam edi. Ko‘pgina dehqonlar xonavayron bo‘lib shaharlarga ketib, u yerda gadolarcha kun ko‘ra boshladilar. Sunlar sulolasi davridan buyon Xitoyda baoszya deb atalgan bir-birini qo‘llash tizimi mavjud bo‘lgan, unda faqat qarindoshlar emas, u yoki bu joyda yashovchi barcha kishilar birlashardi. Besh hovli yoki o‘n hovli tizimiga kirgan har bir oila boshqalarni kuza-tib yurishi kerak edi. Agar baoszya a’zolari tayyorlanayotgan jinoyat haqida hokimiyatga o‘z vaqtida xabar berishmasa, unda jinoyatchiga beriladigan jazo ularga ham berilardi. Bunday tartibdan o‘zlariga amaliy foyda bo‘lishini ko‘rgan manchjurlar, o‘z hukmronliklari davrida ham uni saqlab qoldilar. O‘z navbatida, shaharlarda ham aholi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, savdogarlar va hunarmandlarning tadbirkorlik tashabbuslarini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar bor edi. Savdogarlarga katta kemalar qurish, o‘z mahsulotlarini Xitoy hududidan olib chiqish taqiqlangandi. Boshqa davlatlar bilan savdo qilish huquqiga ham Sinlar saroyining qattiq nazorati ostida bo‘lgan, maxsus tashkil qilingan savdo kompaniyalarigina ega edi. XVII asr o‘rtasi – XVIII asr boshlarida Sinlarning tashqi siyosati. Sinlar saroyining tashqi siyosiy faoliyati bir-biriga qarshi bo‘lgan ikkita yo‘nalish bilan xarakterlanadi. Bir tomondan, Yaponiyaga o‘xshab, tashqi dunyodan «eshiklarini yopib olish»19 istagi, boshqa tomondan, qo‘shni davlatlarning hududlarini bosib olishga urinish namoyon bo‘lmoqda edi. Dastlab Koreya, keyin G‘arbiy va Shimoliy Mo‘g‘uliston hamda Vetnam Sinlarga vassallikni tan olishdi. Yevropa mamlakatlari bilan aloqaga kelganda, Sinlar avvaliga ularga ancha ijobiy munosabatda bo‘ldilar, chet elliklarda o‘zlarining Xitoy ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish uchun kurashlarida ittifoqchilarni ko‘rdilar. Bu eng avvalo katolik missionerlariga xitoylik aholi o‘rtasida o‘z tashviqotlarini olib borish, yevropaliklarning savdo kemalariga esa o‘z mahsulotlarini sotish va xitoyliklarning mollarini sotib olish uchun portlarga kirish huquqini berganligida namoyon bo‘lgandi. XVIII asr 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi. Ammo Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda ta’sir uchun bo‘lgan qarama-qarshilik o‘sha paytda bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘ldi, uning natijasida Sinlarning qo‘shinlari Amur daryosi yoqasidagi Abazin shahrini qamal qildi va 1689 yili rus-xitoy Nerchin shartnomasi20 imzolandi. Bu shartnomaga ko‘ra Rossiya bilan Xitoy o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatiladigan bo‘ldi, lekin Rossiya Xitoyga Amur daryosining chap sohilini berishi, Abazin shahri esa vayron qilinishi kerak edi. 1727–1728 yillari yana ikkita kelishuv – Burun traktati21 va Kyaxta shartnomasi22 imzolandi. Ular, Rossiya tomonidan yana hududiy yon berishlarga, rus-xitoy savdo aloqalarining yanada kengaytirilishiga va rus diniy vakilligining Pekinda doimiy turishi uchun ruxsat berilishiga olib keldi. Bu vakillik a’zolari u yerda xitoy tilini, madaniy an’analarini o‘rgandilar va ayni paytda ba’zi bir diplomatik vazifalarni ham bajardilar. G‘arbiy Yevropa davlatlarining Xitoyda o‘z diniy vakolatxona-larini ochish uchun qilgan urinishlari o‘sha davrda muvaffaqiyat qozonmadi. Aksincha, XVIII asr o‘rtalarida Xitoy hokimiyati chet elliklarga o‘z hududida savdo qilishni taqiqlab qo‘ydi, bundan faqat Kanton (Guanchjou) porti mustasno edi. Jo‘ng‘oriya va Qashqar ustidan qozonilgan harbiy g‘alabalar, shuningdek, Tibetning Xitoy tarkibiga qo‘shib olinishi Sinlarning tashqi siyosatdagi katta g‘alabasi bo‘ldi. XVIII asr 60-yillari oxirida Birma ham Xitoyga vassallikni tan oldi. XVIII asr oxirida Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi Xitoyda katta faollik ko‘rsatdi. Xitoyga lord Makkartni boshchi-ligidagi elchilar keldi. Ularning maqsadi ikkala davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish, ingliz savdosini kengaytirishga urinish, «Gunxan» kompaniyasining tashqi iqtisodiy aloqalarda yakka hukmronligini tugatish, shuningdek, Angliya fuqarolarining Xitoy hududida erkin harakatlanishiga ruxsat olish edi. Biroq o‘sha davrda Xitoy taxtida o‘tirgan imperator Szyanlun bu da’vo-larni rad etdi. Inglizlardan tashqari, Xitoy hududiga suqilib kirishga amerikaliklar ham urinib ko‘rdilar, ularning kemalari 1784 yildan boshlab ko‘p marta Xitoy qirg‘oqlariga suzib keldi. Chet elliklar o‘shanda hali shuni to‘liq anglab yetmagan edi-larki, ularning Xitoy bilan aloqa o‘rnatishga bo‘lgan har qanday urinishlari Xitoy hukmdorlari tomonidan «varvarlar23»ning xitoy sivilizatsiyasini «o‘zgartirish»ga intilishlari, shuningdek, ularning O‘rta imperiyaga24 «fan» (vassal) bo‘lish istaklari, deb qabul qilinardi. Bu hol Xitoyning boshqa mamlakatlar bilan teng aloqalar o‘rnatish imkoniyatini yo‘qqa chiqarardi. Shuning o‘zi sovg‘alar olib kelishga ham taalluqli edi. Boshqa mamlakatlarning diplomatik marosimlarida odat bo‘lgan sovg‘a berish25, agar bu sovg‘a Xitoy imperatoriga berilsa, u hurmat belgisi sifatida emas, vassallari tomonidan berilgan xiroj sifatida tushunilardi. O‘z navbatida, imperator ham, javob qadami sifatida o‘zining haqiqiy yoki soxta vassallariga saxiylik bilan sovg‘alar ulashardi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Xitoyda Manjurlar hukmronligining o’rnatilishi bir qator yangliklar va o’zgarishlar ro’y berishiga, davlat boshqaruvi va tashqi hamda ichki siyosatda o’zgarishlar olib keldi. Manchjuriya elitasi yerlarning katta qismini xitoylik egalariga qoldirdi. Manjjurlar o'zlariga poytaxt Jili provinsiyasida, shuningdek, Xitoy aholisi ixcham yashaydigan bir qator boshqa hududlarda yer ajratdilar. Manchuriya hududining o'zi (1644 yilgacha chegaralar ichida) o'ziga xos qo'riqlanadigan hududga aylandi, u erda yerlar Bog'dixonga tegishli bo'lgan va etnik xitoylarga u erda bo'lish taqiqlangan. Oʻrmonlar, ekinsiz erlar, shuningdek, taʼlim muassasalari va ibodatxonalar joylashgan hududlar ham davlat tasarrufida edi. Yer fondining asosiy qismi shartli xususiy mulkda bo'lib, undan foydalanganlik uchun mulkdorlar soliq to'lagan. Qishloqlarda dehqon uylari oʻnlab, yuzlab boʻlib birlashib, davlatga yer, bosh va boshqa turdagi soliqlarni toʻlagan. Bundan tashqari, ular shaxsiy vazifalarini saqlab qolishdi. Soliqlar kumush bilan hisoblangan, lekin asosan naturada to'langan. Davlat tuz qazib olishda monopoliyani amalga oshirdi, choyga, kuchli spirtli ichimliklarga, mulkiy operatsiyalarga va boshqalarga qo'shimcha soliqlar kiritdi. Dehqon hosilning katta qismini yer egasiga berishga va uning uchun turli shaxsiy topshiriqlarni bajarishga majbur bo'ldi. Shunga qaramay, manjurlar o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun Ming davrida mavjud bo'lgan soliqlarni kamaytirish va qisman bekor qilishga kirishdilar, davlat bo’sh yerlarining bir qismini dehqonlar foydalanishiga o'tkazdilar. Bularning barchasi XVII asrning oxirida ro’y berdi. Jamiyatdagi iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarning ma’lum darajada barqarorlashuvi natijasida aholi sonining ko‘payishiga, ekin maydonlarining kengayishiga, hunarmandchilik ishlab chiqarishi ahvolining yaxshilanishiga olib keldi. XIX asr boshlarigacha Xitoy jamiyati. ancha an'anaviy saqlanib kelayotgan qadriyatlarga asoslangan bo'lib u yerda hali kapitalistik taraqqiyot yo'lida hech qanday rivojlanish kuzatilmagandi. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling