Aks holda, qarzdorning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida tugatilishiga olib keladi. - Aks holda, qarzdorning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida tugatilishiga olib keladi.
- Qarzdorning boshqaruv organi, jumladan, uning rahbari qarzdorni o‘z faoliyatini yuritish va uning mol-mulkini tasarruf qilish vakolatidan ozod qilmaydi. U sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi rahbarligida o‘z funksiyalarini bajarishda davom etadi.
- Bunga Xorazm viloyat iqtisodiy sudi amaliyotida ko‘rilgan va bankrotlik jarayonida sog‘lomlashib ketgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga doir ko‘plab ishlarni misol keltirish mumkin.
Xususan, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, «Mus-tafo bobo» xususiy korxonasini bankrot deb topishni so‘ragan. - Xususan, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, «Mus-tafo bobo» xususiy korxonasini bankrot deb topishni so‘ragan.
- Arizachi, shuningdek, «Mustafo bobo» xususiy korxonasi faoliyat ko‘rsatmayotgani va kreditorlik qarzini to‘lash imkoni yo‘qligi aniqlanganini ma’lum qilgan. Shu sababli ushbu korxonani bankrot deb topish va tugatish jarayonini qo‘llashni so‘ragan.
- O‘z navbatida, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarori bilan qarzdor «Mustafo bobo» xususiy korxonasi bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish ochilgan.
Bundan norozi bo‘lgan qarzdor apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Ya’ni u G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarorini bekor qilib, da’voni rad qilishni so‘ragan. - Bundan norozi bo‘lgan qarzdor apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Ya’ni u G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 fevraldagi hal qiluv qarorini bekor qilib, da’voni rad qilishni so‘ragan.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil apreldagi xatiga asosan mazkur ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun Xorazm viloyat iqtisodiy sudiga yuborilgan.
- Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, Dehqonobod tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qarzdorning moliyaviy ahvoli o‘rganilganda, qarzdorning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan 1 014 768 818,63 so‘m qarzi borligi aniqlangan.
- Qarzdor uch oy va undan ortiq muddatdan buyon 1 014 768 818,63 so‘m qarzini to‘lay olmagan. Shu sababli soliq organi korxonani bankrot deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |