ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA)NING
ASOSIY QOIDALARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 30-
oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari
tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 9-
2015-sonli buyrug‘iga asosan magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha huquq va
majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Magistratura talabasi:
− stajirovkani o‘tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish;
− stajirovka bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
− stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega.
Magistratura talabasi zimmasiga:
− stajirovkani belgilangan muddatlarda o‘tash;
− stajirovka o‘tash dasturida ko‘rsatilgan topshiriqlarni (ishlarni) belgilangan
tartibda, to‘liq va sifatli bajarish;
− stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka
davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish;
− qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati
yuklatiladi.
Stajirovka o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
− tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni);
− asosiy bosqich;
− yakuniy bosqich (stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi).
Stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka
kundaligi yuritiladi.
Stajirovka o‘tash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq
stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari
tomonidan imzolab boriladi.
Stajirovka o‘tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka
kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |