O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi
Taqir tuproqlar va taqirlarning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
Download 1.31 Mb.
|
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Chala cho‘l mintaqasining bo‘z tuproqlari
Taqir tuproqlar va taqirlarning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
6.5. Chala cho‘l mintaqasining bo‘z tuproqlari Bo‘z tuproqlar O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda bir tekisda tarqalmagan. Bo‘z tuproqlar tik zonallik tuproqlari jumlasiga kirib, Turon tuproq – iqlim mintaqasining quyi qismini tashkil qiladi. O‘zbekistonda bu tuproqning katta – katta maydonlarda Chotqol, Turkiston va Hisor tog‘larining yon bag‘irlari va etaklarida uchrab, asosan Farg‘ona, Chirchiq–Angren, Mirzacho‘l, Sangzor–Nurota, Qashqadaryo va Surxondaryolarda tog‘ oraliqlaridagi katta–katta maydonlarni egallaydigan botiqliklarda tarqalgan. Bo‘z tuproqlar chegarasi tog‘ yon bag‘ir bo‘ylab O‘zbekistonning shimoliy qismida (masalan, Chirchiq – Angren havzasida) dengiz sathidan 1200 – 1300 metr balandlikda, janubiy tumanlarda esa 1500 – 1600 metr balandlikdan 250 – 400 metr balandlik oralig‘ida o‘tib, undan quyida esa cho‘l mintaqasining tuproqlari tarqalgan. Bo‘z tuproqlar tarqalgan hududda tog‘ yon bag‘ir bo‘ylab ko‘tarilgan sari iqlimning aridligi (quruqligi) susayib, o‘simlik qoplamida efemerlar va efemeroidlar o‘rnini o‘suv davri uzoqroq bo‘lgan turlar egallaydi va ularning hisobiga to‘planadigan biomassaning miqdori ortib boradi. Natijada tuproq tarkibidagi chirindining miqdori ko‘payadi, eollanish jarayoni kuchayadi, tuproq kesmasining qalinligi ortadi. Aytib o‘tilganlar asosida bo‘z tuproqlarni och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar kabi uchta kichik tipga ajratish mumkin. Bo‘z tuproqlar subbareal tuproq xosil bo‘lish jarayoni xos bo‘lgan dasht tuproqlaridan tarkibida organik moddaning kamligi bilan ajralib turadi. Qo‘riq tipik bo‘z tuproqlarning A va V qatlamidagi gumus zahirasi gektariga 65–95 tonnadan oshmaydi, och tusli bo‘z tuproqlarda bu miqdor yanada kamroq bo‘ladi. To‘q tusli bo‘z tuproqlarda gumus zahirasi bir muncha ko‘proq bo‘lib, bir gektar maydonda 130 tonnagacha etadi. Bo‘z tuproqlardagi gumusga oid ma’lumotlar 13-jadvalda keltirilgan. 13-jadval Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling