O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi
Download 1.31 Mb.
|
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zahira erlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi
- JAMI: 12262,7 0,9
- O‘zbekistonda tarqalgan asosiy tuproqlar maydoni
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
7.4. Zahira erlar Zahira erlarga egalik qilish, foydalanish hamda ijara maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan hamda boshqa er toifalarida hisobga olinmagan barcha erlar kiradi. Zahira erlar asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi. 2012 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra zaxira erlarining umumiy er maydoni 12262,7 ming gektar yoki umumiy er maydonining 27,6 foizini tashkil etadi. Zahira erlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi 21-jadvalda ko‘rsatilgan. 21-jadval Zahira erlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi (ming ga hisobida)
7.5. Erlardan foydalanish istiqbollari Serquyosh Respublikamizning umumiy er maydoni 447,4 million gektar bo‘lib, uning mintaqalararo taqsimlanishi 22-jadvalda keltirilgan. 22-jadval O‘zbekistonda tarqalgan asosiy tuproqlar maydoni
Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistan Respublikasi maydonining 73 foizi cho‘l zonasida, 14,04 foizi tog‘ oldi va tog‘ osti cho‘l-dasht zonasida va 12,73 foizi tog‘ zonasida joylashgan ekan. Sug‘orib ekiladigan erlar faqat umumiy er maydonining 9,0 foizini (420,6 ga) tashkil qiladi, xolos. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston Respublikasida 1000000 gektardan ziyodroq lalmikor erlar ham bo‘lib, umumiy qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladgan er maydini 700000 gektardan ziyodroqdir (bunga ariq olinib, lekin turli sabablarga ko‘ra ekin ekilmaydigan partov va qo‘riq erlar ham kiradi). Qolgan erlar esa (O‘zbekiston Respublikasi maydonining 90,0 foizi yoki 37800000 gektari) turli darajadagi qimmatga ega bo‘lgan yaylovlar va pichanzorlar sifatida foydalaniladi. Keltirilgan raqamlardan yana shuni ko‘rish mumkinki, sug‘oriladigan erlarning 67 foizi yoki 1 900000 gektari tog‘ oldi va tog‘ osti cho‘l-dasht mintaqasida joylashgan bo‘lib, 33 foizi yoki 800000 gektari cho‘l zonasidadir. Tog‘ zonasida esa sug‘orib ekiladigan erlar deyarli yo‘q, lalmikor erlar juda oz. Ko‘ramizki, umumiy er maydonining faqatgina 10 foizga yaqin erlarida dehqonchilikda keng foydalaniladi. Bu albatta, juda oz. Bundan tashqari sug‘orib ekiladigan erlarning qariyb 50 foizi sho‘rlanishga moyil, turli darajada sho‘rlangan va eroziyaga uchragan. Shuning uchun xam bunday erlarda sho‘rlanishning oldini oluvchi qator tadbirlar qo‘llamasdan (drenaj kanallari olish, erni o‘z vaqtida sho‘rdan yuvish, tekislash, o‘t-dalali almashlab ekishni joriy qilish va boshqalar) turib yuqori hosil olish mumkin emas. Demak, qishloq xo‘jalik ekinlari ekishda foydalanadigan erlarning hammasi ham oliy sifatli erlar bo‘lmay, katta mehnat evaziga hosil etishtiriladi. Shuning uchun tuproqshunoslarning oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifa lalmikor va sug‘orib ekiladgan erlarning sifatini tubdan yaxshilash va ularning unumdorligini oshirish, tiklash va muhafaza qilish yo‘llarini izchillik bilan topishdir. Sinov savollari: 1. O‘zbekiston Er fondi va uning toifalari. 2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning bo‘linishi. 3. Erlar foydalanish istiqbollari va ulardan foydalanish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Агрохимическая характеристика почв СССР. (Республики Средней Азии). Изд. “Наука”, Москва, 1967. Мачигин Б.П. Агрохимические свойства почв и влияние удобренний на развитие хлопчатника. В сборнике научных работ по применению удобрений под хлопчатник. Ташкент, 1957. Почвы Узбекистана. Изд. ФАН. Узбекской ССР. Ташкент , 1975. Рыжов С.Н., Сучков С.П. Принципы агрономического районирования орошаемых земель и дифференциация агротехнических мероприятий при культуре хлопчатника Ж. Почвоведение, 1951, №3. O‘zbek Sovet ensiklopediyasi. 14-tom, Toshkent 1980. Qo‘ziev R.Q. Bo‘z-voha tuproqlari, ularning tadrijiy rivojlanishi va unumdorligi. Toshkent , 1991. Қўзиев Р.Қ.., Сектименко В.Е. Почвы Узбекистана. Тошкент. “ЕХTREMUM PRESS” 2009. Mahsudov X. va boshqalar. Tuproqshunoslik. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. T, 2013. J. Benton Jones, Jr. Agronomic handbook. London, New York.2003. ISBN: 1418050377. Allen V. Barker. Science and Technology of Organic Farming. USA/ 2010. ISBN 9781439816127 - CAT# K10828 Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling