O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda


jihatdan yangilamay turib respublika fuqarolarining yangi avlodini voyaga


Download 41.39 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi41.39 Kb.
#1512628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarix G\'afur

jihatdan yangilamay turib respublika fuqarolarining yangi avlodini voyaga 

yetkazmay turib, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalamay turib, 

farovon, qudratli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyat sari ildamlab 

bo’lmaydi”
, - deb ta‘kidlagan edilar. 

Milliy kadrlar tayyorlash borasida 1997 yilga kelib tub o‘zgarishlar qilindi. 


Albatta, o‘tgan yillarda bu borada muhim tadbirlar, islohotlar amalga oshirilgan 
bo‘lsada, ular vaqtinchalik o‘tish davriga mo‘ljallangan edi. Davlatning ―Ta‘lim 
to‘g‘risida, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖ qonunlari kadrlar 
tayyorlashning huquqiy asosi bo‘lishi bilan birga, uning milliy modelini, amalga 
oshirish mexanizmini ham yaratdi. Mazkur xujjatlarni tayyorlash va hayotga tadbiq 
etishda birinchi prezident I.Karimov tashkilotchi va ilxomchi bo‘ldi. Mustaqillikning 
o‘tgan yillarida u kishining asar va maqolalarida yoshlar, ularning ta‘limi, tarbiyasi 
muammosiga ko‘plab marta murojaat qilinganligini ko‘ramiz. ―Kadrlar tayyorash 
milliy dasturi‖ o‘sha xalq ta‘limi to‘g‘risidagi g‘oyalar, demokratik islohotlarning 
yangi, yaxlit ifodasi edi. 
O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida inson, uning ma‘naviy dunyosi, ijtimoiy 
– siyosiy faolligi masalasi dolzarblashdi. CHunki bu davrda davlatni, jamiyatni 
rivojlantirishning, mustahkamlashning birinchi faktori intellektual boylik 
hisoblanadi. Istiqlol boshqa jamiyatlardan o‘zining shu sifati bilan farq qiladi. 
Istiqlol beparvolik, loqaydlik, xudbinlik kabi holatlarga toqat qila olmaydi. Birinchi
Prezident I.Karimov istiqlolning birinchi yilidayoq O‘zbekiston kelajagi buyuk 
davlat deganda eng avval millatning ma‘naviy omilini nazarda tutgan edi. Xuddi 
shu g‘oyani ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ham ko‘ramiz. Uning markazida 
shaxs, komil inson muammosi turadi. Zero, komil inson jamiyatni 
harakatlantiruvchi yakkayu - yagona kuchdir. SHunday ekan shu kuchning o‘zini 
yaxshilash, uni hozirgi zamon ilg‘or fan, texnikasi yutuqlari bilan qurollantirish, 
ijtimoiy – siyosiy jihatdan chiniqtirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning 
uzoq muddatga mo‘ljallangan asosiy maqsadidir. 
Har bir davlatning kuch – qudrati, taraqqiyoti ijtimoiy – iqtisodiy... faktorlari 
bilan bir qatorda aholisining, xususan, ziyoli qatlamining intellektual 
imkoniyatlariga, tafakkur qobiliyati va ma‘naviylik darajasiga bog‘liq. SHuning 
uchun ham, davlat mustaqilligining dastlabki yilidanoq yangicha, istiqloliy 
tafakkurga ega bo‘lgan milliy kadrlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 

Milliy, ijtimoiy – siyosiy faol, yuksak aql – zakovatli ziyolilar masalasi har bir 


jamiyatda, har bir zamonda dolzarb masala bo‘lib kelgan. Lekin O‘zbekiston 
mustaqilligi uni tamoman yangicha sifat, mazmun darajasida talab qildi. Ana 
shuning uchun O‘zbekiston mutaqilligi mamlakatda milliy kadrlar masalasi davlat 
siyosati darajasida hal qilish vazifasini qo‘ydi. 
Biz professor – o‘qituvchilar shuni hech qachon unutmasligimiz kerakki, 
oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati 
tug‘ilmasin, gap oxir – oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi, 
taqalaveradi. 
Mubolag‘asiz 
aytish 
mumkinki, 

bizning 
kelajagimiz 


mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, 
qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq.
O‘zbekistonda ta‘lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni jahon miqyosida 
targ‘ib etish, bu borada jahon amaliyotidan foydalanish va xalqaro hamjamiyat 
bilan bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2012 yil 16-17 fevral 
kunlari Toshkentda ―YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash 
– mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim 
sharti‖ mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada e‘tirof 
etilganidek, mamlakatimizda 12 yillik majburiy bepul ta‘lim olish hamda 
muhtaram Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, O‘zbekistonda ta‘lim sohasini 
rivojlantirish va isloh etishga yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki 
mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti 
xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortig‘ni tashkil etishi o‘z-o‘zidan mazkur sohaga 
qaratilayotgan ulkan e‘tiborning yaqqol tasdig‘i hisoblanadi. 
SHu ma‘noda Navoiy viloyatida oliy ta‘limning shakllanishi va rivojlanishi 
tarixi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 
yanvardagi PF-356-sonli farmoniga binoan Navoiy davlat konchilik instituti va 
Navoiy davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
Hozirgi kunda ushbu oliy o‘quv yurtlari nafaqat viloyat balki, respublika 
uchun zarur malkali mutaxassislar tayyorlab, mamlakat kadrlarini safini 
kengaytirib bormoqda. SHuningdek, ushbu oliygohlar xalqaro miqyosda ham 
aloqlarni kengatirib bormoqdalar.


Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling