O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda
Navoiy davlat konchilik instituti
Download 41.39 Kb.
|
Tarix G\'afur
Navoiy davlat konchilik instituti. Ma‘lumki, Navoiy davlat konchilik
instituti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1995 yil 7 iyuldagi «Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 1995 yil 26 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida Navoiy shahrida tashkil etildi. Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular, Konchilik, Energo-mexanika, Kimyo-metallurgiya, Olmaliq kon-metallurgiya va Zarafshon umumtexnika fakultetlaridir. Navoiy shahridagi 3 ta fakultet ixtiyorida 3 ta o‘quv binosi, 1 ta talabalar turar joyi, madaniy hordiq chiqarish maskani, sport-sog‘lomlashtirish maskani, til o‘rganish markazi va xo‘jalik binolari, kompyuter sinfilari, 2 ta Axborot-resurs markazi va o‘quv zallari talabalarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. SHuningdek, yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash ishlariga ham yetarlicha e‘tibor qaratilgan. Oliygohda 1996-2010 yillar davomida 6 ta doktorlik va 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. SHu bilan birgalikda, istiqbolli rejaga ko‘ra kelgusida 53 nafar fan doktori va 125 nafar fan nomzodi tayyorlanishi ko‘zda tutilgan holda o‘tgan 2009 yilda 3 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi ilmiy darajalari muvoffaqiyatli himoya qilindi. 2010 yilda esa 5 ta fan doktori va 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoyaga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. 2010 yil institut professor-o‘qituvchilari 1-3 mart kunlari o‘tkazilgan III- Respublika ―Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar‖ yarmarkasiga faol ishtirok etib 4 ta loyiha bo‘yicha NKMK rahbariyati bilan 57 mln so‘mga kelishuv bayonnomasi imzolandi. Bu ta‘lim, fan va ishlab integratsiyasini rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Navoiy viloyatida oliy ta‘limning rivojlanishi tarixi va bugungi rivojlanish istiqbollarini tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni ilgari suramiz: Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling