Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Download 370.23 Kb.
bet1/50
Sana28.12.2022
Hajmi370.23 Kb.
#1024514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
маъруза матни ривож




АL ВUKHARI UNIVERSITY
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI



RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA” FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI


Tuzuvchi: Psixol.f.n., dots. Sh.T.Alimbayeva

Toshkent 2021


KIRISH
Ushbu ma’ruzalar matni inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik xususiyatlari va odam shaxsining ta’lim- tarbiya sharoitida har bir davriga xos xususiyatlariga bag‘ishlangandir.Ma’ruzalar matnida yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining vazifalari va tadqiqot metodlari, shaxs tarkib topishida biologik va ijtimoiy omillar, psixik taraqqiyot va ta’limninig o‘zaro munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Ma’ruzalar matnining keyingi boblarida go‘daklik va ilk bolalik davridan, to kollej va litseylarni bitirguniga qadar bo‘lgan davrdagi yoshga xos psixologik xususiyatlari, aqliy rivojlanishlari, shaxs shakllanishi atroflicha bayon qilingan. Ta’lim va tarbiya psixologiyasiga bag‘ishlangan bobda, o‘quv faoliyatining psixologik mazmuni va mohiyati, bilimlarni o‘zlashtirishning psixologik komponentlari, ta’limning noan’anaviy usullari, o‘quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi bobida esa tarbiya samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar, tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasi haqida batafsil so‘z yuritilgan bo‘lsa, o‘qituvchi psixologiyasi bobida, o‘qituvchining vazifalari, uning kasbiga xos xislatlar, pedagogik qobiliyatlar, shuningdek, o‘qituvchi malakasini oshirishining psixologik shart-sharoitlari haqida batafsil so‘z boradi.


1-Mavzu. Rivojlanish psixologiyasiga kirish
Mavzu rejasi:

  1. Rivojlanish psixologiyasi – amaliy psixologiya sohasi.

  2. Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi.

  3. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

  4. Rivojlanish psixologiyasining metodlari.

  5. Rivojlanish tushunchasi.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida rivojlanish psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Rivojlanish psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va еtuklik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.


Rivojlanish psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas individual psixologik xususiyatlarini, psixik va shaxs xususiyatlarini, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.
Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, rivojlanish psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlanishi mumkin. Ammo bu еrda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko‘zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Yosh psixologiyasi – turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi – inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi hisoblanadi.
Rivojlanish psixologiyasini rivojlanishdan, rivojlanishni yosh xususiyatlaridan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Rivojlanish psixologiyasi fanining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
1.Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi muammosi.
2.Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi.
3.Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.
Psixik rivojlanish bir tomondan organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik fiziologik tuzilishiga bog‘lik. Nerv sistemasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi mumkin. Bolaning miyasi еtilib bo‘lmaguncha unda verbal nutqni va u bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish mumkin emas.
Organizmning psixik rivojlanishi ikkinchi tomondan, muhitga ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.
Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Tashkil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.
Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha qolmoqda.
Keyingi muammo – layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha to‘la-to‘kis o‘z еchimini topmagan.
Rivojlanish psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, 1 necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar “ doimiy ta’sir etib turuvchi ”omillar – biologik еtilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling