Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
-Mavzu. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari (2 soat)
Download 370.23 Kb.
|
маъруза матни ривож
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixoanalizda rivojlanish talqini.
- E.Erikson
4-Mavzu. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari (2 soat)
Mavzu rejasi: Psixoanalizda rivojlanish talqini. Kognitiv yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi. Tarixiy-madaniy yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi. Psixoanalizda rivojlanish talqini. Hozirgi zamon tibbiyotida va tibbiyot psixologiyasida psixoterapiyaning ancha keng tarqalgan shakli psixoanalizdir. U Z.Freyd nazariyasiga asoslangan bo‘lib, uning negizida inson shaxsi rivojlanish shartlari, turli muammolarning kelib chiqishi va ularni еchish usullari yotadi. Psixoterapevtning vazifasi shundan iboratki, u psixoanalitik uslubdan foydalanib, mijozning anglab еtilmagan mayllarini uning ongiga еtkazish orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Bu oqim namoyondalarining ta’kidlashicha, faqatgina anglanmagan motiv va ichki ziddiyatlargina anglab еtiladi, natijada ularni aqlan idrok etish orqali muammolarni osongina hal qilish mumkin. Psixoanalitik tomonidan mijozdagi anglab еtilmagan ziddiyatlarni aniqlashda erkin assotsiatsiya metodi ham qo‘llaniladi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, psixolog o‘zi egallagan barcha usullardan foydalanib, mijozni jo‘shqin gapirishga undaydi, bu o‘zini xavotirga solgan axborot tariqasida bo‘ladi (odatda bu gipnoz holatida qilinadi yoki mijozning o‘ta kirishuvchan holatida o‘tkaziladi). Psixodinamik nazariyaning yirik namoyondasi mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi. Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning davomi hisoblanadi. Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl(“libido”) deb hisoblaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bog‘liq uch jarayondan iborat: biologiya o‘rganadigan jismoniy taraqqiyot, psixologiya o‘rganadigan ongli “Men”ning rivojlanishi, ijtimioy fanlar o‘rganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning asosiy qonuni – “epigenetik prinsip “ bo‘lib, rivojlanishning har bir yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bo‘lmagan yangi hodisa va hislatlar paydo bo‘ladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga o‘tish “normativ inqiroz” shaklida o‘tadi, u tashqaridan patologik hodisaga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi. Taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tish oldingi bosqichga xos bo‘lgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mumkin bo‘ladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin namoyon bo‘ladi. Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi. 1 – davr. Ilk go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha). Bu davrda tashqi dunyoga “Ongsiz ishonch” tuyg‘usi vujudga keladi. Buning asosiy sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda bu ishonch paydo bo‘lmay qolsa, ona bolaga yomon munosabatda bo‘lsa, voyaga еtganda umidsizlik vujudga keladi. 2 – davr. Kechki go‘daklik (1 yoshdan 3 yoshgacha). Yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi shakllanadi. Bu esa o‘z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, intizom, ma’suliyat, javobgarlik, hurmat tuyg‘ulari tarkib topishiga zamin hosil qiladi. Anomal rivojlanish: ikkilanish, qobiliyatga shubhalanish, hayotga moslashmaganligini his qilish. Download 370.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling