Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Rivojlanish psixologiyasining predmeti


Download 370.23 Kb.
bet2/50
Sana28.12.2022
Hajmi370.23 Kb.
#1024514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
маъруза матни ривож

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi hislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
Rivojlanish psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular: 1.Bolalar psixologiyasi
2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3.O‘smir psixologiyasi.
4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
5.Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6.Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.
Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish.
2) psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishidagi yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish.
3) shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.
4) har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganadi.
Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning
hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Pedagogik psixologiya vazifalari:
1) ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini o‘rganish;
2) o‘quvchilar bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish;
5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud:
1.Ta’lim psixologiyasi.
2.Tarbiya psixologiyasi.
3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi.

Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling