Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari
Download 370.23 Kb.
|
маъруза матни ривож
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.G. Ananev
- Empirik metodlar
Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondoshish uchun ularning individual-psixologik xususiyatlarini, o‘quvchilar shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganish usullari bilan qurollanishi shart.Demak, yosh va pedagogik psixologiya asoslarini bilish har bir fan o‘qituvchisi, har bir pedagog uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir fanning o‘z predmetini o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va pedagogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur. Rus psixologi B.G. Ananev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi: I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o‘tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi. IV. Sharhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha harakteristikalari o‘rtasidagi “gorizontal” aloqalar aniqlanadi. Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga xos o‘zgarishlar evolyusion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolyusion o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekinlik bilan amalga oshadi. Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur o‘zgarishlarni revolyusion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolyusion o‘zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ikkinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh taraqqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda ro‘y beradigan revolyusion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana 1 turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq- atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi. Download 370.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling