O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy
Download 56.29 Kb.
|
kurs ishim (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija Kirish Kirish 1.1 Sudralib yuruvchilar haqida qisqacha ma’lumot Asosiy qism
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA (TURLARI BO’YICHA ) TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS 21-02 GURUH TALABASI NURMATOVA OMINANING UMURTQALILAR ZOOLOGIYASIDAN YOZGAN KURS ISHI MAVZU:O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHRINING XUSUSIYATLARI Tekshirdi: Elmuratova Zulxumor Mundarija Kirish Kirish 1.1 Sudralib yuruvchilar haqida qisqacha ma’lumot Asosiy qism 2.1 Ilonlar haqida qisqacha ma’lumot 2.2 O’zbekistonda uchrovchi zaharli ilonlar 2.3 Ilonlar haqida qiziqarli faktlar 2.4 Dunyodagi eng zaharli ilonlar 2.5 Ilon zahri xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi Umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfidan farq qiladi. Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarimsharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Skeleti to'liq suyakdan tashkil topgan. Еr ustida harakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo'lingan. Sudralib yuruvchilarning oyoqlari boshqa quruqlikda yashovchi umurqali hayvonlarniki singari besh barmoqli, ayrim guruhlarida oyoqlari bo'lmaydi. Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalari sonining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqasi-atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi -epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ularning ko'pchiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudralib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ularning terisi quruq, teri bezlari bo'lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ularning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, reptiliyalarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo'lingan. Sudralib yuruvchilarning ayirish organlari ham ancha takomillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq 205 qilib, sudralib yuruvchilarning barchasida otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan iborat, qattiq po'st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlikka qo'yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ularning rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, yaʻni tuxumdan chiqqan bolasi voyaga etgan ota-onasiga o'xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug'adi. yuksak umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat - murtak pardasi hosil bo'ladi. Murtak pardalarining biri - amniotik qavat nomiga qarab yuksak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi. Embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmaydigan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi. Sudralib yuruvchilarning ham tana harorati o'zgaruvchan va ko'pincha tashqi muhit haroratiga bog'liq.Teri qoplami. Ko'p qavatli epidermisning ustki qatlami o'lik hujayralardan tashkil topgan shox qatlam hosil qiladi. Bu o'lik hujayralar qavatining tagida tirik hujayralardan tashkil topgan malpigi qavati bor Shox qavati hisobidan qalqonchalar, tangachalar, shox donachalar, bo'rtmalar va tirnoqlar hosil bo'ladi. Shox tangachalarning tagida, koriumda baʻzi sudralib yuruvchilarda qoplovchi suyaklar hosil bo'ladi. Malpigi qatlamida va koriumning ustki qismida pigment hujayralari joylashadi. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan tirnoqlari bor. Teri organizmda suvning parchalanib ketishidan yaxshi himoya qiladi, yaʻni mexanik yallig'lanishdan va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning organizmga kirishidan saqlaydi. Quruq cho'l hududlarida yashaydigan sudralib yuruvchilar terisi orqali juda kam suv yo'qotadi. Timsohlarda esa 75% namlik asosan terisi orqali yo'qoladi. Reptiliyalarning terisi nafas olishda va parchalanish mahsulotlarini ajratishda ishtirok etmaydi. Terida bezlar deyarli yo'q. Kaltakesaklar sonlarining ichki tomonida son teshiklari bo'lib, ulardan bahor oylarida ipsimon o'simtalar chiqadi. Oz miqdordagi ter bezlari asosan yosh timsohlarda rivojlangan. Bu bezlar elkasida, pastki jag'ida va kloaka atrofida joylashgan. Ilonlar va toshbaqalarning ham tumshug'i va kloakasida hidli sekret ishlab chiqaruvchi bezlari bor. Umuman ter bezlari ayrim tur toshbaqalarda nisbatan yaxshi rivojlangan. Sudralib yuruvchilarning terisi tanaga zich yopishib turadi. Shox qavat tullash yo'li bilan almashinib turadi.Skeleti. Sudralib yuruvchilarning skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elementlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining o'q skeletiga mustahkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bog'liq ekanligini aytib o'tish lozim. Sudralib yuruvchilar skeletidagi xarakterli xususiyatlardan yana biri ularda to'sh suyagi va qovurg'alarning rivojlanganligi tufayli ko'krak qafasining paydo bo'lganligidir (ilon va toshbaqalarda bo'lmaydi). Umurtqa pog'onasi. Sudralib yuruvchilarning o'q skeleti yoki umurtqa pog'onasining qismlari suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan harakatchan va to'rtta bo'limga: bo'yin, ko'krak-bel, dumg'aza va dumga bo'linadi Gavda shakli. Sudralib yuruvchilar gavdasining shakli suvda hamda quruqlikda yashovchilarning gavda shakliga nisbatan xilma-xil bo'lib, ularning hayot kechirish tarzi va harakat usullari bilan bog'liq. 1. Kaltakesaksimon shaklidagi sudralib yuruvchilar. Bunday shakldagi sudralib yuruvchilarga ko'plab turlar kiradi. Tanasining hamma qismlari yaxshi ko'rinadi. Ularning oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan, dumi uzun. Bunday shakldagi sudralib yuruvchilarga kaltakesaklar, xamelionlar, timsohlar, iguanalar kiradi 2. Ilonsimon shakld yo'qolib ketgan, faqat bo'g'ma ilonlarda va ko'r ilonlarda rudiment holda chanoq kamari va orqa oyoqlari saqlanib qolgan. Bo'yni tanasiga qo'shilib ketgan, yaʻni aniq chegaralanmagan. Tana va dum qismlari chegarasi ham bir-biridan aniq ajralmagan. Bularga ilonlar va oyoqsiz kaltakesaklar kiradi. Birinchi va ikkinchi shakldagi sudralib yuruvchilar orasida o'tkinchi oraliq shakldagilari ham bor. Masalan: amfisbenlarning(Amphisbaenidae) faqat oldingi oyoqlari bor, boshining tanasidan ajralib turgan chegarasi yaxshi ko'rinmaydi, bo'yin qismi yo'q, dumi kalta va yo'g'on. 3. Toshbaqasimon shakldagi sudralib yuruvchilar. Ularning tanasi muguz moddadan iborat qalqon ichida joylashgan. Qalqon gumbazsimon bo'rtiqli orqa va yassi qorin qismlardan iborat, oyoqlari qisqargan holda bo'ladi. Bularga toshbaqalar kiradi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 m gacha boradi agi sudralib yuruvchilar. Ularning tanasi silindrsimon bo'lib, oyoqlari va oyoq kamarlari hamda to'sh suyagi,[1] Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumi Ilonlarning gavdasi silindr shaklida, deyarli qismlarga bo'linmaydi. O'rmalab yurishga va katta –katta g'animlarini butunlay yutishga moslashgan. Ilonlarning oyoqlari, oyoq kamarlari va to'sh suyagi yo'qolib ketgan, faqat bo'g'ma ilonlarda va ko'r ilonlarda chanoq kamari qoldiqlari saqlanib qolgan. Barcha tana umurtqalarida harakatchan qovurg'alari bor, bu qovurg'alar qorin qalqonlariga taqalib turadi. Qorin qalqonlarida teriosti muskullarining faoliyati tufayli harakatga kelib, ilonlarning o'rmalashiga yordam beradi. Ilonlarning umurtqalari soni 140 ta dan 435 ta gacha boradi. Umurtqa pog'onasi faqat tana va dum umurtqalariga bo'linadi. Ilonlar gavdasining usti tangacha va qalqonlar bilan qoplangan. Ko'z qovoqlari o'zaro qo'shilib yupqa parda hosil qiladi va soat oynasidek ko'zini ustidan berkitib turadi. Nog'ora bo'shlig'i va nog'ora pardasi yo'q. O'pkasi toq, ularda faqat o'ng o'pka pallasi rivojlangan. Buyraklari va jinsiy organlari tasmasimon cho'ziq, siydik pufagi yo'q. Jag' apparatining suyaklari (tanglay, qanotsimon va tangachasimon) o'zaro harakatchan qo'shilgan.Shu sababli ilonlar o'z o'ljalarini butunlay yutadi. Bo'g'ma ilonlar o'ljasini gavdasi bilan o'rab bo'g'ib o'ldiradi, zaharli ilonlar esa o'ljasini zaharlab o'ldirib keyin yutadi.Zaharli ilonlarning yuqorigi jag'ida zahar tishlari bo'ladi, bu tishlari boshqa tishlaridan farq qiladi va yuqori jag' suyaklariga o'rnashgan bo'ladi. Zahar tishlari jag'i ochilganda ustki jag'iga vertikal holda, jag'i yopilganda esa ularning uchi orqa tomonga qayriladi. Қора илон, шақилдоқ илонларнинг заҳар тишлари ичида канали бўлади, капча (кобра) илон ва кўлвор илонлар заҳар тишларининг сиртида эгатчалари бўлиб, заҳар шу нов ва каналлардан илон чаққанда оқиб чиқади. Заҳар махсус устки жағ безлари томонидан ишлаб чиқилади. Илонларда илмоқ сингари қайрилган ва учи ўткир тишлари бўлади. Одам учун капча илон, қора илон, мамба ва шақилдоқ илонларнинг чақиши жуда хавфли ҳисобланади. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharli ilonlar Respublikamiznining cho'l va tog'li hududlarida tarqalgan. MDH da yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan.Ilonlar turli xil hayvonlar, yaʻni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar, baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi.Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDH da ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan O'zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlanganQora ilon, shaqildoq ilonlarning zahar tishlari ichida kanali bo'ladi, kapcha (kobra) ilon va ko'lvor ilonlar zahar tishlarining sirtida egatchalari bo'lib, zahar shu nov va kanallardan ilon chaqqanda oqib chiqadi. Zahar maxsus ustki jag' bezlari tomonidan ishlab chiqiladi. Ilonlarda ilmoq singari qayrilgan va uchi o'tkir tishlari bo'ladi. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharli ilonlar Respublikamiznining cho'l va tog'li hududlarida tarqalgan. MDH da yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan.Ilonlar turli xil hayvonlar, yaʻni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar, baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi. Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDH da ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan O'zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlangan.[1] Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) - tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bo'lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o'rta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bo'lib, yirik o'ljani yutayotganida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan; oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi.Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo'ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar bezidan zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan. Oʻpkasi odatda bitta, siydik pufagi boʻlmaydi. Erkagining quyiqish organlari bir juft xaltachalardan iborat boʻlib, anal teshigidan orqaroqda, terisining ostida joylashgan. Yilda bir necha marta tullaydi, bunda terisining sirtqi qavati paypoq yechilganidek yaxlit koʻchib tushadi.Ilonning 3000 ga yaqin turi 13 oilaga boʻlinadi. MDHda ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan, O'zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqlangan. Asosiy oilalari: suv ilonlari, aspidlar, dengiz ilonlari, qora ilonlar, chuqurchaboshlilar, soʻqirilonlar, torogʻizlilar, boʻgʻma ilonlar, qalqondumlilar. Yer yuzida, Antarktidadan tashqari, hamma joyda uchraydi. Odatda, yer ustida qalin oʻt-oʻlanlar orasida, daraxtlarda, koʻp turlari choʻllarda, ayrim turlari suvda yashaydi. Yirtqich, oʻljani tirikligicha yoki oldin zaharlab yoki boʻgʻib oʻddirib keyin yutadi. Tuxum qoʻyadi, ayrimlari tuxumdan tirik tugʻadi. Ilon tabiatda kemiruvchilar, mollyuskalar va hasharotlar sonini cheklab turishda katta ahamiyatga ega.Ilon zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Baʼzi Ilon terisi charm sanoatida qoʻllaniladi. Ayrim Ilon odam uchun xavfli, biroq ular hech qachon birinchi boʻlib hamla qilmaydi.Oʻzbekiston hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlbor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq,charx ilonlari zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati Qizil kitobiga 16 tur va kenja turi kiritilgan.Ilon o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm. dan 10 m. gacha yetadigan hayvondir. Ularning 2700 ga yaqin turi ma’lum. Har xil yo‘g‘onlikdagi tanasi bo‘yiga qarab cho‘zilgan. Dumi odatda tanasidan kalta. Ilonlar kaltakesaklardan 30 xildagi belgilariga ko‘ra farq qiladi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag‘ining tuzilishidir. Kalla suyagidagi yuz qismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag‘ esa kalla suyagida qattiq cho‘zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog‘lam esa jag‘larning o‘ng va chap bo‘lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og‘zi juda ham cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular o‘ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, chaqish (tishlab olish), o‘ljasini tutish va qizilo‘ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o‘tkir va orqaga qayrilgan. Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha soniya havo yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu yerda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida ma’lumot oladi va shunga qarab o‘ljasining qayerda joylashganligi yoki suv manbayining qayerdaligi haqida mo‘ljal oladi. Ko‘zlari ham mo‘ljalda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan, ular sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi eshitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni musiqa chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossiz. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi. Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi.Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi. Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir marta tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3-4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.Yuqorida Ilonlarda ilmoq singari qayrilgan va uchi o'tkir tishlari bo'ladi deb aytib o’tdik. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, charx ilon, chipor ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharili ilonlar Respublikamiznining cho'l va tog'li hududlarida tarqalgan. MDHda yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan. Ilonlar turili xil hayvonlar, ya’ni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi. Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Kavkazda tarqalgan g'arb bo'g'ma ilonchasi (Eryx jaculus) kiradi. O'zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amudaryoning qumli qirg'oqlari bo'ylab sharq bo'g'ma ilonchasi tarqalgan, uzunligi 60 sm dan I m gacha boradi.Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar va hatto xonadonlarda chipor ilon uchraydi. Uning uzunligi 2 m gacha boradi. Chipor ilon, asosan O'rta Osiyoda va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Chipor ilon ham turli qushlar va ularning jo'jalari, kemimvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. O'lja qidirib, molxona va xonadonlarning shiftiga chiqib olishi, devorning yoriqlariga kirib qolishi mumkin. O'zbekistonning cho'l mintaqalarida xoldor chipor ilon, ko'ndalang yo'lli chipor ilon, o'q ilon, Ustyurtda to'rt chiziqli chipor ilon, tog' etaklarida esa qizil chiziqli chipor ilon tarqalgan. Silliq suv ilonining uzunligi 75 sm atrofida bo'ladi. O'q ilon ham suvilonlar oilasiga kiradi. O'q ilon zaharli hisoblanadi. Uning zahari tishi og'iz bo'shlig'ining ichki tomonida joylashgan, jo'yakli bo'ladi. Zahari odamga unchalik ta’sir qilmaydi.Aspidlar (Elapidae) oilasiga 192 ta tur kiradi. Ular, asosan Hindistonda, Afg'onistonda, Hindi-Xitoyda, Filippinda va O'rta Osiyoda tarqalgan. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida, ya’ni Turkmaniston va O'zbekistonda, jumladan, Bobotog', Hisor, Zarafshon. Nurota tizma tog'larining tog'oldi hududlarida, Qarshi dashtida yirik kulrang O'rta Osiyo kapcha iloni (Naja oxiana) uchraydi. Uning uzunligi 1,8—2,2 m gacha boradi. U bahorda kunduzi, yoz va kuz oylarida ertalab va kechqurun faol harakat qiladi. Biron xavf tug'ilganda kapcha ilon tanasi oldingi qismini yuqori ko'tarib shishiradi, bo'ynini yassi holda kengaytirib vishillagan ovoz chiqaradi va boshini tebrata boshlaydi Kapcha ilon iyul-avgust oylarida 9—12 ta tuxum qo'yadi. Tuxumining kattaligi 3,3 - 3,8 sm keladi, tuxumini yerga chuqurchaga ko'mib qo'yadi. 70-73 kundan keyin tuxumidan kichkina bolasi chiqadi. Kapcha ilonning zahar tishlari kattaligi bilan boshqa tishlaridan farq qiladi. Aspidlar oilasining asosiy avlodlariga kapcha ilonlar, aspidlar (Elaps) bungariar (Bungams) kabi o'ta zaharii ilonlar kiradi. Kapcha ilonlarning asosiy nerviga ta’sir qiladi. Uning uzunligi 3—3,5 m gacha boradi, Janubida tarqalgan. Kapcha ilonlar odamni chaqqanda 15 minutda odam o'ladi. Qora bo'yinli kapcha ilon o'z zaharini 4 m gacha uzoqlikka yetkazishi mumkin. Kapcha ilonlar zaharidan tibbiyotda xavfli kasalliklarga qarshi dori tayyorlanadi. Kapcha ilon noyob tur sifatida O'zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Aspidlar oilasining vakillari, shu jumladan, kapcha ilon, asosan qurbaqa, kaltakesaklar vaboshqa ilonlar bilan oziqlanadi. Ular 40 tagacha tuxum qo'yib ko'payadi Dengiz ilonlari oilasi vakillari, asosan Tinch va Hind okeanlarining tropik va subtropik dengizlarida yashaydi, 40 dan ortiq turlari bor. Bu ilonlar boshining kichikligi, gavdasining yon tomon siqilganligi va dumining yapaloqligi bilan boshqa ilonlardan farq qiladi. Burun teshiklari baland joylashgan. Bosh tomonida maxsus tuz chiqarish bezlari bor.Dengiz ilonlarining zahari boshqa zaharii ilonlarnikidan bir necha marta kuchii (12 marta) bo'ladi. Ko'pchiligi tirik tug'adi. Dengiz ilonlari umuman quruqlikka chiqmaydi. Tipik vakiliga kurakdum pelamuida (Relamida platurus)ni misol qilib keltirish mumkin. Bu ilonlar baliq va ularning bildiriqlari bilan oziqlanadi, ayniqsa ilonbaliqlarni xush ko'radi. Qora ilonlar (Viperedae) oilasiga 210 ta tur kiradi. Ular zaharli, zahar tishlarining ichida nayi bo'ladi. Qora ilonsimonlar oilasining vakillari Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Ularning gavdasi yo'g'on, boshi uchburchak, dumi qisqa va yassi bo'ladi. Qora ilonsimonlar oilasining tipik vakillariga MDHda, shu jumladan, O'zbekistonda tarqalgan cho'l qora iloni (Vipera ursini), Amerika chinqiroq iloni (Crotalus horridus), O'rta Osiyoda keng tarqalgan oddiy qalqontumshuq (Ancistrodon halis), O'rta Osiyoda hamda Kavkazda tarqalgan ko’lvor ilon (Vipera lebetina), O'rta Osiyoning janubida va Afrikada yashaydigan qum charx iloni (Echis carinatus) kiradi . Oddiy cho'l qora iloni tuxumdan tirik tug'ib ko'payadi, 3 tadan 17 tagacha tuxum qo'yadi. Ular yer ostidagi uyasida to 'p -to 'p bo'lib qishlaydi. Cho'l qora ilonlarining zahari birmuncha kuchsiz ta’sir qiladi. Nimjon odamlani chaqqanda, kasallik og'ir kechadi. chaqqan joyi qattiq og'riydi. Bu ilonning usti to'q kulrang bo'lib, qramtir xollari bor, ular nisbatan mayda, uzunligi 70-80 sm atrofida bo’- ladi. Oddiy cho'l qora iloni MDHda, shu jumladan, O'zbekistonda qozoq Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qirg'oqlarida yashaydi. Ular Chirchiqda,Tyanshanda va Sirdaryodasholipoyalar atrofida shu oyga chiqadi, asosan sichqon, kalamush, ba’zan odamga ham hujm qiladi.[2] Download 56.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling