O‘zbekiston-ona vatanim!
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-sinf soati
III.Yakuniy qism.
O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman. “Askar” She`r yodlatiladi. Kelajakda askar bo`lamiz, Qo`riqlaymiz ona Vatanni Sarhadlarda sergak turamiz, Asrab shu yurt,bog`-u chamanni. Sarkardalar avlodidanmiz, Sharaflarga,shonlarga loyiq. Temur bobom,Jaloliddindek, Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq. Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin. Dadajon,askar akam Qadam tashlar gurs,gurs,gurs. Vatanimga,xalqimga Sodiqman,deb bergan so`z. -Shundaymi? -Shunday! -Men ularning ukasi, Qanday bo`lishim kerak? Vatan ishiga tayyor Bo`lib turishim kerak. -Shundaymi? -Shunday! Vatanimni,xalqimni Ko`z qoramdek saqlayman, Askar akamga o`xshab El ishonchin oqlayman. -Shundaymi? -Shunday! Ofarin,ota o`g`il, Tilginangga bol,shakar. Sen ham bir kun ulg`ayib, Bo`lasan botir askar. Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani qo`yib to`ldirish. -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz) -Vataning tinch- ________________________(sen tinch) -Tinchlik bilan el ko`karar, _____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.) -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.) -El qudrati – chin qudrat, _____________________(Vatan tuprog`i qimmat.) -Yurt qo`risang o`sarsan, _____________________(Qo`rimasang to`zarsan.) Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling