O‘zbekiston-ona vatanim!
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-sinf soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar
- I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
- O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
III.Yakuniy qism.
1.Ona safarga otlangan o`g`liga qanday nasihat berdi? 2. Shunda Imom Buxoriy hazratlari qaroqchilarga qanday saboq berdilar? “Ruchka stol o`rtasida”o`yini.(Tanaffusda har bir o`quvchiga o`zi yopishadigan bo`sh tarqatma kartochkalar beriladi.) Har bir qatorga A-4 format tarqatiladi. Tarbiya deganda qanday tushunchaga ega bo`ldingiz? Fikringizni qog`ozchalarga yozib formatga yopishtiring. Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi. MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar: ______________ Sana _____________________ Mavzu: Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan) I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rasmlar,plakat. Tarbiyaviy mashg`ulotning borish: Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.Sinf ikki guruhga ajratiladi. 1-guruh nomi:-“Alishe Navoiy” 2-guruh nomi:- “Zahiriddin Muhammad Bobur” II.Asosiy qism: O`qituvchi: - Mana,guruhlar bilan tanishib oldik. Endi ajdodlarimiz hayot yo`li va ularning qoldirgan merosi haqida bilganlaringizni aytib o`zaro bellashasiz. 1-guruh. 1-o`quvchi: Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she`r. Temur tig`i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher.(A.O) 2- o`quvchi: -Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan shaxslardan biri,so`z mulkining sultoni. 3- o`quvchi: Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilganlar. 4- o`quvchi: Yoshligidan kitobga mehr qo`ygan Alisher odobli,zehni o`tkir,ko`plarning diqqat – e`tiborida bo`lgan. 5- o`quvchi: Bobomiz bizga ko`plab g`azallar,dostonlar,ruboiylar va hikmatlarni meros qilib qoldirganlar. 2-guruh: 6- o`quvchi: Siz –zobit,dastini cho`zgan dunyoga, Siz- shoir, mangu bir alanga yoqqan. Nainki bandalar,Sizning siymoga Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.(A.O) 7- o`quvchi: -Vatanining asl farzandi,adolatli shoh siymosi bo`lmish Mirzo Bobur 1483-yil 14- Fevral kuni Andijon shahrida tavallud topganlar. 8- o`quvchi: Ham shoh,ham shoir bobomizning yurt sog`inchida bitgan ruboiylar-u g`azallari Vatanni sevish,uni e`zozlashga undaydi. 9- o`quvchi: Zahriddin Muhammad Bobur o`z davrida xalq manfaatini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi. 10- o`quvchi: Buyuk shoir o`z asarlari orqali odamlarni kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi. O`quvchilar fikri umumlashtiriladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling