O‘zbekiston-ona vatanim!
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-sinf soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- II.Asosiy qism
III.Yakuniy qism:
- Qangay ertaklarni bilasiz? Qaysi qatordagi o`quvchilar ko`proq ertak nomini aytish o`yinini o`ynash. O`quvchilarning javoblarini tinglash.Xattaxtaga osilgan ertak namunalari yuzasidan suhbat uyushtirish uning tarbiyaviy ahamiyatini yoritish. Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar: ______________ Sana _____________________ Mavzu: Qonunimiz- qomusimiz (8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan) I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish.O`quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish.O`quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD, disk, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari, Konsitutsiya kitobi Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. O`quvchilarni guruhlarga ajratish II.Asosiy qism: Madhiya kuylanadi O`qituvchi. -Bugungi mashg`ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz. Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor. Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.Ularga o`qituvchi,o`quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim.Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab- avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling