O‘zbekiston-ona vatanim!


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/49
Sana21.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1791479
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
1-sinf soati

III.Yakuniy qism.
O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va 
yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman. 


“Askar” She`r yodlatiladi. 
Kelajakda askar bo`lamiz, 
Qo`riqlaymiz ona Vatanni 
Sarhadlarda sergak turamiz
Asrab shu yurt,bog`-u chamanni. 
Sarkardalar avlodidanmiz
Sharaflarga,shonlarga loyiq. 
Temur bobom,Jaloliddindek, 
Qalbda Vatan mehri har nedan ortiq. 
Habib Rahmatning “Botir askarcha” she`ridagi ota va o`g`il dialogini aytish mumkin. 
Dadajon,askar akam 
Qadam tashlar gurs,gurs,gurs. 
Vatanimga,xalqimga 
Sodiqman,deb bergan so`z. 
-Shundaymi? 
-Shunday! 
-Men ularning ukasi
Qanday bo`lishim kerak? 
Vatan ishiga tayyor 
Bo`lib turishim kerak. 
-Shundaymi? 
-Shunday! 
Vatanimni,xalqimni 
Ko`z qoramdek saqlayman
Askar akamga o`xshab 
El ishonchin oqlayman. 
-Shundaymi? 
-Shunday! 


Ofarin,ota o`g`il, 
Tilginangga bol,shakar. 
Sen ham bir kun ulg`ayib, 
Bo`lasan botir askar. 
Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli gaplani 
qo`yib to`ldirish. 
-Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz) 
-Vataning tinch- ________________________(sen tinch) 
-Tinchlik bilan el ko`karar, 
_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.) 
-Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.) 
-El qudrati – chin qudrat, 
_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.) 
-Yurt qo`risang o`sarsan, 
_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.) 
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling