O‘zbekiston-ona vatanim!


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana21.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1791479
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
1-sinf soati

II.Asosiy qism: 
Aziz o`quvchilar bugungi mashg`ulotimizning mavzusi « Kim bo`lsam ekan?». O`yini orqali biz sizlar bilan turli kasblar 
haqida bilib olamiz. 
1. Ota-onangiz qaysi kasb egasi? Kasb o`zi nima? 
2.Kelajakda kim bo`lmoqchisan? Kabi savollarga javoblar olinadi.
O`qituvchi bolalar javoblarini umumlashtiradi: Kasb-hunar bu ish faoliyatining biror turi, ma`lum bilim, tajriba, 
tayyorgarlik talab etadi. Kasb-hunar turli tuman. Mana bu suratga qarang, suratda qanday kasb egalarini 
ko`rayapsiz? 
Bolalar javoblari eshitiladi va kasblarning nomi yoziladi.
 
Bolalarga kasblar bo`yicha suratlar tarqatadi. Bolalar tarqatilgan suratlar bo`yicha
kasblarga ta`rif beradilar 
kasblar 
duradgor 
chilanga

ishchi 
tikuvchi 
oshpaz 
menejer 
muhandi

hisobchi

chegarac
hi 
millitsio
ner 


-Sizning ota-onangiz qayerda ishlaydilar? Ular qanday kasb egalari ekanliklari haqida so`zlab bering. Ota-onangiz ish 
joylarida nima ish qilishadi?
Bolalar javoblari eshitiladi. 
O`qituvchi: Siz katta bo`lganingizda kim bo`lmoqchisiz? Buning uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz? 
Bolalar javoblari. 
Kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur ekanligini uqtiriladi. 
O`qituvchi: mana bolalar, hozirgina biz sizning ota-onalaringiz kasblari, o`zingizni
orzularingiz haqida suhbatlashib oldik. Kasb inson uchun juda zarur faoliyat
ekanligini tushunib yetdingiz deb o`ylayman. 
Kim qanday kasb tanlasa, mehr qo`yishi kerak O`z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo`ladi. hozirgina Nigora 
onam chevarlar, men katta bo`lganimda chevar bo`laman, qo`g`irchoqimga ko`ylak tikishni o`rganaman deb o`z 
orzusini aytdi. 
Ota-ona kasbini egallash juda ham yaxshi, chunki, siz ular nimalar bilan shug`ullanishini yoshligingizdan 
ko`rib, o`rganib borasiz, ularga bu ishda yordam ham berasiz. Katta bo`lgach shu kasbda ishlasangiz, sizning ota-
onangiz ustozingiz bo`ladilar. 
III.Yakuniy qism: 
“Pantomimo”o`yini. 
O`quvchilar imo-ishora orqali rasmda aks ettirayotgan kasbni ifoda etishi kerak. 
"Kim chaqqon" o`yini. 
O`quvchilar bir-biriga to`p otish orqali kasblar nomlarini aytishadi. Qaysi guruh ko`p kasb nomini ayta olsa o`sha 
guruh g`olib sanaladi. 
Kim kelajakda soatsoz bo`lmoqchi? 
Kimning otasi (akasi, qarindoshi) soatsoz kasbini egallagan? 
Har bir guruhning har bir kasb bo`yicha topgan so`ziga rag`bat kartochkasi beriladi va o`yin oxirida rag`bat 
kartochkalari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi. 
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling