Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning yangi yil bayrami haqidagi bilimlarini kengaytirish.
O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz
maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni
hurmat qilish, ularning nasihatiga
amal qilish,
jamoat joylarga
o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni
bilish va
bir-biridan farqlash
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga
tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi:
Archa – archa,jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingga yig`ilib
Qo`shiq aytadi barcha.
Salom senga,ko`k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan,go`zalsan.
-Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi
bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?
-Yangi yil bayramida.
-Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?
-Qish faslida.
-Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?
-Qorbobo va Qorqiz?
-Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?
-Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)
-Tasanno!
Do'stlaringiz bilan baham: