O'zbekiston Qahramoni (2003)
Download 1.57 Mb.
|
T.Khayipbergenov
- Bu sahifa navigatsiya:
- T. Kaipbergenov va taniqli boshqird yozuvchisi Mustay Karim (markazda), Moskva, 1981 yil.
Toʻlepbergen Qayipbergenov (1929.7.5, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010) — Oʻzbekiston (1994) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974). O'zbekiston Qahramoni (2003). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika intining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). "Amudaryo" jur. (1955—57)da, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957—58). Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958— 59), "Jas leninshi" gaz. bosh muharriri (1959—60), "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti direktori, "Sovet Qoraqalpogʻistoni" gaz. bosh muharriri (1962— 72). Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972 yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980 yil dan). Dastlabki qissasi — "Sekretar" (1956). "Rahmat, muallim" (1958), "Sovuq tomchi" (1964), "Uyqusiz tunlar" (1965) qissalarining, "Soʻnggi..." (1960), "Qoraqalpoq qizi" (1 — 2-kitoblar, 1963—65), "Qoraqalpoq dostoni" trilogiyasini tashkil etgan "Mamanbiy afsonasi", "Qoraqalpoqnoma" roman-essesi (1978), "U dunyoga bobomga xatlar" (1982) asarlari chop etilgan. "Qoraqalpoqman — tavakkalchiman" (2003) asari, shuningdek, "Familiya" pyesasi, "Berdaq" ("Sahro bulbuli"), "Oydoʻst bobo" dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining 17— 18-asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari (1987—91). 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati jamgʻarmasi raisi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1967), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1971) laureati. “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan. “Qoraqalpog‘iston haqida doston” (1986) (“Mamanbiy”, “Baxtsizlar”, “Sargardonlar”) trilogiyasi uchun SSSR Davlat mukofoti taqdim etilgan. 1944-45 yillari bo’lajak yozuvchi qishloqdagı maktabda o’qib yurgan vaqtlaridan oq , ziyrak va ko’p o’qishni hohlaydigan quntli o’quvchı sifatida ko'zga tu’shdi. O’zi 6-7 sinflarda o'qib yurib u shu maktabning 2-4 sinflariga dars bera boshlaydi. 1945-1947 yillarda u Xojayli Shahridagi boshlang’ich ta’lim bilim yurtida o’qiydi. Uni bitirgach esa o’zi tug’ilib o’sgan qishlog’ida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Shuning bilan birga o’z ustida tinimsiz mehnat qiladi, adabiyot bilan qizig’a boshlaydi va o’z bilimini takomillashtirib boradi. T. Kaipbergenov va taniqli boshqird yozuvchisi Mustay Karim (markazda), Moskva, 1981 yil. T. Kaipbergenov. Sholoxov nomidagi Adabiy mukofotni rus yozuvchilari uchun taqdim etish marosimi Yuriy Bondarev, Moskva, 2004 yil T.Qayipbergenov va hurmatli 1-prezidentimiz Islom Karimov. 2004-yil. Nukus T. Kaipbergenov. 2004 yil (unga O’zbekiston Qahramoni unvoni 2003 yil 25 avgustda berilgan) 1950 yili To’lepbergen Qayipbergenov Qoraqalpoq Davlat Pedagogik Institutining "Rus tili va adabiyoti" fakultetiga keldi. Aynan shu vaqttan boshlab u adabiyot sahnalariga kirib keldi. U adabiyot bilan, yozuvchi – shoirlar bilan yaqinnan taniship, ulardan olgan va o’zi hayotida sezgan tuyg’ularini she’rga aylantirib yoza boshlaydi 1950 yili Uning ijodkorlik davri boshlanadi. U dastlab poemaga qizig’a boshadi. Keyin esa proza janriga qiziqip qoladi. 1951 yili uning “Tilegim” nomli ilk sheri “Jas Leninshi” gazetasida nashr etildi. Shunnan boshlab uning xilma xil sherlari gazeta-jurnarlardan tushmas edi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling