O’zbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilishq. sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI “O‘SIMLIK DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 5-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 22-sentabrdagi 187 (6622)-sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2016-yil 21-sentabr, O‘RQ-409-son
Do'stlaringiz bilan baham: |