О’zbekiston r


Download 155.98 Kb.
bet4/8
Sana01.05.2023
Hajmi155.98 Kb.
#1418637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarix o\'qitish metodikasi

1.2 Guruhlarga bo`linib ishlash eng samarali uslub.
Guruhlarga bo‘linib ishlash usulni qo‘llash talabalarni mustaqil bilim olishga, bahs-munozara yurgizish madaniyatini oshirishga, o‘quvchilarni bir-birini o‘qitishga o‘rgatishda kata ahamiyatga ega. Guruhiy ish va uning shakllari to‘g‘risida ma’lumot.Nazariy va amaliy bilimlarni guruhiy ish usulida berish mumkin. Ilmiy tekshirish tashkilotlarida, konstruktorlik byurolarida, fabrika va zavodlarda ham ishchi xodimlar guruhiy ish usulida faoliyat ko‘rsatadi. Shularni hisobga olgan holda birgalikda o‘qish va ishlash malakasini ta’limning hamma pog`onalarida talabalarga o‘rgatib borish sifat ko‘rsatkichlarning ko‘tarilishiga olib keladi. Guruhiy ishlash usulidan foydalanish uchun guruhdagi talabalar kichik (2-5 kishilik)guruhlarga bo`linadi. Keyinchalik bu guruhlarga bir xil yoki har xil mazmundagi mavzularni o‘zlashtirishni topshirish mumkin. Bir xil mazmunda ish olib borilgan guruhlarning bilimi sinovlar orqali solishtiriladi. Har xil mavzuda olib boriladigan guruhiy ish usulida yagona maqsad, bir necha kismlarga bo‘linib o`rganish uchun guruhlarga topshiriladi. Guruhlarga topshirilgan ishlar birlashtirilib jami mavzular sinfdagi talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishiladi. Guruhiy ishning afzalliklari.Guruhiy ishlash usuli talabani guruhda ishlash, tanqidiy va mustaqil fikrlash. Muloqot va hamqorlik qilish qobilyatini, savol berish madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Guruhiy ish usuli orkali yuqori darajadagi fikrlashga, materialni puxta o‘zlashtirishga, guruh a’zolari orkasida ijobiy va do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga hamda ular orasida ruhiy muvofiklikka erishish mumkin. O‘quvchilar bir-birini o‘qitadi. Dars vaqtidan unumli foydalanish va o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati hosil bo‘ladi. Guruhlarni tuzish haqida.Guruhiy ishni tashkil qilish uchun maqsad va mazmun puxtalik bilan o‘ylab chiqilgan bo`lishi, guruhlar uchun ilmiy asoslangan tarkatma materiallar, texnik jihozlar va kerakli sharoitlar muhayyo bo‘lishi lozim. Talabalar 3- 5 kishilik guruhlarga bo`linadi. Guruhlarni tuzishda talabalar orasidagi munosabatlari, harakterlari, jinsi, ulrning bilim darajasi va faolligi xisobga olinishi, o‘qituvchi har bir talaba haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bir guruhda
12
hamma bilim darajasi yuqori bo‘lgan talabalar, boshqasida esa bilim darajasi talab

darajada emaslar tushmasligi kerak. Guruhlarda yetakchilar tayinlanishi, tarqatma materiallar va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlanishi zarur. Guruhiy ishda tayyorgarlik ko‘rish vaqtida talabalar istagan savol bilan o‘qituvchiga murojaat qilinishi mumkin. O‘qituvchining vazifasi.O‘qituvchining vazifasi didaktik prinsiplar va xattiharakatlar asosida maqsad va mazmunni aniqlashdan, guruhlarni to‘g‘ri tuzishdan, tug‘ilgan savollarga javob berishdan, maqsadni aniq etkazishdan, o‘rganiladigan mavzuning mazmun mohiyatini tushuntirishdan, tarqatma materiallar, texnikvositalar, adabiyotlar ro‘yxatini, og‘zaki va yozma savollarni, testlarni tayyorlashdan, guruh faoliyatini va har bir o‘quvchining bilimini to‘g‘ri baholashdan iborat. Kichik guruhlarda ishlash o‘quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o‘rganishga imkoni tug‘ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o‘rgatadi. Kichik guruhlarda ishlashning yana bir samarali metodi- bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. O‘quvchilarning zaruriy axborotlarni izlab topishlari uchun, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari uchun, nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanish yaxshi samara beradi. Shunday usullardan eng samaralisi 6x6x6 metodi bo`lib, u haqida quyida batafsil to`xtalib o`tamiz:

«6x6x6» metodi



Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo`ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) echimi siafatida 13
takdim etilgan xulosani bayon etib beradilar vamazkur echimlarni birgalikda

muhokama qiladilar. «6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:

1) guruhlarning har bir a’zosini faol bo`lishga undaydi;

2) ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
3) guruhning boshka a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qildi;

4) ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.



Eng muhimi mashg‘ulot ishtirokchilarinng har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5,6,7 va xatto 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda qo‘llash mumkin. Birok yirik guruhlar urtasida «6x6x6» metodiqo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. CHunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham bir muncha vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6x6x6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish O‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofik shakllantira olish layoqatiga ega bo`lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi topshrik yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. «6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofida 6 tadan stul kuyib chikadi.

2. O‘quvchilar O‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo`linadilar. O‘quvchilarni guruhlarga bo`lishda O‘qituvchi kuyidgicha yul to‘tishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob’ekt (masalan, kema, to`lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati
chizilgan lavxani qo`yib chiqadi. Mashg‘ulot ishtirokchilariga kema, to`lqin, baliq, 14
delfin, kit, akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varakchalardan birini olish taklif

etiladi. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi.

3. O‘quvchilar joylashib olganlaridan sung o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon

qiladi, hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.

4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh

a’zolariga maslaxatlar beradi, yo`l-yo`riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan



berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.

5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vaqil bo`lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar o‘z urinlarini almashtirib olganlaridan so`ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan kabo`l qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

15


Download 155.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling