О’zbekiston r


Download 155.98 Kb.
bet2/8
Sana01.05.2023
Hajmi155.98 Kb.
#1418637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarix o\'qitish metodikasi

Kurs ishining maqsad va vazifalari: kurs ishimning yozishimdan maqsad shundan iboratki,mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida “ tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib, Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani o`qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko`ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo`llashyaxshi samara berayotganligi o`tkazilayotgan tajribalardan ham ko`rinib turibdi. Endi biz bo`lajak pedagoglar oldida ustozlarimizdan olgan saboqlarimizni kelajak ish faoliyatimizda keng qo`llashimiz va o`z o`rnida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishimiz hamda tarix darslari samaradorligini yanada oshirishga o`z hissamizni qo`shishdek vazifalar turibdi. Mazkur kurs ishimni ushbu vazifalarni ado etish uchun tashlagan birinchi qadamim deb hisoblayman.

4
Kurs ishining amaliy ahamiyati:Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki,



mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o`quvchi va talabalarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o`qitish yetarli bo`lmay qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga aylandi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “ Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning o`zi ham yo`l qo`ymaydi”. Bu ish orqali topgan materiallar esa tarix fakulteti talabalariga O`zbekiston tarixi, Jahon tarixi va boshqa tarix fanlaridan ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida, talabalarning kurs ishi va mustaqil ishlarini tayyorlashlarida, to’garak ishlarini olib borishda manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Kurs ishining o`rganilganlik darajasi: ushbu mavzu nafaqat kecha yoki bugun paydo bo`lgan, balki u qadimgi davrladanoq shakllanib kelgan. Xususan, Xitoy faylasufi ta’kidlaganidek: “ aytsang – unutaman, ko`rsatsang – eslab qolaman, o`zim bajarsam – angalab yetaman!”. Yana bu haqda buyuk pedagog Ya. A. Komenskiy ham o`z fikr - mulohazalarini bildirgan. Tarixchi metodist olimlardan esa Ya. G`afforov, M.G. G`afforova, R. Ishmuhammedovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishib, kitoblar chiqarishgan. Bundan tashqari yana bu mavzu ayniqsa Yevropalik olimlar tomonidan keng o`rganilgan.Pedagog va psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy A.F.Osborn, E.A.Aleksandrov, G.Ya.Bush, D.Kolb va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.

5


Download 155.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling