Savodxonligi fanidan beriladigan mashqlar turlari


Download 445.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi445.97 Kb.
#1326153
  1   2
Bog'liq
161 163 1 3 Sinf O‘Quvchilariga Ona Tili Va O‘Qish Savodxonligi



Journal of Innovation, Creativity and Art 
Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 
161 
 
1-3-SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILI VA O‘QISH 
SAVODXONLIGI FANIDAN BERILADIGAN 
MASHQLAR TURLARI
 
 
 
Annotation: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darsliklari tahlili, ona 
tili va o‘qish savodxonligi darsliklaridagi mashqlar turlari, o‘quvchilarning 
mantiqiy fikrlashini o‘stirish haqida fikr yuritilgan.
 
Kalit so‘zlar: 
ona tili va o‘qish savodxonligi, o‘quvchi, ona tili, o‘qish, sinf, darslik, 
mashq, yo‘l, savod o‘rgatish davri, didaktik o‘yinlar, matnni o‘qish, yozish 
va tahlil qilish.
 
Information about 
the authors 
 
Zokirov Javohir G‘aybullo o‘g‘li 
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi 
 
 
So„ngi yillarda har bir soha singari ta‟lim sohasida ham juda ko„p islohotlar amalga oshirilmoqda, 
so„ngi yillarda xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo„ydi. Bu esa, o„z navbatida, ta‟lim tizimiga, 
jumladan, maktabgacha ta‟lim, boshlang„ich ta`limga bo„lgan e‟tibor ortib bormoqda. Boshlang„ich 
sinflarda ona tili o„qitishning maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta‟lim 
to„g„risida”gi hamda Xalq ta‟limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to„g„risidagi qarori va 
talablaridan kelib chiqib, boshlang„ich sinflar uchun mo„ljallangan yangi ona tili va o„qish 
savodxonligi darsliklari nashr qilinmoqda[1]. Yangi milliy o„quv dasturi asosida boshlang„ich sinflar 
uchun qulay, zamonaviy darsliklar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol tariqasida 1-2-3-sinflar uchun 
Ona tili va o„qish savodxonligi darsliklari yaratildi. O„quvchilarga qulaylik yaratish uchun ona tili va 
o„qish darsliklari birlashtirildi. Buning natijasida birinchi soat nazariy olgan bilimlarini ikkinchi soatda 
amaliy ishlash orqali yana ham bilimlarini mustahkamlab oladilar[2]. Zamonaviy darsliklar oldiga bir 
qator talablar qo„yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda bеrilgan o„quv topshiriqlari 
o„quvchini faol ishlashga, shuningdеk, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o„rgatadigan shaklda 
tuzilmoqda. Hozirda amaldagi boshlang„ich sinf ona tili va o„qish savodxonligi darsliklari zamon 
talablariga moslab ishlab chiqilmoqda. Ushbu darsliklarni tahlil qiladigan bo„lsak, boshlang„ich sinf 
ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G„ulomov va H.Nе‟matovlar tomonidan ishlab chiqilgan 
tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko„ra darslikdagi mashqlar o„quvchilarni izlanishga o„rgatish 
jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar. 
2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar. 
3. Ijodiy mashqlar[3]. 
Zamonaviy darsliklarda o„quvchini mustaqil ishlash, dunyoqarashini boyitishga, fikrlashga undovchi 
ijodiy haraktеrdagi mashqlar miqdori oshirilmoqda. Bunday mashqlar orqali o„quvchilarda Xalqaro 
baholash tizimi PISA testlarini yechishga qiynalmaydilar. Shuni yodimizda tutishimiz kеrakki
topshiriqlarda barcha o„quvchilar oldiga qo„yilgan talab bir xil, ammo o„quvchilarning bilim darajasi 
bir xil emas. Holbuki, topshiriqlarni hamma bir vaqtda, bir xilda to„g„ri bajara olmaydi. Tez 
o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun mashqdan kelib chiqib qo„shimcha topshiriq berish mumkin bo„ladi. 
Past o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun esa mashq shartini soddalashtirish, yengillashtirish yo„li bilan 
o„quvchilarni qiziqtirish mumkin[4]. 


Journal of Innovation, Creativity and Art 
Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 
162 
O„quvchilarning dunyoqarashini, fikrlashini rivojlantirishda ular nutqini kundalik hayotda ko„p 
qo„llanadigan narsalar va shaxslar nomilari bilan boyitish ham muhim rol o„ynaydi. Birinchi sinfning 
savod o„rgatish davridan narsa va shaxsni bildirgan so„zlar haqida tushuncha bеrishda o„quvchilar 
faolligiga asoslanish lozim. Bunday mashqlarni bajarishda interfaol metodlar, didaktik o„yinlar yaxshi 
natija beradi. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so„zlarni o„zlashtirishga savod o„rgatish 
jarayonida amaliy o„rganadilar. Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishadi. Bundan tashqari 
o„qituvchining “Bu nima?”, ”Bu kim?”, “Kim ishdan qaytdi?”, “Kim ertalab maktabga yo„l oldi?” kabi 
savollaridagi «kim», «nima» so„roq so„zlari o„rniga shaxs, narsa nomlarini qo„yib javob bеrishadi[5]. 
Shuning uchun ham savod o„rgatish jarayoni shaxs va narsalarning nomini bildirgan so„zlar ustida 
ishlashning birinchi bosqichi sanaladi. Bundan tashqari faoliyatim jarayonida Savod o„rgatish 
jarayonida o„quvchilarimga yangi har o„rgatiladigan kuni shu harfga oid to„rt qatorlik she‟rlarini 
yodlatib bordim, savod o„rgatish davri tugagunga qadar har bir o„quvchi 30 ta harf she‟rini ham yod 
olishdi. O„quvchilarda xotira juda yaxshi rivojlangan she‟rni 4-5 marotaba jo„rlikda takrorlash orqali 
yodlab olishadi. Sher yodlash orqali harfni ham eslab qolish osonlashdi[6]. Har kunlik odatga 
aylantirib borilsa shunday mashqlar o„quvchilarning xotirasi rivojlanishiga ham yaxshi natija beriladi. 
Bulardan amaliy mashg„ulotlar paytida, bo„lim yuzasidan takrorlash darslarida foydalanilsa 
o„quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi degan umiddaman. Qishloq, shahar, vatan, ona, daraxt 
nomlarini aralash kеltirilgan so„zlar guruhi ichidan ajratib aytish yoki yozishga yo„naltirilgan mantiqiy 
mashqlar ham yaxshi natija bеrishi mumkin. Masalan, “boychechak”, “baliq”, “anor”, “hikoya”, 
“behi”, “terak”, “lola” va hokazo. “U kim? Bu nima?” didaktik o„yin o„tqazish orqali ham yaxshi 
natijaga erishish mumkin. 
Taqdimotda bir nechta narsalar rasmi qo„yiladi. Ustoz o„quvchilarga shu narsalar haqida fikrlarni 
bildiradi. O„quvchilar bu narsalar nomini topishlari kerak bo„ladi. 
Ma‟lumki, har bir tushunchalar muammoli izlanish mеtodi asosida shakllantirilsa, o„quvchi xotirasida 
yaxshi saqlanadi. O„qituvchi har bir mavzuni tushuntirishda o„quvchilar matnni o„qish, yozish va tahlil 
qilish orqali o„z fikrlarini aytishi kеrak. Ularning fikrlari darslikdagi nazariy tushunchalar yoki 
o„qituvchining izohi yordamida tasdiqlanadi[7].
Masalan, ona tili va o„qish savodxonligi darsligida berilgan mashqni ko„rib chiqaylik, bu topshiriq 
orqali o„quvchilar uy hayvonlarining nomlarini va ularning bolalarining nomini ham bilishlari kerak 
bo„ladi. O„quvchilar bunday mashqlar orali fikrlash qobiliyatlari ham o„sadi. 
Itning bolasi
Uloq 
Tuyaning bolasi
Kuchuk 
Echkining bolasi
Qo„zichoq 
Otning bolasi
Buzoq 
Qo„yning bolasi
Qulun 
Sigirning bolasi
Bo„taloq 
O„quvchilar hayvonlarni bolasi bilan chiziq orqali birlashtirib chiqadilar. Boshlang„ich sinflarda 
tilning fonеtikasi ham, lеksika, morfologiya va sintaksis ham gap, matn asosida o„zlashtiriladi. 
So„zning ifodalaydigan ma‟nosi ham gap tarkibida oydinlashadi. So„z turkumlarining tildagi roli va 
vazifasi ham gap tarkibida namoyon bo„ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang„ich sinflarda har bir til 
hodisasi gap va matn tarkibida o„rganilishi maqsadga muvofiq. 2-sinfda o„quvchilar shaxs va 
narsaning nomini, belgisini, sanog„ini, harakatini bildirgan so„zlar va ularga qanday so„roq berilishi 
haqida tasavvurga ega bo„ladilar. Gaplarda so„zlarning sintaktik munosabati gap bo„laklarini bеlgilab 
bеradi. Gap bo„laklari gapni shakllantiradi. Gap bo„laklaridan bosh bo„laklar 2-sinfda amaliy 
o„rgatiladi. 3-sinfda amaliydan nazariy tushuncha sifatida o„rganishga o„tiladi. bilib oladilar. Gap 


Journal of Innovation, Creativity and Art 
Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 
163 
bo„laklarini o„rgatish jarayonida hozirgi zamonga mos holda, xalqaro baholash dasturlari talablari 
doirasida ish olib borish lozim[8]. 
Maktab oʻquvchilarini hayotga tayyorlash, ularni munosib insonlar qilib tarbiyalash, kelajakda 
mamlakatimizning muhim muammolarini yecha oladigan shaxsni voyaga yetkazishda vatanimizning 
tarixida yashab ijod qilgan allomalarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida berilgan materiallarni 
oʻrganish oʻqituvchilarga katta imkoniyat yaratadi. Zero shoirlarning butun hayoti va ijodi xalqimiz 
taqdiri, oʻy-fikrlari bilan chambarchas bogʻliq holda yaratilmoqda. 
Buyuk allomalar yashagan davr bilan biz yashab turgan bugungi kun orasida bir necha asrlardan oshiq 
vaqt yotibdi shu davrda shoirlar yashab ijod etgan davrdagi xalqimizning tilida katta oʻzgarishlar 
boʻldi. Bu holat uning leksikasi, fonetikasida va grammatik qurilishida ham yuz berdi. Shu tufayli 
ajdodlarimizning hayoti va ijodiga oid materiallarni oʻrganishda lugʻat ustida ishlash, bazi bir 
tushuntirishlar olib borish zarur. Shu tufayli asarlarini matni ustida ishlashda uning xalqparvarlik 
gʻoyalarini alohida ta‟kidlab, oʻquvchilarning ulugʻ allomalarimizga hurmat-e‟tiborini oshirish kerak. 
Ona tili va o„qish savodxonligi darslarida o„quvchilarni fikrlashga undovchi mavzularni oʻrgatishda 
turli xil metodlarni qoʻllagan holda oʻquvchilarga sifatli ta‟lim-tarbiya berib borsak, albatta 
yoshlarimiz kelajakda buyuk ajdodlari Beruniylar, Xorazmiy, Ibn Sino, Termiziylar, Ulugʻbeklar kabi 
yetishib chiqishadi[9]. 
Mazkur bobda boshlangʻich sinf oʻqish darslarida tarixiy mavzularni oʻrgatishda interfaol metodlardan 
foydalanishning dolzarbligi, nazariy asoslari, ta‟lim jarayonida integratsion jarayonning mazmuni 
mavjud materiallar asosida aniqlandi. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida tarixiy mavzularni 
oʻrgatishda interfaol metodlardan foydalanish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganliklari uchun mazkur 
jarayonni dars davomida qoʻllash va shakllantirish tamoyillarini aniqlash zaruriyati vujudga keldi. 

Download 445.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling