20
«U-PAY» tizimining asosiy ustunligi:
U-PAY elektron to’lov hizmati plastik kartochkangizdagi pul mablag’laridan
foydalanishda maksimal qulaylik yaratadi. Biz mobil telefonimizni o’zimizning
moliyaviy yordamchimiz
sifatida emas, balki aloqa vositasi, fotokamera, MP3-
pleyer sifatida ko’rishga o’rganib qolganmiz. Endilikda ushbu mobil dasturi yoki
SMS-xabar yordamida qisqa muddatda to’lovlarni amalga
oshirish imkoni paydo
bo’ldi. U-PAY sutkasiga 24 soat, haftada 7 kun ishlaydi!
“U-PAY” orqali quyidagilarga to’lov qilish mumkin:
Mobil aloqa;
Internet;
Kommunal hizmatlar;
Shahar va xalqaro telefon aloqasi hizmati;
Mol-mulk va yer solig’i;
Davlat bojlari;
Savdo-sanoat palatasi hizmatlari;
Internet-do’konlardan xaridlar va boshqalar.
“U-PAY” elektron to’lov tizimi hizmatidan foydalanish niyatida bo’lgan UZCARD
(onlayn) kartochkasi egalari o’zlariga yaqin yerda
joylashgan istalgan bank,
terminal yoki info-kassadan “SMS-informer” hizmatini yoqtirib olishlari kerak
bo’ladi.
“CLICK” elektron to’lov hizmati
"CLICK" – bu mobil internet-banking tizimi hisoblanib, u orqali mobil aloqa
hizmatlari, internet-provayderlar, kommunal hizmatlar uchun to’lovlarni,
shuningdek internet-do’konlaridan xaridlarni bevosita shaxsiy bank hisobidan yoki
plastik kartochkasidan ustama haqisiz amalga oshirish imkonini beradi.
“CLICK” – asosiy qulayliklar va ustunliklar:
Masofadan turib ustama haqisiz, tun-u kun (24/7 rejimida) to’lovni amalga
oshirish imkoniyati;