O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Ispan adabiyoti
Ispaniya Uyg‘onishi (shuningdek, 1580–1640-yy. ispan qirollari 
qo‘l ostida bo‘lgan Portugaliya) o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib 
turadi. XV asrning ikkinchi yarmida bu yerda kapitalistik munosa-
batlar shakllana boshladi, sanoat va tashqi savdo aloqalari o‘sdi, feo-
dal munosabatlar inqirozga yuz tutdi.
Ispan ma’rifatparvarligi va gumanizmining o‘ziga xos tomonlari 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
– rekonkista harakatining Ispaniyani turli viloyatlarida turli davr-
larda bo‘lishi oqibatida mustaqillikka erishgan ispan viloyatlarida 
qonunlar, urf-odatlar turlicha bo‘lishiga olib keldi. Qaytarib olingan 
yerlarda va bu yerda barpo bo‘lgan shaharlarda dehqonlar va shaha-
rlar bir-biridan farq qiluvchi huquq va erkinlikka ega bo‘ldilar. Nati-
jada turli viloyatlar bilan qirollik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi. 
– XVI asrda Ispan sanoati keskin qisqardi. Buning asosiy sababi 
Amerikaning ochilishi va mamlakatga oltinning ko‘plab keltirilishi 
bo‘ldi. Ispanlar uchun o‘zida ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tovar 
olib kelish qulay edi. Dehqonchilikka ham putur yetib, yer katta feo-
dallarning qo‘liga o‘ta boshladi. Ko‘plab dehqonlar baxt izlab yangi 
yerlarga keta boshladilar.
Ispan absolyutizmi (ayniqsa, qirol Karl I davrida) dunyo hokimli-
giga intilar ekan, bunda uni harbiy kuch va katolik cherkovi qo‘llab-
quvvatlar edi. Lekin Ispaniya XVII asrning ikkichi yarmida Ovrupa 
ning ikkinchi darajali davlatiga aylanib qoldi. Ispaniya Uyg‘onishi 
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
– Ilk Uyg‘onish davri (1475–1550-y.);
– Rivojlangan Uyg‘onish davri (1550-XVII asrning boshlari).
Ispan Renessans she’riyatida lirika va epik doston turlari rivoj-


117
landi. XVI asrning 30-yillarida shoirlar Boskan va Gosilaso dela-Ve-
lar italyan poetik formalarini (kansona, elegiya, eklog, noma, sonet) 
ispan adabiyotiga olib kirdilar.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling