O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Bualo (1636–1711). Klassitsizmning yirik nazariyachisi shoir 
Nikolya Bualo Parijda tug‘ilgan. 1673-yilda Lyudovik XIV Bualoni 
saroy tarixchisi qilib tayinlaydi. 1684-yilda u fransuz akademiyasiga 
a’zo bo‘lib saylanadi. 
Bualoning muhim asari «Poeziya san’ati» nomli didak tik poema-
sidir, shoir bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoidalarini aso-
slab berdi. Bualo Dekartning falsafiy metodini badiiy adabiyotga tat-
biq qildi. Klassitsistlar estetikasi uchun xarakterli narsa aql-idrokka 
tayanishdir. Bualoning fikricha, aql-idrok san’atning oliy maqsadi 
bo‘lgan go‘zallikni yaratadi. Aql-idrok vositasi bilan Bua lo antik 
jamiyatda yaratilgan, go‘yo hamma davr uchun bir xil qimmatga ega 


131
bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan va endi faqat yuqori gu-
ruhlarga ma’lum bo‘lgan oliy badiiy didni tushunadi. Uning shahar 
va saroyni o‘rganingiz, degan shiori shundan kelib chiqadi. Bualo sa-
roy doirasidagi kishilar talabiga javob beradigan asar yozishga chaqi-
radi. U mutlaq hokimiyat g‘oyalarining kuychisi edi. Shuning uchun 
ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va 
uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni yoqlamaydi.
Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel 
(1606–1684) Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit 
maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishla-
di.Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z sevgan qizi 
bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelni yoqtirib qoladi. Ana shu voqean-
ing kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, 
«Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva», »Qirollik», 
«Maydon» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Ko-
rnelga uning tragediyalari shuhrat keltiradi. 1635-yilda «Medeya» 
tragediyasi antik yozuvchilar Evripid va Senekaning Mediya haqida-
gi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix 
yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini 
fosh etadi. 
Kornel 1636-yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediya-
sini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib 
chiqadi. 1639–1641-yilda u «Goratsiy», «Sinna» asarlarini yoz-
di. 1652-yilda ijodiy omadsizlikka uchragandan so‘ng «Pertarit» 
tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, Kornel 7 yil ijod qilmadi. 
1659-yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662-yilda Parijga ko‘chib 
kelib yozishni davom etadi, ammo uning shuhrati so‘na boshlayo-
tgan edi. Bu davrda yangi iste’dod – Rasin shon-shuhratga ega 
bo‘layotgan edi. Kornel 1674-yilda umuman yozishni bas qiladi va 
10 yildan so‘ng 1684-yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil 
bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. 
Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga 
moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiy-
inchilikda hayot kechiradi.


132
Kornel tragediyalarning asosiy personajlari qirollar yoki buyuk 
qahramonlardir. Uning fikricha, hokimiyatga ega bo‘lgan buyuk, 
kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham 
mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassam-
lashtira oladi. Kornel nuqtayi nazari bo‘yicha, asosiy dramatik kon-
flikt aql va tuyg‘u, iroda va xohish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib, 
bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy 
tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutlaq hokimiyati manfaatlari-
ga xizmat qiladi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling