O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

a) Kornel ijodi:
b) Molyer ijodi.
Tayanch iboralar: Mutloq hokimiyat, klassitsizm, Uch birlik qo-
nuni; Barokko; Pyer Kornel; «Sid» tragediyasi; Molyer – komedi-
yanavis; «Tartyuf».
XVII asr Ovrupa tarixidagi murakkab, ziddiyatli va shu bilan 
birga muhim davr hisoblanadi. Bu davr “o‘tish davri” deb ham ata-
ladi. Feodalizmdan kapitalizmga o‘tish amalga oshirilganligi bois 
yangi burjuaziya munosabatlari shakllandi. Bular o‘z davri uchun 
progressiv ahamiyatga ega edi. Lekin burjuaziya munosabatlari 
ekspluatatsiyaning yangi shakllarini olib keldi. 
Gollandiya va Angliya Ovrupa davlatlari orasida iqtisodiy rivo-
jlanish borasida oldinga chiqib oldi. Bu davlatlarda kapitalizm tez 
sur’atlar bilan rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ispaniya va Portugali-
yaning avvalgi iqtisodiy qudratiga putur yetdi.
Davlatlardagi progressiv tarixiy rivojlanish hech qanday 
to‘siqlarsiz amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi. Feodal-katolik tartibi 
G‘arbiy Ovrupa xalqlari hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu davrda 
cherkov tomonidan ko‘rsatiladigan qarshilik kontrreformatsiya deb 
ataladi. 
XVII asrda Ovrupa ilm-fani katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. 
Odamlar ongiga katta ta’sir ko‘rsatgan fan yutuqlaridan – Galiley, 
Kampanella va Kaplerlar tomonidan Olam tuzilishining galeotsen-
trik tizimini ishlab chiqarilishini ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda falsafa fanida yanada oldinga siljish ko‘zga tashlana-


126
di. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr 
qilyapman, demak mavjudman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu 
davrga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga cherkovning ta’siri hali kuchli edi. 
Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni 
bo‘ldilar. 1619-yil faylasuf Vaninini o‘tda yondirdilar. 1662-yili 
fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33 
yilini qamoqda o‘tkazdi. 
Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi bu davr 
adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. XVII asrda 
Ovrupa da renessans realizmi, barokko klassitsizm va shu singari 
uch asosiy adabiy yo‘nalish baravariga rivojlandi.
Bu davrda Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlar yangi, yuk-
sak darajada davom ettirildi (Lope de Vega ijodi).
Barokko o‘rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, 
absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi 
ta’sirini aks ettirgan adabiy yo‘nalishidir. Borokkochilar realist-
lardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi mumkin 
emas, deb hisoblaydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda ya-
shaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz kuchlari oldida inson zaif 
va ayanchli jonzot, deb qaraladi.
Barokkochilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini 
hayratga solish maqsadida g‘aroyib metafora, taqqoslashlarga keng 
o‘rin berilgan. Uning yorqin ifodachisi dramaturg Kalderondir. 
Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mu-
taxassislar klassitsizmning paydo bo‘lishini 1515-yil – italyan yozu-
vchisi Trissinoning “Sofonisba” tragediyasi yaratilishidan boshlab 
belgilashadi. Trissino bu asarni antik tragediya namunalariga tayan-
gan holda, syujet voqealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlari-
dan olib, Arastu “Poetika” sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan hol-
da yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon deb bilish, 
undagi obrazlar va poetik shakllardan foydalanib va antik davrda 
ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda ijod qilish talabi klas-


127
sitsizmning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.
21

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling