O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

XVII asr fransuz adabiyoti
 XVII asr fransuz adabiyotining rivoji va o‘ziga xos xususiyat-
lari ana shu tarixiy davr sharoitlari bilan bog‘liq.XVII asrda Fransiya 
Ovrupa dagi eng qudratli mamlakat edi. 
XVII asr fransuz adabiyoti va san’atida klassitsizm uslubi o‘z 
taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Klassitsizm feo-
dal tarqoqligi o‘rniga kelgan mustahkamlanib boruvchi va qattiq qo-
nun asosida ish tutayotgan absolyut hokimiyatning rasmiy adabiy sti-
li edi. Absolyutizm tartiblarini o‘rnatuvchilardan Rishele adabiyotda 
ham qat’iy formalarga e’tibor etish talabini qo‘yadi. U yozuvchi-
larning adabiy qoidalarga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish 
22
Quronov D, Mamajonov Z, Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr, 2010. 
-
B.136.


130
vazifasini fransuz akademiyasiga yuklaydi. Bu akademiya tilni ham 
davlatga bo‘ysundirishi va yagona fransuz tili lug‘atini tuzib chiqishi 
kerak edi. 
Fransiyada klassitsizmning rivojlanishiga sabab bo‘lgan ik-
kinchi omil o‘sha davrning yirik mutafakkirlari Dekart bilan Gas-
sendi filosofiyasining ta’siri edi. Dekartning ratsionalizmi shundan 
iborat ediki, u haqiqatni tajribadan, moddiy dunyodan emas, balki 
aql-idrokdan qidirdi. Uningcha, idrok-haqiqatning yagona o‘lchovi. 
Klassitsizm nazariyachilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va 
o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar. 
1715-yilgacha Ovrupa adabiyotidagi uch adabiy yo‘nalishdan 
klassitsizm Fransiyada juda ravnaq topdi. Fransuz klassitsistlari an-
tik adabiyot tajribasini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtira oldilar. 
(Boshqa davlatlarda bunday bo‘lmadi).
Renessans realizmi badiiy nasr, asosan, roman janrida davom 
etdi. Barokko esa aristokratik adabiyotda, shuningdek, Rasin ijo-
dining so‘nggi davrida (« Ataliya») aks etdi. Klassitsizm esa asosiy 
yo‘nalish edi. 
Klassitsizm nazariyotchilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar 
va o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar. Fransuz klassitsistining bi-
rinchi vakili shoir Malerb (1555–1628) dir. U Genrix IV davrida sa-
roy shoiri, Reshelpe davrida Fransiya xazinaboni bo‘lib xizmat qildi. 
O‘z qasidalarida qirol hokimiyati va uning siyosatini madh etdi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling