O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

«Sid» tragediyasi (1636). Kornelning «Sid» ini rus tiliga tarjima 
qilgan Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelimni qut-
layman. «Sid» ni uning eng yaxshi tragediyasi deb hisoblayman» 
(1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan bahodiri Rodrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qa-
hramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» pyesasi-
dan olingan. Ammo Kornel bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, 
mustaqil orginal asar yaratdi.
Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Di-
onning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga 
berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don 
Gomis Rodrigoning otasini haqorat qildi. Keksa Don Diego o‘ch ol-
ishni o‘g‘liga topshiradi. Rodrigo uchun bu juda og‘ir: 1. Sevgilisidan 
ayrilishi. 2. Oila haqorati. Rodrigo qizning otasini duelda o‘ldiradi. 
Ximena qirol huzuriga borib, otasini qotilini jazolashni so‘raydi. 
Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi 
o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Rodrigo davlatga bostirib kel-
gan marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Du-
shman tomon ham uning botirligiga qoyil qolib «Sid», ya’ni janob 
deb ataydi. Ximena qancha talab qilsa ham qirol hanuz qahramonni, 
Rodrigoni jazolashga botinolmaydi. Ximena Radrigoni o‘ldirgan 
odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa, 
qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sancho duelda 
yengiladi. Qirol maslahati bilan Rodrigo bilan Ximena topishadi. 


133
XVII 
asrning birinchi 
yarmida 
Fransiyada feodal 
o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutlaq hokimi-
yatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z 
ijodida feodal tartiblarning yemirilishi muqarrarligi va markazlash-
gan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid” 
tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi 
fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy 
xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifa-
tida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi. 
Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsa-da, unga 
yuzaki holda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi, makon birligi bir 
oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda 
emas, qizning uyida uchrashadi. 
Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bi-
lan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashagan-
da, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling