O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Rasin (1639–1699). 1667-yilda «Andromaxa» tragediyasi sahna-
ga qo‘yiladi. Kornel tragediyalarining qahramonlari o‘z xarakterlari 
– g‘oyalari bilan tomoshabinni asir etgan bo‘lsa, Rasin tragediyada 
insonlar qanday bo‘lsa, shundayligicha (Kornel qanday bo‘lishi haq-
ida) tasvirlaydi. 
Rasin 1658-yilda Parijga keladi. 1664-yilda «Fivaida» tragediyasi 
shuhrat keltirmaydi. 1665-yilda yozilgan «Aleksandr» tragediyasi, 
«Britanik» – hokimiyatni suiste’mol qilish, despotizm asorati haqi-
dagi tragediyalar bo‘lib, ularda Rim tarixi – Neron hukmronligi davri 
tasvirlandi.
1677-yilda «Fedre» tragediyasi yaratildi. Asarning syujeti qadim-
gi yunon mifidan olingan. (Evripidda «Ipolit») 1670-yilda Kornel va 
Rasin bir syujetda ikki asar – «Tit va Berenika», «Berinika» tragedi-
yalarini yaratadilar. Bu musobaqada Rasin pyesasi ustun chiqadi. 
«Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat va ijtimoiy burch 
bir-biriga zid kelmasligi va monarxiya tuzumining gumanizmiga 
zid ekanligini ko‘rsatadi. Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng 


134
yaxshi tragediyasi – «Fedra» muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bundan 
so‘ng yozuvchi dramaturgiyani tashlaydi. 12 yildan so‘ng qizlar pan-
sionini boshlig‘i De Montenoi xonim iltimosi bilan «Esfir» tragedi-
yasini yaratadi. 1661-yil so‘nggi asari – «Ataliya»ni yaratadi.Uning 
so‘nggi asari Lyudovik XIV ni g‘azablantirdi va yozuvchi hayotining 
so‘nggi yillari osoyishta o‘tmadi. 1699-yili vafot etadi. 
«Andromaxa» (1667) ppyesaning syujeti antik mifologiyadan 
olingan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning 
xotini Andromaxadir. Uning yosh o‘g‘li (Astianaks)bilan Gektorni 
o‘ldirgan Axillesning o‘g‘li Pirr qo‘liga asir tushish voqealari tas-
virlanadi. Pirrda Andromaxa muhabbat uyg‘otadi. Shoh Meneay va 
qizi Germiska Pirr Andromaxaga uylanishini eshitib, undan o‘ch 
olishni Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir 
paytda Orest Pirrni o‘ldiradi. Bundan so‘ng Germiono ham o‘zini 
halok etadi.
Rasin qadimgi syujetni olib, unga yangi ma’no kiritdi. Shoh, 
Pirr, Germiono va Orest obrazlari orqali davlat manfaatlarini unit-
gan, egoist hokimiyatni tanqid qildi. Burch va istak (his) orasidagi 
kurash tasvirlanadi. Fedra Tezeyning xotini, Ippolit uning o‘gay 
o‘g‘li bo‘ladi. Fedra Ipolitni sevib qoladi. Evripiddan farqli, Rasin 
asarga enaga obrazini kiritgan. Qahramonlarni ichki kurashini aniq 
ifodalaydi. Tragediyada qahramonlar sodir etadigan kichik xatolar, 
hatto jinoyat haqidagi o‘ylar ham o‘z jazosini oladi.
Kardinal Mazarini yaqinlari Rasin ustidan kulmoqchi bo‘lib, shoir 
Pradonga xuddi ana shu mavzuda pyesa yozishni talab etadi. Pra-
don pyesasi kuni teatr odam bilan to‘ladi. Rasinning «Fedrasi» kuni 
esa bo‘m-bo‘sh bo‘ladi. Rasin bundan qattiq achchiqlanib, bundan 
buyon pyesa yozmaslikka ahd qiladi.
12 yildan so‘ng Montenon xonimining talabiga ko‘ra (Lyudovik 
XIVning xotini ) Pansion qizlari uchun «Esfir» pyesasini yozadi. 
1690-yili Rasinning so‘nggi tragediyasi – «Ataliya» yaratiladi.Rasin 
ijodi davomida antik adabiyot mualliflariga murojaat etadi, ulardan 
o‘rganadi, zavqlanadi. U asarlarida Kornel kabi «yetuk» qahramon-
larni emas, balki (ijtimoiy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham) 


135
o‘rta tabaqa odamlarini, ularning ojiz tomonlarini aks ettiradi. Rasin 
umrini kambag‘alchilikda tugatdi. 
Fransuz milliy teatrining asoschisi, buyuk komediograf Jan Ba-

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling