O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Xalq og‘zaki adabiyoti. Afrikada istiqomat qilayotgan hamma 
xalqlarning xalq og‘zaki adabiyoti mavjud. Janrlari har xil: ertak, 
mif, qo‘shiq, topishmoq, masal (va h.k. ) lar ham nasrda, ham nazm-
da ifoda qilinadi. JAR, Gambi, Zimbaba, Beninda janrlar boy, Nubiy, 
Jibut va Janubiy Sudanda o‘ziga xoslik nihoyatda kuchli. Folklor 
asarlarini professional darajada mahorat bilan kuylovchi oqinlar bor. 
Afrika xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri – bu hayvonlar haqida-
gi ertaklar bo‘lib, aksariyat hollarda quyon, toshbaqa va o‘rgimchak 
ayyor qahramon rolini bajaradi. Bu ertaklarning asosiy xususiyati 
shundan iboratki, ularda axloqiylashtirish yo‘q. Ammo yaqin asr-
larga qadar Afrika og‘zaki adabiyoti namunalari yozib olinmagan. 
Ilk yozib olish XVII-XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Afrika 
koloniyaga aylantirilayotgan edi, yozib olish ham kolonizatorlar to-
monidan amalga oshirilgan. Og‘zaki adabiyotning yirik namunalari 
qatoriga eposlar kiradi. Maliga oid “Silamaka va Pullori Fulba”, 
“Sundyata Mandingo”, Markaziy Afrikaga oid “Mvindo Nyanga 
haqida rivoyat”, Sudanga oid epik poetik bitiklar bor.
Yozma adabiyot. Yozma adabiyot ilk bor Afrikaning shimolida 
paydo bo‘ldi. Qadimiy yozma adabiy yodgorliklar Misrga tegishli 
bo‘lib, m.a. 3000-yillikka borib taqaladi. Bundan tashqari, adabiy 
matnlar yunon, lotin va finik tillarida yaratilgan. Keyingi yozma ad-
abiyotda arab adabiyoti ta’siri kuchli bo‘lganini qayd etish kerak. 
Ko‘plab Afrika mamlakatlarida yozma adabiyot XX asrda, ular o‘z 
mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng paydo bo‘ldi, deyish mumkin. 
Misr adabiyotidan tashqari yozma adabiyot Efiopiyada IV-VII asr-
lar oralig‘ida paydo bo‘lgan Aksum podshohligi davrida yaratilgan. 
Yana Mali va Madagaskarda ham qadimiy adabiy matnlar bor. Sudan 


293
“Sennar xronikasi” va “Tabakat” deb nomlangan qadimiy lug‘atlarga 
ega. XII asrda asos solingan Tombuktudagi universitet adabiyotning 
yirik markazi bo‘lgan. Shimoliy Afrikada, xususan, Mali, Chad, Su-
danda adabiyot arab-islom madaniyatining bir qismi sifatida rivo-
jlangan. Tanzani va Madagaskarda arab yozuvi qo‘llanilgan.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling