O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Okeaniya mamlakatlari adabiyoti 
Katta-kichik minglab orollardan tarkib topgan Okeaniya mam-
lakatlari hisoblanmish Malayziya, Indoneziya va Singapurning 
o‘ziga xos tarixi, adabiyoti mavjud. Bu davlatlarning chor tomo-
ni ochiq dengizlar bilan qurshalgan bo‘lib, hozirgi kunda jahon 
e’tiborini o‘ziga tortadigan darajada (asosan, Ikkinchi jahon uru-
shidan keyin) taraqqiy topib bormoqda. Ammo o‘tmishda bu mam-
lakatlar ko‘plab urushlarni, to‘qnashuvlarni, xunrezliklarni boshidan 
kechirganki, bularning hammasi ularning tarixi va adabiyotida u 
yoki bu darajada aks etgan. Geografik joylashuviga ko‘ra, Hindiston 
va Xitoyga yaqin bo‘lganliklari uchun ham adabiyotda hind va xitoy 
xalqlarining dunyoqarashi va adabiyoti ta’sirini ko‘rish mumkin.
Malayziya adabiyoti. Yozuv kirib kelishdan oldin Malayziyada 
hind dostonlari ta’siridagi xalq og‘zaki ijodi rivoj topgan edi. XV 
– XVI asrlarda Okeaniya orollariga islom dinining kelishi bilan 
esa, bu yerlarda ham arab alifbosi asosidagi yozuv paydo bo‘ldi va 
51
Мир без границ. – Ташкент: Звезда Востока, 2013.


290
vaziyat o‘zgardi. Taxt tepasiga kelgan har bir sulton xalq og‘zaki 
ijodiga yo‘g‘rilgan o‘z adabiy an’anasini yaratishga urindi. “Sul-
tonlar sulolasi” (“Sulalatus salatin”), “Rajit Pasay tarixi” (“Hikaya 
Rajit Pasay”) XV asrda yozilgan deb qaraladi. “Hang Tuah tarixi” 
(“Hikaya Hang Tuah”) deb nomlangan davrining mash‘hur asarida 
sultonga sadoqatli jangchi Hang Tuah hayoti va jasoratlari hikoya 
qilinadi. Qahramonliklari tufayli Hang Tuah ismini hozirgacha un-
utishmagan. Hatto zamonaviy yozuvchilar bu ismni o‘z asarlarida 
yodga olib turishadi.
Qator qissalar, jumladan, “Abdulloh qissasi” asari (1849) muallifi 
Munshiy Abdulloh (1796–1854) malay adabiyotining otasi sanaladi. 
XX asrda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar Malayziya adabiyoti 
janrlarini yangilab yubordi. Nazm, nasr, dramaturgiya, esse kabi 
janrlarda ko‘p asarlar yozgan Usmon Avang zamonaviy malay ad-
abiyotining asoschisi, deb e’tirof etiladi. Anvar Ridvan, Rahimiddin 
Zohiriy, Abdussamad Said, Muhammad Hoji Solih kabi ijodkorlar 
hozirgi malay adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridir.
1971-yildan e’tiboran malay tilida yaratilayotgan adabiyot uch 
guruhga aratilib qaraladigan bo‘ldi: 1. Malayziya milliy adabiyoti. 
2. Mintaqaviy adabiyot (mamlakatdagi boshqa tillardagi adabiyot), 
3. Yasama adabiyot (yot tillardagi adabiyot).
XX asrda xitoy tilidagi adabiyotning mavqei ko‘tarilib, hindiy til-
dagisi birmuncha tushdi. Ingliz tili esa, Malayziyada umumiy adabiy 
til bo‘lib qoldi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling