O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Ritsar-kurtuaz adabiyoti
X-XII asrlar davomida Fransiya, shuningdek, G‘arbiy Ovrupa 
ning ko‘p mamlakatlarida feodallashish jarayoni tugallangan, feodal 
ishlab chiqarish usuli qaror topgan edi. Davlat tepasida qirol turar va 
u boshqa feodallar uchun sin’yor – syuzeri hisoblanar edi.
Qirolning vassallari – katta yer egalari graf, gersog, yepiskop va 
boshqalar o‘z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar. Ular 
ko‘pincha qirolga ham itoat qilmas edilar. Kichikroq baronlar yirik 
graf va garsoglarni sin’or deb ataganlar. Baronlarga kichikroq feodal 
va ritsarlar bo‘ysunganlar. 
Ritsar o‘z xo‘jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini 
himoya qiluvchi jangchi edi. 
O‘rta asrlar sharoitida ritsarlik harbiy-feodal zodagonlarn-
ing o‘ziga xos muhim xususiyatlarini belgilardi. Asta-sekin unga 
yangi rasm-rusmlar ham paydo bo‘la boshlaydi. Endi ritsardan o‘z 
sin’origa sodiq, rostgo‘y bo‘lish bilan birga, dinni himoya qilish, 
18
Ar’ergard –qo‘shinning chekinishini pana qiluvchi guruh
.


97
zaiflarga yordam berish vazifalari ham talab etila boshladi. Dabdab-
ali ritsar qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda yuzaga kelgan risar 
adabiyoti ma’lum rol o‘ynadi. 
Ritsar adabiyoti o‘rta asrlarda feodalizmning markazi bo‘lgan 
Fransiyada vujudga keladi va G‘arbiy Ovrupa ning boshqa mam-
lakatlarida shakllanayotgan ritsar adabiyoti uchun namuna xizmatini 
o‘taydi. 
Avvallari saxiylik ritsarning jangovar kurashida qo‘shimcha bir 
holat edi. XII asrda esa u ritsar adabiyotida ifodalangan qahramon-
ning asosiy xususiyatiga aylanadi. Ritsar faqat mard bo‘lishi bilan 
kifoyalanmasdan, shu bilan birga kurtuazcha nozik didli, ko‘rkam, 
sezgir va xushmuomala bo‘lishi kerak, degan talab ham qo‘yiladi. 
Shuningdek, insoniy his-tuyg‘ularni qadrlash, ayollarga nozik ilti-
fot, romantik sevgi kechinmalarini madh qilish rasm bo‘lib qoladi. 
X asr boshlarida Janubiy Fransiyaning Provans viloyatida feo-
dal sin’orlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan kur-
tuaz poeziyasi yuzaga keladi. Bu adabiyot saroyga xos “kurtuazcha” 
nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab 
qiladi. Ayollar kulti – ayollarni ulug‘lash Provans shoirlari – truba-
durlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi. 
Trubadurlar lirikasining asosiy janrlari: 1) kansona – sevgi 
qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi, bu janrda-
gi she’rlar nafisligi va bandlarning murakkabligi bilan ajralib turadi; 
2) sirventa – asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalar-
ga bag‘ishlangan munozara yo‘sinidagi qo‘shiqdir. Shoir unda o‘z 
dushmaniga qarshi hujum qiladi; 3) tensona – sevgi, adabiy-falsafiy 
mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy dialogdan iborat; 4) 
alba yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining kuzatuvi ostida tunda 
sevgani bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi 
bilan do‘sti “Tong” qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; 5) 
pastorela – mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettir-
gan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat-dialogdan tashkil topgan 
kichik pyesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi 


98
hamda ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish 
qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila 
boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib, unga o‘z ixtiyorini top-
shiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi, yoki aksincha, qiz ritsarga 
jiddiy zarba berib, uni haydab yuboradi; 6) motam qo‘shig‘i – biron-
ta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini 
bayon etgan she’rdir.
Trubadurlar lirikasi XII-XIII asrlar mobaynida rivoj topdi. Uning 
eng gullagan davri XII asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda 
ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir(tax. 
1140–1195-yy.). Shoir Bertran de Born(tax. 1140–1215-yy.) ijodida 
siyosiy muammolar yoritiladi. 
Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari kurtu-
az-ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi. Ritsarlik romanida 
muhabbat feodal axloqi tamoyillariga bo‘ysunilgan tarzda ko‘tarinki 
ruhda, fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Shuningdek, qahramon-
larning ruhiy kechinmalari tasviriga ham alohida e’tibor beriladi. 
Ritsar xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga 
otlanadi, lekin endi ritsar vatan manfaatini emas, balki o‘z shaxsiy 
manfaatini ko‘zlab qahramonlik safarlariga chiqadi.
Kurtuaz-ritsarlik romani ham Fransiyada vujudga kelib, so‘ngra 
boshqa yerlarga tarqalgan. U mavzusiga qarab 2 turkumga ajratiladi: 
1) antik turkum; 2) breton turkumi. Birinchi turkumga antik man-
balar asos bo‘lib xizmat qilgan (“Aleksandr haqida roman”, “Eney 
haqida roman”, “Troya haqida roman”). Ikkinchi – breton turkumiga 
esa fantastika va ishqiy voqealarga boy bo‘lgan kelt ertaklari asos 
bo‘lib xizmat qilgan (“Artur” yoki “Dumaloq stol” romanlari, “Iven 
yoki yo‘lbars ritsar”, “Tristan va Izolda”).

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling