O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

“Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi X asrga doir bo‘lib, u ingliz 
tiliga asos bo‘lgan anglosakson tilida yozilgan. “Beovulf” dostoni 
o‘rta asrlar ilk davrining bizgacha yetib kelgan eng birinchi namuna-
si hisoblanadi. Doston Britaniya orollariga ko‘chib o‘tgan majusiy 
angl va sakslarning rivoyatlari negizida paydo bo‘ldi. Doston aynan 
mana shu og‘zaki rivoyatlar negizida nasroniylik davrida yozib 
olingan va asarning muallifi ma’lum emas. “Beovulf” dostonining 
qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Doston qadim german rivoyatlari asosida, anglosakslar Britani-
yaga ko‘chib o‘tguncha bo‘lgan davrda yaratilgan. Asar voqealari 
Boltiq dengizi sohillarida bo‘lib o‘tadi. 
Ikki qismdan iborat dostonda geatlar

qabilasi jasur bahodiri Be-
ovulfning Daniyani dahshatli dengiz maxluqi Grendeldan qutqarish-
dagi qahramonliklari hikoya qilinadi. Beovulf o‘zining o‘n to‘rt rit-
sarlari bilan qirol Xrotga yordam berish uchun Daniyadan kelganda, 
Grendel ularni dengiz qa’riga tortib ketib nobud qiladi. Beovulf un-
ing ustidan g‘olib keladi va o‘z vataniga qaytib ketadi. U o‘z yur-
tida ellik yil saltanatni boshqaradi va yerlariga olovpurkar ajdaho 


94
bostirib kirganda, uni jangda yengadi, biroq o‘zi ham maxluqning 
zaharli tishlaridan yaralanib vafot etadi. 
Dostonda ertak motivlari mavjud bo‘lib, unda turli maxluqlar va 
ajdaholar ishtirok etadi, shu bilan birga doston matnida bo‘layotgan 
hodisalarga Xudoning aralashishi va Injildagi ismlar(Avel, Noy) 
uchraydi, Grendel esa Kainning avlodidan deyiladi. Bularning bar-
chasi muallifga nasroniy dinining ta’siri katta bo‘lganidan dalolat 
beradi. 
Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida 
qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari is-
tiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib 
olingan. V asrga kelib german qabilalaridan bo‘lgan franklar gall 
yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning 
ta’sirida assimilyatsiyaga uchraganlar. 
Uzoq vaqt mobaynida hozirgi Fransiya hududi Frank davlati 
tarkibida bo‘lgan. Buyuk Karl (768–814) qirolligi davrida mamlakat 
har tomonlama rivojlanib qudratli davlatga aylangan. Karlning va-
fotidan keyin mazkur davlat parchalanib ketishi natijasida (843-yil) 
Reyn daryosining g‘arbiy hududida Fransiya davlati shakllana bosh-
lagan. Buyuk Karlning nabirasi “taqirbosh” laqabli Karl bu davlat-
ning birinchi qiroli hisoblanadi. 
Aynan IX asrda fransuz tili shakllana boshladi. Agar kato-
lik cherkovining tili lotin tili bo‘lsa, oddiy xalq “roman” tilida 
so‘zlashgan. Bu tilning shakllanishiga gallar va german qabilalar-
ining ta’siri bo‘lgan bo‘lsa-da, uning asosini “vulgar lotin”i tashkil 
etdi. Asrning boshlaridayoq (813-yil) Tur ibodatxonasidagi diniy 
va’zlar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun roman tilida o‘qila bosh-
langan edi. 
Bizgacha o‘rta asrlar adabiyotidan epik dostonlar, kichik hajmda-
gi lirik she’rlar, roman va diniy mavzudagi dramalar, latifaga yaqin 
turuvchi hikoya – fabliolar yetib kelgan.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling