O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti.
“Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi X asrga doir bo‘lib, u ingliz
tiliga asos bo‘lgan anglosakson tilida yozilgan. “Beovulf” dostoni o‘rta asrlar ilk davrining bizgacha yetib kelgan eng birinchi namuna- si hisoblanadi. Doston Britaniya orollariga ko‘chib o‘tgan majusiy angl va sakslarning rivoyatlari negizida paydo bo‘ldi. Doston aynan mana shu og‘zaki rivoyatlar negizida nasroniylik davrida yozib olingan va asarning muallifi ma’lum emas. “Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Doston qadim german rivoyatlari asosida, anglosakslar Britani- yaga ko‘chib o‘tguncha bo‘lgan davrda yaratilgan. Asar voqealari Boltiq dengizi sohillarida bo‘lib o‘tadi. Ikki qismdan iborat dostonda geatlar 1 qabilasi jasur bahodiri Be- ovulfning Daniyani dahshatli dengiz maxluqi Grendeldan qutqarish- dagi qahramonliklari hikoya qilinadi. Beovulf o‘zining o‘n to‘rt rit- sarlari bilan qirol Xrotga yordam berish uchun Daniyadan kelganda, Grendel ularni dengiz qa’riga tortib ketib nobud qiladi. Beovulf un- ing ustidan g‘olib keladi va o‘z vataniga qaytib ketadi. U o‘z yur- tida ellik yil saltanatni boshqaradi va yerlariga olovpurkar ajdaho 94 bostirib kirganda, uni jangda yengadi, biroq o‘zi ham maxluqning zaharli tishlaridan yaralanib vafot etadi. Dostonda ertak motivlari mavjud bo‘lib, unda turli maxluqlar va ajdaholar ishtirok etadi, shu bilan birga doston matnida bo‘layotgan hodisalarga Xudoning aralashishi va Injildagi ismlar(Avel, Noy) uchraydi, Grendel esa Kainning avlodidan deyiladi. Bularning bar- chasi muallifga nasroniy dinining ta’siri katta bo‘lganidan dalolat beradi. Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari is- tiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib olingan. V asrga kelib german qabilalaridan bo‘lgan franklar gall yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning ta’sirida assimilyatsiyaga uchraganlar. Uzoq vaqt mobaynida hozirgi Fransiya hududi Frank davlati tarkibida bo‘lgan. Buyuk Karl (768–814) qirolligi davrida mamlakat har tomonlama rivojlanib qudratli davlatga aylangan. Karlning va- fotidan keyin mazkur davlat parchalanib ketishi natijasida (843-yil) Reyn daryosining g‘arbiy hududida Fransiya davlati shakllana bosh- lagan. Buyuk Karlning nabirasi “taqirbosh” laqabli Karl bu davlat- ning birinchi qiroli hisoblanadi. Aynan IX asrda fransuz tili shakllana boshladi. Agar kato- lik cherkovining tili lotin tili bo‘lsa, oddiy xalq “roman” tilida so‘zlashgan. Bu tilning shakllanishiga gallar va german qabilalar- ining ta’siri bo‘lgan bo‘lsa-da, uning asosini “vulgar lotin”i tashkil etdi. Asrning boshlaridayoq (813-yil) Tur ibodatxonasidagi diniy va’zlar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun roman tilida o‘qila bosh- langan edi. Bizgacha o‘rta asrlar adabiyotidan epik dostonlar, kichik hajmda- gi lirik she’rlar, roman va diniy mavzudagi dramalar, latifaga yaqin turuvchi hikoya – fabliolar yetib kelgan. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling