O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
1. Qadimgi Rim davri adabiyotining asosiy taraqqiyot bosq-
ichlari.
2. Liviy Andronikning Rim adabiyoti rivojidagi o‘rni.
3. Sitseronning notiqlik faoliyati.
4. Oktavian Avgust davri adabiyotining o‘ziga xosliklari. 
5. Stoiklar falsafasi va Seneka ijodi. 
6. Rim adabiyotining jahon adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni.
Adabiyotlar
1. A History of Ancient Rome. Mary Beard.2015. Liveright. P.608
2. Алимуҳамедов А. Антик адабиёти тарихи. – Т.: 
Ўқитувчи, 1980.
3. Тронский И.М. История античной литературы. – 
M.:Высшая школа, 1988 
4. Qosimov A. Xo‘jayev S. Jahon adabiyoti: Antik davrdan 
XVII asrgacha. – Farg‘ona, 2016.
5. Болтабоев Х., Махмудов M. Адабий-эстетик тафаккур 
тарихи. 1-жилд: Қадимги давр. – Т.: Мумтоз сўз, 2012. 
6. Антик адабиётдан хрестоматия. Рим адабиёти / Ойбек 
MAT, XV том. – T.: Фан, 1980.
7. Сенека. “Нома I”, “НомаII”, “Нома VII”, // Jahon adabiyo-
ti, 2005. №11.
8. Сенека. “Нома XXXXI” // “Jahon adabiyoti”, 2006. №7.
9. Кай Валерий Катулл. “Лесбияга”, “Чумчуқнинг ўлимига” 
// Jahon adabiyoti, 2013. №1.


90
O‘RTA ASRLAR G‘ARB ADABIYOTI
REJA
1. O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.
2. G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi.
3. XII-XIII asrlarda ritsarlik-kurtuaz adabiyoti.
4. Shahar adabiyoti.
5. Fransua Viyon ijodi.
Tayanch so‘z va iboralar: Lotin tili, qahramonlik eposi,kelt 
eposi, saga, Beovulf dostoni, Sid haqida qo‘shiq, Roland haqida 
qo‘shiq, diniy mavzudagi dramalar, ritsar-kurtuaz adabiyoti, rit-
sarlik romanlari, shahar adabiyoti, fablio, “Tulki haqida roman”, 
Fransua Viyon.
Ovrupa o‘rta asrlar davri deyarli ming yillikni qamrab olgan 
bo‘lib, V – XIV asrlarni o‘z ichiga oladi. Rim imperiyasining 
qulashidan Uyg‘onish davrigacha davom etadigan o‘rta asrlar ad-
abiyoti ilk (V – X asrlar) va so‘nggi (XI – XIV asrlar) bosqichlarga 
ajratiladi.
Rim imperiyasi parchalanib ketgandan keyin, Ovrupa , Osiyo va 
Shimoliy Afrikaning unga qarashli bo‘lgan hududlarida xalqlarning 
buyuk ko‘chishi boshlandi. Bu jarayon urushlar, kurash, yangi dav-
latlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ldi.
Rimliklardan qabul qilingan lotin tili Ovrupa ning turli mint-
aqalarida yashovchi turli millat vakillarini birlashtiruvchi omil 
bo‘ldi. Ushbu tilda o‘rta asr olimlari va faylasuflari o‘z asarlarini 
yozdilar. Lotin tili ilm-fanning rasmiy tiliga aylandi. Ma’naviyat 
va ma’rifatning markazi cherkov hamda XII-XIII asrlarda paydo 
bo‘lgan universitetlar bo‘lib qoldi. Ularda bo‘lajak olimlar, mutafak-
kirlar, kashfiyotchilar, ilmiy risola va tarixiy xronikalar mualliflari 
tahsil oldilar.


91
Ovrupa o‘rta asrlar adabiyotining shakllanishida 3 ta omil muhim 
rol o‘ynagan: 1) xalq ijodi; 2) antik davr adabiyoti; 3) xristianlik.
O‘rta asrlarda Ovrupa mamlakatlarida milliy adabiyotlar shak-
llandi, bu davrda ayniqsa, ritsarlik she’riyati va romanlari, shahar 
adabiyoti rivojlandi. Xalq-qahramonlik eposlari o‘rta asrlar adabiyo-
tining noyob namunalari sanaladi. “Beovulf” dostoni ilk o‘rta asrlar-
da anglosaksonlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, feodal munosabat-
lari shakllangan davrda Fransiyada “Roland haqida qo‘shiq”, Ger-
maniyada “Nibeluenglar haqida qo‘shiq”, Ispaniyada “Sid haqida 
qo‘shiq”lar yaratildi. Bu asarlarda davr muhiti o‘z ifodasini topgan 
bo‘lib, sodir bo‘lib o‘tgan voqealar poetik shaklda, badiiylashtirilib 
berilgan. Odatda, qahramonlik eposi namunalarida real voqealar ba-
diiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketadi.
Ovrupa va jahon adabiyotini rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan 
adabiyotlardan biri sanaluvchi fransuz adabiyoti negizida o‘rta asr-
larda keng tarqalgan ko‘plab asosiy janrlar va yo‘nalishlar shakllandi 
(milliy qahramonlik eposi, trubadurlar she’riyati, ritsarlik romanlari, 
shahar adabiyoti janrlaridan – fablio, misteriya va b.). 
O‘rta asrlarda qahramonlik va qahramon shaxsi haqidagi tasav-
vurlar antik davrga nisbatan birmuncha o‘zgardi. Agar qadimgi yu-
nonlar qahramonlik haqidagi tasavvurlarini ma’budlar va ularning 
farzandlari bilan bog‘lagan bo‘lsalar, o‘rta asr qahramonlik dos-
tonlarida asar qahramoni qilib, o‘z Vatani va qiroliga sodiq bo‘lgan 
jasur kishi tanlanadi. Qadimgi yunon qahramoni Gerakl – Zevs-
ning o‘g‘li, Axill – ma’buda Fetidaning farzandi. “Roland haqida 
qo‘shiq” dostonining qahramoni – “aziz Fransiya” va imperator 
Karl uchun jasorat ko‘rsatgan mard va fidokor ritsar. Qahramonlik 
haqidagi tushuncha ham o‘zgardi: endi bu shaxsning yuksak, oliy 
maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlarini badiiy ifoda qilish edi.
O‘rta asrlar qahramonlik eposi asarlarining mualliflari haqi-
dagi masala xali-hanuz bahsli-munozarali bo‘lib qolmoqda. Ular 
jamoaviy-individual ijodning natijasi bo‘lib, mualliflarning nomlari 
bizgacha yetib kelmagan. O‘rta asr qahramonlik dostonlarining aso-


92
sida afsonaviy-tarixiy qahramonlar va ularning faoliyati haqidagi 
xalq afsonalari yotadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling