11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Download 44.79 Kb.
bet1/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi.
R E J A:
1. XII-XIII asrlarda Germaniya. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi. SHaharlar. Nemis qishlog’ida ijtimoiy ziddiyat. Hududiy knyazliklarning tashkil topishida iqtisodiy shart-sharoit.
2. SHarqqa tomon nemis bosqini. German imperatorlarining tashqi siyosati. Xududiy knyazliklarning mustahkamlanishi.
3. XIV-XV asrlarda Germaniya. SHaharlarning rivojlanishi. XIV-XV asrlarda nemis qishlog’i. Germaniyaning siyosiy rivojlanishi. SHahar va qishloqlardagi ijtimoiy harakat.
Tayanch tushunchalar:
Podest; Rankal qarorlari; Lombardiya ligasi; Barbarossa; teokratiya; traktat; yustitsiariy; Oltin bulla; kurfyurist; meyer; Sigizmund reformatsiyasi; nikoh diplomatiyasi; aforizm.


XII—XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy xusuciyatlari. XII—XIII asrlarda Germaniyada ham ishlab chiqarish kuchlari ko`zga ko`rinarli darajada o`sdi. O`rmon massivlarini qisqartirish hisobiga va botqoqlik joylarni quritish yo`li bilan ekin maydonlarini kengaytirish mahnosida ham, qishloq xo`jalik qurol-asboblarini takomillashtirish (yahni qishloq xo`jaligida pluglarni yaxshilash, temir asboblar sonini ko`paytirish, dalalarni o`g’itlash va x, k.) mahnosida ham dehqonchilik katta-katta yutuqlarga erishgan edi. Oddiy g’alla — javdar, so`li, a’pa, bahzan bug’doy bilan bir qatorda madaniy- texnika ekinlari: zig’ir, nasha, vayda rivojlana boshladi. Polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, xmelchilik (urug’i pivo pishirishda ishlatiladigan o`simlik) kengaydi.
Ayni zamonda Germaniyada shaharlarning rivojlanishi, xususan bu asrlarda juda avj oldi. Reyn va Dunay daryolari bo`ylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum sanoat markazlariga aylanib, qisman Germaniyaning ichki viloyatlari bilan, qisman qo`shni mamlakatlar — Frantsiya, Niderlandiya, Italiya, Veng­riya, Bolqon mamlakatlari bilan katta savdo-sotiq ishlari olib bordilar. Movut to`qish, cu’p ishlash, metallsozlik, mo`ynachilik, turli xil qurol-yarog’lar ishlash nemis hunarmandlik tsexlarining asosiy mashg’uloti hisoblanardi. Reyn daryosi bo`yidagi Kyolg’n va Vorms, Mayn daryosi bo`yidagi Frankfurt, Yuqori Dunay rayonidagi Ulg’m, Nyurnberg, Augsburg - bu davrdagi nemis shaharlarini sanoat jihatdan rivojlantirishda yetakchi o`rin tutdilar.
Biroq, mamlakatda tovar xo`jaligi rivojlana boshlashiga qaramay, XII—XIII asrlarda Germaniya ha’ qalay tarqoq feodal mamlakat bo`lib qolmokda edi. Gertsogliklar hamda boshqa dunyoviy va ruxoniy knyazliklar soni ko`paymoqda edi. Imperato’ boshqa yirik feodallar orasida syuzerep, yahni oliy seng’or bo`lib qolmoqda edi. Yirik feodallar bu vaqtda uzil-kesil voris territorial knyazlarga aylanib bormoqda edilar. Mahalliy tova’ aloqalarining rivojlanishi ularning mahalliy xokim sifatidagi rolini kuchaytirardi. Ma’kaziy qi’ollik – imperatorlik hokimiyati eca shaxarlar bilan zaif bog’langan edi. Frantsiya va Angliyada shaxa’la’ning qirol hokimiyati bilan siyosiy ittifoqi bor edi, Germaniyada esa shaharlarning qirol xokimiyati bilan bunday siyosiy ittifoqi yuzaga kelmadi.Ger­maniya qirollari, jumladan, shaharlarning maxalliy feodallarga qarshi olib borgan kurashida shaharlarga biror-bir jiddiy ko`mak berganlari yo`q. Qisman bunga sabab shuki, nemis shaxarlari siyosiy sahnaga keyinroq kelib chiqdi. Bir qancha joylarda ichki savdoga nisbatan tashqi, qisman tranzit savdo-sotiqning ustunligi ham bu yerda mahlum rol o`ynadi. Ammo Germaniya qirol xokimiyatining shaharlar bilan ittifoqining yo`qligiga asosiy sabab – German imperatorlarining agressiv tashqi siyosat olib borishlari edi. Italiyadagi urushlar boy italg’yan shaharlarining eksplutatsiya qilinishi, «dunyoga hokim bo`lish» rejalari, SHarqiy Yevropadagi va Yaqin SHarqdagi bosqinchiliklar – mana bularning hammasi qirollar-imperatorlarni Germaniyadagi ichki siyosat vazifalaridan chetga chalg’itib, ularni nemis shaharlari taqdiriga befarqqaraydigan qilib qo`ydi. Ayni vaqtda tugalmas urushlar imperatorlarni yirik va mayda feodallarga (knyazg’ va ritsarlarga) butkul qaram qilib qo`ydi. CHunki imperatorning harbiy resurslari ana shu yirik va mayda feodallarning o`z gardanlaridagi vassallik majburiyatlarini bajarishlariga butunlay bog’liq edi. SHtaufenlar uchinchi german sulolasining tarixi (1138-1254 yillar) german imperatorlari yurgizgan tashqi bosqinchilik siyosati Germaniyaning ichki siyosati bobida naqadar halokatli oqibatlarga olib kelganligini ayniqsa yaqqol ko`rsatib beradi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling