11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Fridrix Barbarossa va Velg’flar


Download 44.79 Kb.
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Fridrix Barbarossa va Velg’flar. Barbarossaning 1176 yili mag’lubiyatga uchrashining sabablaridan biri — imperatorning eng yirik vassali Genrix SHer Velg’fning Italiyaga yordamchi qo`shin olib borish haqidagi iltimosini rad qilishi bo`ldi. Vassallik majburiyatlarini bajarmaganligi uchun Genrix Velg’f feodallar sudiga tortilgan edi. Biroq Genrix SHer imperatorga bo`ysunishdan bosh tortib, imperator va uni qo`llab-quvvatlagan knyazlar bilan urush boshladi. Knyazlarning o`zaro urushi ikki yil ( 1178-1180) davom qilib, Velg’flarning yengilishi bilan tamom bo`ldi. Genrix SHer taslim bo`lishi kerak edi. Knyazlar sudi Genriz SHerni Ge’maniyadan xaydab yuborish va uni barcha tanxo yerlardan mah’um qilish xaqida xukm chiqardi. Keyinchalik Genrix SHer Germaniyaga qaytib keldi va imperator uning ayblarini qisman kechdi. Unga Germaniyada qolish ruhsat etilib, Saksoniya yerlariinng bir qismi (Braushvey gertsogligi) qaytarib berildi. Ammo Saksoniya yerlarining katta bir qismi boshqa knyazlar o`rtasida bo`lingan edi. Velg’flar ustidan g’alaba qozonishi Barbarossaning katta yutug’i bo`ldi. Bu g’alaba hatto eng yirik feodal ham imperator oldidagi o`z vassallik majburiyatlariga panja orasidan befarqqarashi mumkin emasligini ko`rsatdi. Aks holda u albattta jazoga tortilar edi. Ammo, ikkinchi tomondan, imperatorning Velg’flar ustidan qozongan g’alabasi Velg’flar urug’ining kuch-qudratiga xavasi kelib yurgan boshqa feodallarning bergan yordami tufayligina qo`lga kiritildi. Barbarossa boshqa biron bir antifeodal kuchlarga tayangani yo`q. Aksincha, Fridrix o`zining Italiyaga nisbatan yurgizgan siyosatida shaxarlarning batamom raqibi ekanligini ko`rsatdi. SHuningdek, Barbarossa Germaniya shaxarlariga ham nafrat nazari bilan qaradi. Saksoniyani taqsimlash va bu o`lkani bir nechta yirik feodalga o`tkazishning o`zi feodal tarqoqlikning batamom tantana qilganligini ko`rsatdi.
Barbarossaning Sitsiliyaga nisbatan tutgan siyosati. Fridrix Barbarossa o`z imperatorligining oxirida yana Italiya ishlariga qaytdi. 1186 yili u o`z o`g’li Genrix VI ni Sitsiliya taxtining voris malikasi Konstantsiyaga uylantirdi. SHuning o`zi bilan SHtaufenlar Sitsiliya orollaridan tashqari, Italiyaning butun janubiy qismini ham o`z ichiga olgan kuchli qirollikni qo`lga kiritdilar. Barbarossa buni o`zining diplomatik faoliyatidagi eng yirik yutuq deb bildi. Haqiqatda olganda, bu ish SHtaufenlar tarixida falokat keltiruvchi mashhum bir xato ish edi. Ana shu ish tufayli SHtaufenlar papalikni va Lombardiya shaharlarini o`zlariga qarshi yana qurollantirdilar. Endilikda german feodallari shimol va janubdan turib papalikka va Lombardiya shaharlariga xavf-xatar solmoqda edilar. Sitsiliyaning o`zida Genrix VI ga istilo qilingan mamlakatdagidek ish yuritish to`g’ri keldi, chunki mahalliy aholi unga va u bilan birga kelgan nemis feodallariga ajnabiy zolimlar va bosqinchilar deb qarardi.
Fridrix I Barbarossa 1190 yilda o`zi qatnashgan uchinchi salib yurishi mahalida vafot etdi. 1940 yili Gitler sobiq SSSRga qarshi yurish planini «Barbarossa plani» («Barbarossa Fall») deb atagan edi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling