11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Download 44.79 Kb.
bet5/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Fridrix II SHtaufen. Fridrix II (1212-1250) SHtaufenlar xonadonining ikkinchi eng ko`zga ko`ringai vakili edi. Yarim nemis, yarim italg’yan bo`lgan Fridrix turli-tumai madaniy tahsirlarga berilgai edi. Arab-Vizantiya tahsiri unda ayniqsa kuchli edi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to`plangan edi. Uning o`zi arab va yunon tillarini bilardi,
lotincha traktatlar va italg’yancha shehrlar yozardi. Uning Pilermodagi saroyi o`zining zeb-ziynat va hayot uslubi jihatidan SHarqdagi arab sultonlarning saroylarini eslatib turardi. SHarq musiqasi va raqslari, sharq adabiyoti va poeziyasi, sharq arxitekturasi imperator tomonidan har taraflama rag’batlantirardi. «Monaxlar ulamolarning fitna-fasodlari va kirdikorlariga qarshi kurashmaydigan va ularning shu fitna-fasodlaridan cho`chimaydigan» SHarq siyosiy tuzumining afzalliklari haqida Fridrix II har doim maqtanib so`zlardi. SHarqdagi arab-turk hokimlarining bahzilari Fridrixning shaxsiy do`stlari edi.
Fridrix II ning siyosati, avvalo Sitsiliya qirolligini markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirishdan iborat edi. Bu borada u ancha-muncha ish qildi. U Sitsiliya feodallari tomonidan o`ziga qarshi ko`tarilgan bir qancha qo`zg’olonlarni bostirdi. Musulmonlardan tuzilgan yollanma otryadlar bu ishda Fridrix II ga zo`r tayanch bo`ldi. 1231 yilda Fridrix Sitsiliya qirolligining konstitutsiyasini matbuotda ehlon qildi. Bu konstitutsiyada mahalliy feodallarning huquqlari, shuningdek, Janubiy Italiya shaharlarining erkinligi yanada ko`proqqirqildi. +irollik bir nechta mahmuriy okruglarga bo`linib, ularni qirol tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar idora qilardi. Butun aholidan e’ solig’i undirilardi, bundan tashqari, ko`pgina egri soliqlar mavjud edi. Sitsiliya qirolligining eng oliy amaldori yustitsiariy bo`lib, uning g’oyat katta vakolat egasi ekanligi xuddi arab xalifalarining vazirlarini eslatib turardi. Doimiy saqlanadigan yollanma armiya va flot markazlashgan Sitsiliya davlatini to`ldirib turardi.
Fridrix II Germaniyada tamomila boshqacha siyosat yurgizardi. Germaniyada istiqomat qilmaganligi tufayli hamda german knyazlari va boshqa feodallar imperatorlikka boshqa birorta nomzodni ko`rsatmasliklari uchun, Fridrix II ularga nisbatan har qanday yon berishlarga ko`naverar edi. Germaniyadagi dunyoviy va ruhoniy knyazlarning mahmuriy sud bobidagi huquqlarini kengaytirish to`g’risida Fridrix II rozilik berdi. German knyazlari shaharlar bilan baxslashib qolgan paytlarda Fridrix II ana shu knyazlarni qo`llab-quvvatladi. 1232 yili Reyn shaharlari mahalliy feodallardan qutulishga va erkin kommunalar huquqini olishga intilgan paytlarida, Fridrix II feodallarga yon bosdi hamda u shahar harakatini qathiyan qoralaydigan va qattiq jazo choralari bilan shaxarliklarga xavf tug’diradigan farmon chiqardi.
Italiyada Fridrix II Lombardiya shaharlariga qarshi dushmanlik xarakatlarini yangidan boshla6 yubordi. Ammo Lombardiya shaxarlari, Barbarossa zamonidagi singari, SHtaufenlarga qarshi kurashda bu safar ham papalik bilan birlashdilar. Fridrix II davrida imperator xokimiyatining papa xokimiyatiga qarshi olib borgan kurashi har ikkala tomon uchun g’oyat darajada qattiq va shiddatli bo`ldi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling