11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


XIII—XU asrlarda Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti


Download 44.79 Kb.
bet14/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

XIII—XU asrlarda Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti. Frantsiya, Angliya va Ispaniyaning siyosiy taraqqiyotiga qarama-qarshi o`laroq, XIII—XV asrlarda Germaniya siyosiy markazlashishga erishgina emas, balki yana ko`proq mustaqil feodal knyazliklarga bo`linib ketdi.
SHtaufenlar xalokatidan keyin tamomila orqaga ketgan imperatorlik xokimiyati endilikda qaddini sira-sira tiklay olmadi. Va nixoyat, oxir-oqibat natijada imperatorsizlik davriga xotima berildi.1273 yilda feodallar SHvabiyalik graf Rudolg’f Gabsburgni imperator qilib sayladilar.(Rudolg’fni Frankfurt-Maynda sayladilar. Frankfurt-Mayn uzoq vaqt davomida (XIII asrda –XIV asr boshlarida) Germaniyaning poytaxti rolini o`ynadi. Bu yerda imperatorlar saylanar va ko`pincha, lekin xamma vaqt emas, umumgerman reyxstaglari to`planib turardi).
Rudolg’f Gabsburg 55 yoshli keksa odam bo`lib, u katta yer-mulklar egasi bulmagan xiylakor va chiniqqan siyosatchi edi. Knyazlar uni iimperatorlikka saylar ekanlar, uning zaif tomonlarini albatta xisobga oldilar, chunki ular imperatorlik xokimiyatining kuchayishidan umuman manfaatdor emac edilar. Rudolg’f Italiyaga taalluqli siyosatdai voz kechib, Italiyada germanlar tahsiri yo`q bo`lganligini amalda tan olishi lozim edi. Germaniyaning o`zida yangi imperator o`z mavqeini saqlab qola bilib, turli yirik knyazlar o`rtasida ustalik bilan ish tutishi va ular orasidagi urush-janjallardan foydalanishi lozim edi. Gabsburglar xona- donidan chiqqan dastlabki imperatorlar tutgan siyosatdan asosiy muddao o`z urug’-aymoqlariga qarashli mulklarni ko`paytirish edi. Germaniyaning qolgan boshqa yerlari o`z xolicha tashlab qo`yildi. Toj-taxtga qarashli barcha resurslar ana shu tor doiradagi sulolaviy maqsad-muddaolariga xizmat ettirildi.Ayniqsa Rudolg’f Germaniyadagi ruxoniy-knyazlarning - arxiepiskoplar bilan yepiskoplarning ko`magiga tayanib ish ko`rishga xarakat qildi.
CHex knyazi Pshemo`sl II ning yuqori martabaga iitilganligidan(u 1254 yilda imperatorlik toj-taxtini o`ziga olmoqchi bo`lganda knyazlar uni rad etgan edilar) german knyazlarining norozi bo`lganligidan foydalanib turib, Rudolg’f Pshemisl bilan urush boshladi va boshqa german knyazlari yordamida uni yanchib tashladi, g’alabaga erishish natijasida Avstriyani va unga qo`shni bir qancha viloyatlarni, ko`proq slavyan viloyatlarini: SHtiriya,Karintiya va Krayna, bosib oldi. Ana shu zamondan boshlab Gabsburglar o`zlari kuchli territorial knyazlarga aylandilar, shu bilan ular sulolasining bundan keyingi tahsiri tahminlandi.
Biroq Gabsburglar imperatorlik toj-taxtini o`z qo`llarida uzil-kesil mustaxkamlashdan avval, raqi6lashib yuruvchi boshqa sulola, Lyuksemburgliklar dinastiyasi bilan uzoq vaqt kurashishlari lozim edi. g’arbiy Germaniyada joylashgan kichkina Lyuksemburg knyazligiddn tashqari, Lyuksemburgliklar yana XIV asrdan boshlab CHexiyani xam egallagan edilar. Lyuksem6urglar xonadoni Karl IV davrida zo`r qudratga ega bo`ldi, Karl 1V CHexiya qiroli va Germaniya imperatori sifatida 30 yildan ortiqroq xukmronlik qildi (1347-1378).Gabs6urglarga o`xshab, lyuksem6urglar ham knyazlarga yon bosishlari lozim edi.Bu yon berishlarning xa’akteri va ularning Germaniya uchun keltirib chiqargan falokatli oqibatlari to`g’risida Karl IV hukmronligining boshlarida (1356 y.) nashr qilingan Oltin bulla tegishli mahlumotlarni beradi. Jami yetti shaxsdan nborat knyazlarning tor doiradagi, yopik kollegiyasi tarafidan o`tkaziladigai imperator saylash tartibini Oltin bulla uzil-kesil qonunlashtirib berdi.Saylovchi— knyazlar kurfyuristlar degan unvonga ega bo`ldilar. Ularning tarkibiga uchta ruxoniy knyazg’ - Maynts, Kyolg’n va Trir arxiepiskoplari va turtta dunyoviy knyazg’ - Bogemiya qiro­li (CHexiya qiroli), Reyn pfalg’tsgrafi, Saksoniya gertsogi va Brandenburg markgrafi kirardilar.Kurfyurstlar imperatorni saylash xukukigagina emas, balki uni taxtdan ag’darib tashlash xuquqiga ham ega edilar. Oltin bulla kurfyurstlarni o`z knyazlik mulklarida tamomila suveren xokimlik xuquqlariga egadirlar, deb tan olgan edi.
Kurfyurstlar,tez orada imperiya toj-taxtiga tasarruf qilish xuquqlaridan batamom foydalandilar. Karl 1V ning o`g’li imperator Vatslov feodallarga qarshi kurashayotgan shaxarlarga kumak berishga xarakat qilganligi uchun knyazlar 1450 yilda uni taxtdan ag’dardilar(Imperatorlik taxtidan ag’darilgan Vatslav CHexiya qiroli bo`lib qolaverdi, u 1419 yilda vafot etdi). Bu dinastiyaning ikkinchi imperatori, yahni Karl IV ning boshqa o`g’li — Sigizmund (1410-1437) kurfyurstlar qo`lida endi itoatguy qurol bo`lib qoldi.
Vaqt-vaqti bilan yig’ilib turadigan imperiya reyxstaglarida xam kurfyurstlar katta rol o`ynar edilar(reyxstag-nemischa – davlat kengashi-o`rta asrlarda «Muqaddas Rim imperiyasi»ning markaziy davlat organi;). German shaxarlari (i m p ye r i ya sh a x a r l a r i deb atalgan shaharlar) xam impe­riya toifa vakillarining bu shezdlarida qatnashdilar.Ammo ularning qatnashishi to`liq bo`lmasdi.SHaharlar vakillarining qaramog’iga odatda umumdavlat masalalari topshirilmay, balki shaxarlarning o`zlariga bevosita taalluqli masalalargina topshirilardi. Yirik feodal-knyazlarga nisbatan mayda ritsarlarning reyxstaglardagi tahsiri xam juda oz edi. XIV ac’da ritsarlarning xarbiy axamiyatga molik bo`lmay qolishlari, shuningdek, ularning iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishlari tufayli va nixoyat, imperatorlik xokimiyatining o`zining orqaga ketganligi vajidan ritsarlar endi siyosiy jixatdan kuchli gurux bo`lmay qoldilar.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling