11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


«Imperator Sigizmund reformatsiyasi»


Download 44.79 Kb.
bet16/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

«Imperator Sigizmund reformatsiyasi». Mamlakatda kuchayib borgan feodal-krepostniklik zulmi asosan Janubi-G’arbiy Germaniyada keng ko`lamda yuz bergan dehqonlar xarakatiga sababchi 6o`ldi.Janubi-G’arbiy Germaniyada krepostnik-feodallarning xujumi XV ac’ra kelib ayniqsa zo`raydi.
Ikkinchi tomondan Germaniyaning feodal tarqoqligi, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy xayotida yirik va eng yirik feodal-knyazlarning zo`ravonligi, buning natijasida Germaniya iqtisodiy taraqqiyotining umuman sekinlashib qolishi jamiyatning eng progressiv qatlamlarida xatarli xissiyot uyg’otdi. SHahar liklar va ritsarlarning bir qismi feodal anarxiyasini tanqid qili6, davlatni reforma(islox) qilishni (yoki o`sha vaqtning tahbiricha, reformatsiya o`tkazishni) taklif qildilar.
XV asrning ikkinchi yarmida Germaniyada «Imperator Sigizmund reformatsiyasi» sarlavxasi ostidagi publitsistik aca’ ayniqsa katta shuxrat qozongan edi(publitsistika, yahni ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir adabiyot). Bu publitsistik aca’ Sigiz­mund vafotidan keyin tez orada, aftidan, 1438 yoki 1439 yilda yozilgan va matbuotda ehlon qilingan bo`lsa kerak: Imperatorning o`zining pamfletga xech qanaqa aloqasi 6o`lmagan(pamflet-biror kishini yoki biron ijtimoiy xodisani fosh qilish uchun yozilgan qattiq tanqidiy maqola). Pamfletni yozgan odam uning tagiga imzo qo`ymagan. Uning muallifi kim ekanligi aniq mahlum emas. Bir qancha tadqiqotchilarning bergan bahzi mahlumotlariga ko`ra, guschilarni targ’ib qilgani uchun, 1458 yilda Strasburgda qatl etilgan nemis Fridrix Rayzer degan odam shu pamfletning muallifi bo`lgan.
«Sigizmund reformatsiyasi» imperatorlik tuzumini tubdan islox qilishni talab etgan edi. Imperator va imperiyaning turli qismlaridagi uning noiblari to`la xokimiyatga era bo`lishlari lozim; markaziy xokimiyatga 6o`yin egmaydigan feodallar xayot va molu mulk borasida xar qanday jimoyadan maxrum etiladilar.Mamlakatda xa’ qanaqangi ichki o`zaro urushlar man qilindi. SHaharlarning tahsiri ancha o`sdi. Imperator imperiya soliqlarini yig’ish va ularni xarajat qilish ustidan nazorat qilish xuquqini shaharlarga topshirib qo`ymog’i lozim. «Reformatsiya»ga ko`ra; sud umumdavlat va markazlashgan sud bo`lmog’i lozim; knyazlik va boshqa feodal sudlari tugatilishi kerak. «Reformatsiya» taxminicha, muayyan pul vznosi to`lash sharti bilan barcha istagan kishilar shaharlarga ko`chib kelib, to`la xuquqli byurgerlar sifatida ularga erkin qabul qilinishlari kerak(byurger - o`rta asrlarda g’arbiy Yevropa shaxarlarining o`rta tabaqa axolisi; xunarmandlar va mayda savdogarlar).«Reformatsiya» muallifi, shuningdek, tsexlar monopoliyasiga qarshi fikr 6ildirdi («Xa’ bir odam istagan xunari bilan shug’ullanmog’i kerak»). Krepostnoy dexqonlarning majburiyatlari masalasida «Reformatsiya» yangi yig’imlar va yangi barshchinalar kiritishga qarshi, shuningdek, feodallar tomonidan dexqonlarninr jamoa yerlarini bosib olishga xam qarshi chiqadi.Biroq «Reformatsiya» feodal krepostnoy tuzumini tamomila tugatish masalasini qo`ymaydi.XV- XV1 asrlardagi nemis byurgerlarining xarakat yo`l-yo`rig’i ana shunday ifodalanadi.
«Imperator Sigizmund reformatsiyasi» qog’ozdagina qolib ketdi.Feodal-knyazlar markaziy imperatorlik xokimiyatining kuchayishini mutlaqo istamasdilar. Germaniya XV ac’ oxiri va XVI ac’ boshlarida xam tarqoq xolicha qolaverdi.XIX asrda yashagan bir nemis muallif o`rta ac’ Germaniyasini bunday axvolga olib kelgan sabablarini chuqur taxlil qilib bergan edi. «XV ac’ oxiriga kelib,— de6 yozgan edi u asarlaridan birida,— Germaniya tobora ko`proq tarqoqlashadi; Frantsiya va Angliya ozmi-ko`pmi markazlashgan va ularda millatlar tashkil topayotgan bir vaqtda, Germaniyaning markazi tobora zaiflashdi. Germaniyada bu mumkin emas, chunki:1)istiloni boshidan kechirgan mamlakat- lardagiga qaraganda Germaniyada feodal munosabatlar kechroq rivojlandi;2) Germaniya o`z tarkibida frantsuz va slavyan oblastlariga ega edi xamda Italiyaga o`z mulki, Rimga esa o`z markazi de6 qaradi,— shunday qilib, milliy komplyoks bo`lmay qoldi;3)chunki- asosiy masala xam shunda edi,— ayrim viloyatlar; shuning- dek, viloyatlarning aloxida guruxla’i esa bir-biridan ajratib tashlangan edi».

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling