11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Download 44.79 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Dexqonlar axvoli.Krepostniklikning zaiflashishi va feodallar reaktsiyasi. Germaniyada salib yurishlari 6oshlanishi bilan, Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi singari, feodal-krepostniklik qaramligi zaiflashganligi ko`rildi. Dexqonlarning bir qismi muayyan yillik chinshalar to`lash evaziga shaxsiy majburiyatlar o`tashdan tamomila ozod 6uldi. Boshqa dexqonlar qaram dexqonlar bo`lib qolaverdi, lekin ular o`taydigan barshchinalari kamaytirildi, eng og’ir obroklar («o`lim» solig’i va boshqalardan) xaq to`lab qutulish yoki belgilangan mahlum vznoslarga ayirboshlandi. Uzoq-uzoq joylarga yurishlar qilish bilan band bo`lgan german feodallari, odatda, xo`jalik bilan o`zlari shug’ullanmay, domenlarini ijaraga (arendaga) berardilar.Domenlarning ko`pchilik qismi yirik bo`laklarga bo`linib, so`ng ijaraga berilardi. O`rta ac’ Ge’maniyasida bunday yirik ijara m e y e ‘ ijarasi deb atalardi, chunki xammadan avval so6iq krepostnoy oqsoqollar-meye’lar ijarachi bulardilar. SHimoli-g’arbiy Germaniyada (Vestfaliyada) eng ko`p tarqalgan meyer ijarasi badavlat, qisman quloq dexqonlar kattagina tabaqasining tashkil topishiga imkon be’di. Ammo qishloqning boshqa tomonida kam yerli dexqonlar maydonga kelib, ular boy hamqishloqlari uchun ishlaydigan batraklarga aylandilar.
Biroq Germaniyada krepostnoy xuquqning zaiflashishi muvaqqat hodisa bo`ldi.XIV asrning ikkinchi yarmidan ehtiboran feodallar reaktsiyasi maydonga kela boshla6, u pomeshchiklarniig barshchinani qaytadan tiklash hamda xar qanaqa natural va pul yig’imlarini kuchaytirish yo`lidagi urinishlarda ifodalandi. Ayni vaqtda feodallar jamoa yerlarini (alg’menda) bosib olaverdilar va shunday qilib dexqon xo`jaligi resurslariga qattiq nutu’ yetkazdilar.
Elg’ba daryosining sharq tomonidagi kolonizatsiya qilingan slavyan yerlarida istiqomat qiluvchi nemis dekkonlarining axvoli anchaqulay edi. Dexqon-kolonistlarning katta chek yerlarga ega bo`lishi va maxalliy territorial knyazlarga belgila6 qo`yilgan to`lovlarnigina to`lashni Elg’ba daryosining bu tomonidagi dexqonlarga iqtisodiy mustaqillikni va shaxsiy erkinlikni uzoq vaqtgacha saqlab kolish imkoniyatini berdi.Biroq dexqonlar bilan bir qatorda ularning qo`shnisi - pomeshchik (ritsarg’ yoki dvoryanlik unvonini olgan shulg’ts; O’ulg’ts-Elg’ba daryosining bu tomonida mayda sud xuquqlariga ega bo`lgan qishloq oqsoqoli bo`lib, ko`rsatgan xizmati badaliga odatda ikki va uch xissa ortiq chek yer olardi) yashar va xo`jalik bilan shugullanardi, shulg’ts qishloqka asta-sekin o`z tahsirini kuchaytira bordi.
Pomeshchiklar dexqonlardan soliqlar undirish xuquqini knyazlardan sotib olardilar, kam quvvat dehqonlarning xo`jalik(ro`zg’or) qiyinchiliklaridan foydalanar va turli yo`llar bilan o`z yer-mulklarini ko`paytirar edilar. Dastlabki paytda 4—b dehqon gufiga teng keladigan ritsarlik chek ye’i XV asrga kelganda o`rta xisobda 20 gufgacha yetdi. SHuning o`zi bilan Elg’6a daryosining bu tomonida ham krepostnoy xuquqning avj olishi uchun sha’t-sharoit yaratildi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling