11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


SHtaufenlarning idora qila boshlashi


Download 44.79 Kb.
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

SHtaufenlarning idora qila boshlashi. Frankon sulolasini idora qilish befarzand Genrix V bilan tamom bo`lgandan keyin, Germaniyani bir oz vaqt Lotarg’ Saksonskiy (1125-1137) boshqardi. U kuchli imperator emas edi va, shu vajdan, SHtaufenlar xonadoni bilan Velg’flar honadoni o`rtasida hiyla ishlatishga majbur bo`ldi, chunki SHtaufenlar SHvabiya gertsoglari bo`lish bilan birga, Frankoniyada ham kuchli tahsirga ega edilar va Bavariya ge’tsoglari esa Velg’flar xonadoniga mansub kishilar edilar. Lotarg’ Bavariya gertsogi Genrix Mag’’u’ bilan yaqinlashib, unga o`z qizini nikohlab berdi. Lotarnnng o`g’illari bulmaganligidan, u vafot etgandan so`ng, Velg’flar ayni zamonda Saksoniyaning xam gertsoglari bo`lib oldila’. Velg’flarning kuchayib ketayotganligidan betoqat bo`lgan knyazlar Konrad SHtaufenni imperator qilib sayladilar. Konrad III (1138— 1152) ikkinchi salib yurishida qatnashgan edi. U o`z hukmronligining qolgan vaqtini Velg’flar bilan kurashga bag’ishladi. Genrix Mag’rurning o`g’li Genrix SHerning yoshligidan foydalangan (Genrix Mag’ru’ 1139 yilda vafot etdi) Kon’ad Velg’flardan Bavariyani to’tib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi. Konradning taxt vorisi Fridrix I Barbarossa davrida SHtaufenlar sulolasi eng zo`r qudratga ega bo`ldi.
Fridrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari. Fridrix I Barbarossa (Sariq soqol) 38 yil imperatorlik qildi (1152-1190). U shafqatsiz, tajovuzkor, g’oyat shuhratparast va makko’ siyosatchi edi. Fridrix Bavariyani Velg’flarga qayta’ib berib, ularni tinchitgach, salib yurishlari natijasida boyigan Italiyaga o`zining butun diqqat-ehtiborini qaratdi. Fridrix Rimda toj kiyish paytidayoq (1154-1155 yillarda) Italg’yan shaharlarining boyib ketganligiga va ayni zamonda Italiyaning siyosiy jihatdan zaiflanib qolganligiga ishongan edi. Bunga sabab shuki, Italiyada papa, feodal territorial knyazlar va shu vaqtga kelib amalda shahar-recpublikalarga aylangan shaharlar bir-birovlari bilan dushmanlashib yurishardi. Fridrix I dastlabki paytda papa bilan do`stona munosabatda bo`lishga intildi. Rim shaharliklarining demokratik raxbari bo`lib, Rim respublikasiga acoc solishga xa’akat qilgan (1143 yilda) va papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum qilmoqchi bo`lgan Arnolg’d Breshianskiyni Fridrix I dabdurustdan papaga tutib berdi. Arnolg’d Breshianskiy papa zindoniga tashlandi, uning jasadi esa gulxanda kuydirildn (1155 y.). Rim respublikasi tugatildi.
Ammo, oradan sal vaqt o`tmay, imperatorning papa bilan munosabatlari juda yomonlashdi. Ikki orada dushmanlik paydo bo`ldi. Papa kuriyasida, Rimda imperator papa qo`lidan «benefitsiy» tarzida toj oldi va shu sababdan u papa aytganlariga quloq solmog’i lozim, deb bayon qilingan edi. 1157 yili Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) ana shu haqda ochiqdan – ochiq gapirgan edi. Ikkinchi tomondan, Barbarossaning o`zida Italiyani batamom tobe qilish va uni quloqqoqmay bo`ysunadigan viloyatga aylantirish rejasi vujudga keldi. Fridrix I o`sha zamonda g’oyat ko`p hisoblangan qo`shin bilan 1158 yilda Italiyaga kirib keldi (voqeanavislar, mubolag’a qilib bo`lsa ke’ak, Fridrix 100 ming kishilik qo`shin boshlab kelgan deydila’). Amalda bu yurish Italiyani yangidan istilo qilish edi. Fridrix Italiya shahar-kommunalaridan imperatorning noibi (italg’yancha podesti) tayinlanishiga rozilik berishlarini talab etdi. Buyruqni rad etganliklari uchun Milan va Lombardiyaning boshqa bir qancha shaharlari og’ir kontributsiya to`lashga majbur bo`ldilar. Barbarossa 1158 yilning 11 noyabrida Rankalg’ vodiysida (Pg’yachentsa shaxriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu seymda Rankal qarorlari deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga-chaqa zarb etish huquqi, yer-mulklarini taqsimlash, shahar podestalarini tayinlash va hokazolar tamomila Fridrix qo`liga o`tdi. Yustinian kodeksi (qonunlar majmuasi) ruhida tarbiya topgan Italiyaning Bolong’ya maktabi yuristla’i imperator xizmatiga kirib, uning uchun traktatlar tuzdilar. Ular bu traktatlarda Fridrix xokimiyati absolyut hokimiyat ekanligini va bu xokimiyat unga Rim tsezarlaridan meros bo`lib o`tganligini dahvo qilib chiqdilar. Bu traktatlarda, imperator «erdagi jonli qonundir» deb yozilgan edi.
Siyosiy mustaqillikka ko`nikib qolgan Lombardiya shaharlari Barbarossaga qarshi qo`zg’olon ko`tardilar. Lombardiyaning eng yirik sanoat shahri bo`lgan Milan qo`zg’olonchilarga boshchilik qildi. Qo`zg’olonga javoban Barbarossa Milanni bosib olib (1162 y.), uni juda qattiq jazoladi, Milan shaxari tevaragidagi qo`rg’on devorlari va ko`p binolar vayron qilib tashlandi. SHahar aholisiga sakkiz kun ichida shaharni tashlab chiqib, qishloqlarga ko`chib borib joylashish taklif qilindi. Milan shaxarini cho`lu biyobonga aylantirish maqsadida, uning markaziy maydonini qo`sh solib haydab, so`ngra uning pushtalariga tuz sepildi. Nemis ritsarlari Milan yonidagi o`z lagerlarida qatl etilgan lombardiyaliklarning kesilgan kallalarini koptok qilib o`ynashardi.
SHafqatsiz jazolar Italiya shaharlarining qaddini vaqtinchagina bukdi. Tez orada Lombardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lombardiya shaharlarining ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoqqa 15 ta shahar kirdi. SHu vaqtga kelib o`zining qaddini rostlab olgan va sanoat ham savdo-sotiq ishlarini yangidan yo`lga qo`ygan Milan shaxari 60-yillarning o`rtalaridan boshla6 bu ittifoqda yana asosiy rol o`ynadi. SHtaufenlarning yutuqlaridan bezovta bo`lgan papa Aleksandr III (1159— 1181) ham ligaga kirdi.
1167 yilda Barbarossa Italiyaga yana katta qo`shin tortib kelib, Rimni oldi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur bo`ldi. Imperator Lombardiya shaharlarini tinchitmoqchi bo`ldi, lekin to`satdan boshlangan o`lat kasali uning qo`shinlarining safini xarob etdi (25 ming kishi o`ldi) va shundan keyin u Ge’maniyaga qaytishga majbur bo`ldi. Barbarossaning uzoq vaqt bo`lmaganligidan foydalangan Lombardiya ligasi, u bilan yangidan to`qnashmoq uchun yetarli darajada harbiy kuchlarni tayyorlay oldi. 1174-1176 yillarda Barbarossa yana Italiyada paydo bo`ldi, lekin bu safar uning unchalik omadi kelmadi. 1176 yil baxorida Leng’yano degan joyda (Milandan sal uzoqroq) u liga qo`shinlari tomonidan batamom mag’lubiyatga uchratildi. Qizig’i shundaki, nemis ritsarlarini yenggan qo`shinning bir qisminigina italiyalik ritsarlar, asosiy qismini esa Milanning va Lombardiyadagi boshqa shaxarlarniig xunarmandlari va xalfalari tashkil qilar edi. Leng’yano yonidagi mag’lubiyat Fridrix I ni Lombardiya shaxarlariga yon berishga majbu’ etdi. Haqiqatda SHimoliy Italiyada SHtaufenlar kelmasdan avvaliga ahvol qaytadan tiklandi. SHaxarlar erkin kommuna huquqini oldilar, bu erkin kommunalar o`z syuzereni sifatida imperatorning oliy xokimiyatini tan oldilar, xolos. Ayni zamonda Fridrix I papa davlatining ishlariga xar qanaqangi aralashuvidan voz kechib, papaga ham yon berishga majbur bo`ldi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling