11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Innokentiy III dav’ida papalik


Download 44.79 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Innokentiy III dav’ida papalik. Papa Innokentiy III davrida (1198-1216) papa hokimiyati zo`’ qudratga ega edi. Uning davrida papa teokratiyasi degan g’oya eng o`tkir formulirovkaga ega edi: «Erdagi hokimiyat - xoqonlarga, samodagi hokimiyat - ruhoniylarga berilgan», «Tanalar ustidan qirollar, jon ustidan ruhoniylar qo`yilgan», «Papa hokimiyati - quyosh, imperatorniki - oy», «Oy quyoshdan yorug’lik olganidek, imperatorlar ham o`z hokimiyatlarini papadan oladilar». Bular Innokentiy III ning sevgan aforizmlari edi. O`’ta ac’ katolik cherkovining g’oyat katta real qudratga ega ekanligi papaning dahvolariga bu cafa’ muvofiq bo`lib tushgan edi. Papa sudi katta tribunalga aylanib, u butun Yevropadan tortib keladigan diniy va qismai grajdan ishlarini (masalan quydi-chiqdi gaplarni) qaraydigan bo`ldi. Papa xazinasi o`sha zamondagi Yevropaning istagan qirolining xazinasidan boyroq edi. Turli-tuman nomlar ostida va Yevropaning eng olis mamlakatlaridan undirilgan ko`p sonli xirojlar Rimga g’oyat katta summalarda oqib kelib, papa bankirlarini boyitar edi. Ko`pgina qirollar o`zlarini papa vassali deb tan olgan edilar. SHular orasida Angliya, Aragon, Portugaliya, Bolgariya, SHvetsiya, Daniya, Polg’sha, Armaniston qirollari bo’ edi. Innokentiy III ixtiyorida monaxlarning urushqoq yangi ordenlari bo`lardi. Uning davrida aholining quyi tabaqalari orasida vahzxonlik ishlariga ixtisoslashgan frantsiskanlar va universitetlarga kirib, ularda inkvizitsiya ishlarini olib borgan dominikanlar ordenlariga endigina acoc solingan edi. Turli yereslik(daxriylik) ishlari yuzasidan maxfiy cherkov sudi hisoblangan inkvizitsiya Innokentiy III davridayoq Frantsiyaning janubida keng xarakat qila boshladi, Frantsiyaning janubida esa alg’bigoychilar yeresi keng tarqalgan edi. Innokentiy III vorislari davrida inkvizitsiya butunlay dominikanlar qaramog’iga o`tib, ayni zamonda u o`z faoliyatini Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoydi.
Innokentiy III imperatorlik toj-taxtining o`zini ham o`z tasarrufiga olgan edi. Genrix VI vafot etgandan keyin (1197 yilda) uning o`g’li va taxt vorisi bo`lmish Fridrix II SHtaufen endi uch yoshga to`lgan edi. U Sitsiliya qirolligining qiroli deb ehlon qilindi. Ammo knyazlar Barbarossaning ikkinchi o`g’li Filipp SHvabskiyni imperator qilib sayladilar. Papa boshda bu odamga rozilik bergan bo`lsa-da, lekin keyin Filipp bilan janjallashib qoldi va Velg’flar to`dasiga mansub Otton Velg’fning (Genrix SHerning o`g’li) nomzodini qo`llab-quvvatladi. Otton IV nomi ostida imperator deb ehlon qilindi. SHunday qilib, Germaniyada bi’-birovi bilan raqiblashuvchi ikki imperator paydo bo`ldi. Innokentiy III Otton IV bilan ham achchiqlashib, 1212 yilla yosh Fridrix P ni imperator deb ehlon etdi. Yosh Fridrix II papaning Sitsiliyadagi mulklari bo`yicha uning vassali hisoblanardi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling