11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


Papalik bilan ku’ashning yangidan boshlanib ketishi


Download 44.79 Kb.
bet6/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

Papalik bilan ku’ashning yangidan boshlanib ketishi. Fridrix II Innokentiy III bilan do`stona munosabatda edi. Ammo XIII asrning 20- yillarida, papa Grigoriy IX davrida (1221— 1241) imperator bilan papaning munosabatlari g’oyat darajada keskinlashdi. Papa imperatordan salib yurishiga jo`nab ketishni talab qildi. Fridrix II 1228-1229 ypllarda shunday yurishni (oltinchi salib yurishini) tashkil qilgan edi. Lekin yurish tez orada tamom bo`lganligidan va Turk-Misr sultonining nisbatan kichik yon berishlariga imperatorning qanoat hosil qilganligidan papa kuriyasi juda ranjigan edi. XIII ac’ 30- yillarining yarmidan ehtiboran imperatorning papalar va ayni zamonda Lombardiya shaxarlari bilan o`n besh yillik shiddatli urushi boshlandi. 1232 yildayoq papa ishtirokida Lombardiya ligasi rasmiy suratda yana ishga tushdi. 30- yillar o`rtasida Fridrix II Milanga yurish qilib, boshda muvaffaqiyatga erishdi. Lombardiya qo`shinlarining bir qismini tor-mor etdi. U Rimga kirib, papa Grigoriy IX ni u yerdan qochishga majbur etdi. Bunga javoban Grigoriy IX Fridrix II ni dindan qaytgan deb cherkovdan haydadi va german knyazlariga boshqa imperator saylashni taklif etdi. Papa Innokentiy IV (1243-1254) davrida Fridrix II ning papa bilan kurashi ayniqsa shiddatli tus oldi. Innokentiy IV Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, Genuyaga ko`chib ketdi. SHu yerdan turib u frantsiya va ingliz qirollarini imperatorga qarshi urush ochishga davat etdi. Papa tomonidan 1245 yilda Lionda yig’iligan cherkov sobori, Fridrix II ni «kofirlik» va «shakkoklik»da ayblab, uning barcha fuqarolari qasamdan xalosdirlar, deb ehlon qildi. Imperatorga qarshi salib yurishi ehlon qilindi. Biroq, frantsuz va ingliz qirollari SHtaufenlar bilan bo`ladigan urushga aralashishni istamadilar. Germaniyada Fridrix II ning o`g’li Konrad IV german feodallaridan bir qismining qo`llab-quvvatlashiga erisha bildi va ayni vaqtda vahdalar qilib, bahzi german (Yuqori Dunay) shaharlarini o`z tomoniga og’dirdi. Italiyaning o`zida shaharlarning bir qismi imperator tomoniga o`tdi. Ikki to`da, yahni papa tarafdorlari bo`lgan gvelg’flar(italg’yan tplpffuzida «velg’flar»so`zining o`zgargani) bilan imperator tarafdorlari bo`lgan gibellinla’(SHtaufenlarning SHvabiyadagi qasrlardan biri «Veybligenning» o`zgargan nomi) o`rtasidagi kurash ko`pincha shiddatli o`zaro urushga aylanib, u Italiyaning ko`pgina shaharlarida yuz berdi.
Pirovardida, Fridrix II dushmanlar bilan kurashda o`zining barcha moliyasini sovurdi. U 1248 yili Parma yonidagi jangda jiddiy mag’lubiyatga uchradik. Oradan ikki yil o`tgach, Fridrix II vafot etdi. Fridrixning o`zinigina emas, balki SHtaufenlarning barcha avlod-ajdodlarini qarg’agan papa bexad xursand bo`ldi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling