11-mavzu: Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi


SHtaufenlar sulolasining tugashi. Germaniyada imperato’ hokimiyatining tushkunlikka ketishi


Download 44.79 Kb.
bet7/17
Sana18.06.2023
Hajmi44.79 Kb.
#1586768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
11-mavzu Rivojlangan o`rta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi

SHtaufenlar sulolasining tugashi. Germaniyada imperato’ hokimiyatining tushkunlikka ketishi. Fridrix II vafot etgandan keyin uning o`g’li Konrad IV imperator qilib saylandi. Ammo oradan sal vaqt o`tmay, 1254 yilda Konrad qazo qildi, uning go`dak o`g’li Konradinni german knyazlari imperator qilib saylashdan bosh tortdilar. Konradin amakisi Fridrix II ning ikkinchi o`g’li Manfred huzuriga ketib qoldi. Sitsiliya qirolligi ana shu Manfred qo`liga o`tgan edi. Biroq, papalar, SHtaufenlar avlod-ajdodlari Italiyaning janubida xukm’onlik qilishini ci’a xohlamadilar. Papalar Karl Anjuyskiy (frantsuz koro­li Lyudovik IX ning ukasi) boshliq frantsuz feodallarini Italiyaga taklif etdilar.
Frantsuz qo`shinlari 1266 yili Benevent shahari yonida Manfredni yengdilar. Bu jangda Manfred o`ldirildi. Konrad IV ning o`g’li — yosh Konradin 1268 yili o`z tarafdorlari yordamida frantsuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarishga harakat qildi. Ammo Konradinning omadi kelmadi. Asir qilib olingan Konradinning Neapolda boshi tanasidan judo qilindi (1268 y.). SHtaufenlar dinastiyasining so`nggi vakili ana shu tariqa xalok bo`ldi. SHtaufenlarning xalokati natijasida Germaniyadagi imperatorlik hokimiyati tamomila orqaga ketdi. Uzoq fu’cat davomida (1254-1273) Germaniyada xakikatda butunlay imperator bo`lmadi. Germaniyada markaziy hokimiyatning bo`lmasligi mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini butkul to`xtatib qo`ydi. Feodallarning o`zaro urushlari mamlakatni xarob qildi.
Nemis feodalla’i istilo qilmasdan oldin polab va Baltikabo`yi slavyanlarining ijtimoiy tuzumi. Elg’ba daryosining o`ng tomonida va Boltiq dengizi qirg’oqlarida yashagan g’arbiy slavyanlar — vagralar, obodritlar, lyutichlar, pomoryanlar va boshqalar XII ac’ o`rtasiga kelib feodallashish yo`lida ancha- muncha olg’a ketgan edilar. Ularda urug’chilik munosabatlari tobo’a ko`proq yemirilib bormoqda edi. Slavyanlarda aholining asosiy ommasini ozod dehqonlar, yahni Kiev Rusidagi dehqonlarga o`xshab, cme’dla’ deb ataluvchi jamoa ahzolari tashkil qilardi. Ammo smerdlarning bi’ qismi endi o`z mustaqilligini yo`qotgan edi. Bunday qaram smerdlar zodagonlar yerida istiqomat qilib, ular uchun mahlum majburiyatlarni bajarishlari lozim edi. Jupanlar va vityazlar (slavyanlarning u’ug’ zodagonlari manbala’da shunday deb atalardi) asta-sekin feodallarga aylandilar. Hali to`liq krepostnoylarga aylantirilmagan qaram smerdlardan tashqari, zodagonlarda odatda ko`pchiligi harbiy asirlardan iborat oz sonli qullar ham bo`lardi. Ular e’ uchastkalariga o`tqazilgan bo`lib, batamom krepostnoylarga aylantirilgan va o`z xo`jalarining yer-mulkini tashlab ketish xuquqidan maxrum qilingan edilar. Biroqg’arbiy slavyanlarda feodallashtirish jarayoni XII ac’ o`rtalarida ham hali tamom bo`lmagan edi. Qabila va urug’larga bo`linish xali o`z kuchini yo`qotmagan edi. Qabilalar ittifoq (federatsiya)larga birlashgan bo`lib ular nomustahkam edila’ va odatda ko`pmi-ozmi vaqt o`tishi bilan tarqalib ketardilar. Mustahkamroqharbiy-feodal davlat barpo etishga urinishlar XI—XII asrlarda obodritlarda ayniqsa ochiq-oydin ko`rildi («Vend qirolligi»), bunday urinishlar mahalliy, hali kuchli urug’-qabila zodagonlari oppozitsiyasining qarshiligiga uchradi. German feodallari feodallashib borayotgan qo`shni slavyan jamiyatining ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlaridan foydalanishga shoshildilar. Nemis feodallari xosildor, yaxshi ishlangan slavyan yerlariga havaslari kelib, shu slavyan ter’itoriyasini feodal kolonizatsiyasi maydoniga aylantirish uchun uni bosib olishga harakat qildilar.
German feodallari slavyanlarra qarshi ekspansiya quroli sifatida katolik cherkovidan keng foydalandilar, katolik cherkovi o`z navbatida majusiy slavyanlarni xristian diniga kiritishdan manfaatdo’ edi. Slavyanlarni zo`rlab xristian diniga kiritish — Elg’ba daryosining o`ng tomonidagi va Pomorg’edagi g’arbiy slavyan yerlarida nemis feodallari tomonidan amalga oshirilgan agressiv siyosatning muhim bo`g’ini hisoblanardi.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling