O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Neoromantizm vakillari jamiyat qonun-qoidalarini, uning rivo-
jlanish yo‘llarini rad etdilar. Bu yo‘nalish, asosan, Angliya va Ger-
maniyada tarqaldi. Angliyada Stivenson, Konrad, Xaggard, Konon-
Doyl, Chesterton va Germaniyadan Gofmanstal, Gauptman, Gaze-
kklever singari adiblar ushbu yo‘nalishning yirik namoyondalari 
sanaladi. Neoromantiklar zamonaviy jamiyat qadriyatlarini rad etar 
ekan, o‘z o‘quvchilarini uzoq o‘tmishga yoki sivilizatsiya ta’siridan 
yiroq ekzotik o‘lkalarga(Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) olib bora-
dilar. Ularning favqulotda kuchli, romantik qahramonlarini yorqin, 
bo‘yoqlarga boy, g‘aroyib sayohatlar bilan to‘la dunyoda faoliyat 
ko‘rsatadi.
XIX asr so‘nggi choragida bo‘y ko‘rsatgan yana bir adabiy oqim 
estetizm bo‘lib, uning yorqin namoyandasi ingliz yozuvchisi Oskar 
Uayld (1854–1900) sanaladi. Mazkur oqimning paydo bo‘lishida ta-
niqli faylasuf, antik va uyg‘onish davrlari san’atibilimdoni J.Ryoskin 
hamda, adabiy tanqidchi Uolter Peyterning ta’siri katta bo‘lgan. Es-
tetizm tarafdorlari barcha narsadan go‘zallikni yuqori qo‘yadilar. 
O.Uayldning “Yolg‘onning qulashi”(1889) essesida san’at hayotdan 
ustun turishi, ijodkor real hayotga emas, aksincha hayot san’atga 
taqlid qilishi lozimligini “San’at san’at uchun” tamoyili asosida 
targ‘ib etib san’atning tarbiyaviy ahamiyatini inkor etadi. 1891-yilda 
yaratilgan “Dorian Greyning portreti” romanida san’at va san’atkor 
mavzusi o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. 
XIX asr ikkinchi yarmida “yangi drama” asoschisi, drama janri 
islohotchisi norvegiyalik Hyenrik Ibsen (1828–1906) pyesalarida 
(“Brand”, “Per Gyunt”, “Qo‘g‘irchoq uyi”) romantizm va realizm 
an’analari sintezini kuzatish mumkin. Muallif doimo ramzlarga mu-


217
rojaat qiladi. Har bir pyesa g‘oyalar haqidagi bahslardan tashkil top-
gan bo‘lib, intellektual dramaning klassik namunalari hisoblanadi. 
H.Ibsi ijodi XIX asr oxiri va XX asr G‘arb dramaturgiyasiga salmo-
qli ta’sir o‘tkazdi. 
XX asr adabiyoti taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatgan 
yo‘nalishlar sirasiga dekadentlik adabiyoti ham kiradi. Dekadentlik 
XIX asrning 80-yillarida Fransiyada jamiyatdagi ziddiyatlar kuchay-
ib borayotgan bir sharoitda paydo bo‘ldi. Shaxsiyatparastlik, umid-
sizlik, sirli voqealar, oxiratga murojaat etish, bu adabiyotning asosiy 
belgilari sanaladi. Romantik shoir Teofil Gote dekadans(frans. deca-
dence – tushkunlik) iborasini birinchi bo‘lib qo‘llagan. Keyinchalik 
dekadentlik atamasi san’at va adabiyotdagi barcha xasta hodisalarni 
ifodalovchi so‘z bo‘lib qoldi. Turli adabiy oqimlarga mansub bo‘lgan 
parnaschi, simvolist, XX asr boshlaridagi modernistlar, hatto natu-
ralistlar ham dekadentlar deb atala boshlandi. 
XIX asrning 50-yillarida Fransiyada maydonga kelgan “Parnas” 
(Qadimgi Yunonistonda muzalar, ya’ni san’at, adabiyot va fan ilo-
halari yashagan tog‘) guruhi (Lekont de Lil, Teodor de Banvil, Joze-
Maria Eredia) “sof san’at” g‘oyasini targ‘ib qildilar. Ularning fikri-
cha, san’at davlat homiyligidan ozod bo‘lishi lozim. San’at maqsad-
siz bo‘lib, undan faqatgina real muhit tashvishlaridan uzoqlashtiru-
vchi ovunchoq sifatida foydalanish mumkin. Parnaschilar shaklga 
katta ahamiyat berdilar, shakl asar go‘zalligini yuzaga keltiradi. 
Teodor de Banvil qofiyaga she’rni bezaydigan “oltin mix” deb baho 
beradi. Uning fikricha, san’at go‘yoki bekorchilik mahsulidir. Narsa 
yoki buyum foydali bo‘lib qolganda o‘z go‘zalligini yo‘qotadi. Tas-
viriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa hech narsaga xizmat qilmaydi, 
parnaschilarning asosiy estetik tamoyillari ana shundan iborat. 
Nemis faylasuflari Artur Shopengauer va Fridrix Nitsshe g‘oyalari 
dekadentlik adabiyotining falsafiy negizini tashkil etadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling