O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’lmasxon Ro’ziboyeva Ona tili o’qitish mеtodiкasi


So'zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash


Download 1.21 Mb.
bet29/90
Sana31.01.2024
Hajmi1.21 Mb.
#1818136
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili o’qitish mеtodiкasi (II qism) (1)

So'zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so'ng so'roqlar yordamida ikkinchi darajali bo'laklar (so'z birikmalari) ,,topiladi", tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxlani.
- Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kirn?— terimchi)
U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi - - bosh bo'laklar).
- So'roqlar yordamida so'z birikmasini toping. Nimani? teradi (Paxtani teradi), nimada? teradi (Mashinada teradi). Keyin gapda so'zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.
Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo'lishi uchun har bir gapning bosh bo'laklarini va so'z birikmalarini ajratish lozim va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayot-ganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, boshqa ikkinchi darajali bo'lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so'z birikmalari ham aniqlanadi.
O'qituvchi bergan chizma yoki so'roqlar asosida gap tuzish:
Kim?nimalami?nima qildi?(Eo\a olmalarni terdi).
So'z birikmasi ustida ikki yo'nalishda ish olib boriladi:
1) so'z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) so'z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat — so'z, oltin soat, qo'l soat, osma soat, elektron soat -so'z birikmalari.
Quyida 2-sinfda gapning bosh bo'laklarini o'rganishga oid dars namunasini keltiramiz:
Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash).
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (ega­ni) va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni (kesimni) gapdan topish ko'nikmasini shakllantirish.
2. Nutqdan gapni ajratish ko'nikmasini o'stirish.
3. O'quvchilarni o'z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o'rgatish.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling